Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2965-son)
18.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 18-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2965]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-son “Oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash 2017-yil 1-dekabrdan boshlab mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat vazirligining 2016-yil 19-oktabrdagi 5-2016, 12-mh va 34-q/q-son “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2834, 2016-yil 24-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 508-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mehnat vazirligining 2017-yil 17-apreldagi 1-2017, 23 va 10-q/q-son “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2834-1, 2017-yil 21-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 283-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-yanvar,
1-2018-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-yanvar,
1-mh-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-yanvar,
2-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 8-yanvardagi 1-2018, 1-mh va 2-q/q-son qaroriga ILOVA
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash
MIQDORLARI
1. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur muassasalarida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari:
T/r Kontingent Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaxslar Soatbay haq toʻlash miqdorlari(soʻm) 1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 36,193,6 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 21,227,2 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* 14,561,9 2. Oliy taʼlim muassasalari talabalari fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 41,364,1 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 26,125,6 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* 18,930,3 3. Tayanch doktorant va doktorantlar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilari** fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 49,982,6 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 34,289,8 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* 27,667,5 4. Kurslar tinglovchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, xodimlar*** fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 28,226,9 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslar 16,431,1 ilmiy darajaga ega boʻlmagan shaxslar* 11,083,1
2. Umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlariga oʻtgan darsi uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari:
T/r Kontingent Oʻquv mashgʻulotlarini olib boruvchi shaxslar Soatbay haq toʻlash miqdorlari(soʻm) 1. Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri oliy malaka toifali 16,454,4 birinchi malaka toifali 15,510,4 ikkinchi malaka toifali 14,524,5 oliy maʼlumotli 13,563,2 oʻrta maxsus maʼlumotli 12,678,4 2. Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻqituvchisi oliy malaka toifali 13,631,0 birinchi malaka toifali 12,364,0 ikkinchi malaka toifali 11,580,0 oliy maʼlumotli 10,816,2 oʻrta maxsus maʼlumotli 10,119,4
* ilmiy darajaga ega boʻlmagan, mutaxassislik fanlari boʻyicha mashgʻulot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
** oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 25 foizga koʻpaytiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-sonli “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etiladigan ayrim yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdorlaridan 50 foiz yuqori etib belgilashga haqli.
*** ushbu bandda belgilangan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Izoh:
1. Soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, sobiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.
3. Konkurs va tanlovlar jyurilari aʼzolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
4. Akademik litseylarga oʻqituvchilik faoliyatiga mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga soatbay haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi shaxslar uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
5. Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining soatbay haq toʻlash miqdori — 14561,9 soʻm.
6. Oʻquv mashgʻulotlarini soatbay haq toʻlash asosida olib borganlik uchun haq toʻlash xarajatlari taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq toʻlash fondi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
7. Soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.
3. Mazkur oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 8-yanvar
