Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2606-3-son)
17.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-dekabrdagi PF-5276-son “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (roʻyxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2018-yil 5-yanvar,
01-02/12-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-son qaroriga ILOVA
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan naqd koʻrinishdagi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi va valyuta boyliklariga;”.
2. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxslar tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtganda toʻldiriladi.”.
3. 7-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Deklaratsiya quyidagi tarzda toʻldiriladi:”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bandda qonun hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda qimmatbaho buyumlarning mavjudligi va miqdori koʻrsatiladi;”.
4. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan va yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutalari, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular bilan birga harakatlanayotgan ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi boshqa shaxslarning Deklaratsiyalarida koʻrsatiladi.”.
5. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Qonun hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, shuningdek tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi satrlarga sigʻmagan taqdirda, mazkur maʼlumotlar qoʻshimcha Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlarida koʻrsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda qoʻshimcha Deklaratsiyaning 1 — 4-bandlari toʻldirilmaydi.”.
6. Ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2018-yil 5-yanvar
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
