Tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (333-son)
25.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning ayrim turlariga ilovaga muvofiq aksiz soligʻi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aksiz soligʻi toʻlashning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-avgust,
333-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgustdagi 333-son qaroriga ILOVA
Aksiz soligʻi stavkalari
