Chilonzor tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2018-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1304-son)
07.12.2017
Chilonzor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-yil 5-6-son 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2008-yil 7-son 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2008-yil 4-son 190-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil 15-son 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 34-son 333-modda, 2010-yil 13-son 96-modda, 2011-yil 1-2-son 4-modda, 2012-yil 44-son 507-modda) muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2018-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarini belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2017-yil 4-oktabrdagi bayonini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Chilonzor tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 177 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 2063 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarini tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvalga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarni toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlanganlar uchun ish oʻrinlari.
2. Chilonzor tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining 2018-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2017-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2018-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etilsin;
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (H. Hasanov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur Qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Chilonzor tumani hokimining tashkiliy nazorat guruhi (A. Narmatov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Chilonzor tumani tarmoq administratori (R. Israilov):
“Toshkent Oqshomi”, “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.chilonzor.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
8. Chilonzor tuman hokimining 2016-yil 15-noyabrdagi “Chilonzor tumanida Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2017-yilga moʻljallangan ish oʻrinlari band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 758-son qarori 2018-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Chilonzor tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Karimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-dekabr,
1304-son
Tuman hokimining 2017-yil 4-dekabrdagi 1304-sonli qaroriga ILOVA
Chilonzor tumanida 2018-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida korxonalar taqsimoti
T/r Chilonzor tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalar nomi Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Band qilingan ish oʻrinlari soni (7 % hisobida) Nogironlar uchun (3% hisobda) Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun BKMda ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1. “AVTOTEXXIZMAT” aksiyadorlik jamiyati 424 29,5 12,5 6,5 2,5 3 5 2. “FK BUNYODKOR” mas`uliyati cheklangan jamiyati 213 14,5 6 4 2 2,5 3. “QURILISN IZOLYATSIYASI” unitar korxonasi 231 16 6,5 1 1,5 2 5 4. “PAYVANDLASNQURILISNMONTAJ” unitar korxonasi 175 12 5 1 1 1 4 5. “NEFTGAZMAXSUSQURILISN” unitar korxonasi 204 14 6 5 1 2 6. “TOSNNEFTGAZQURILISN” aksiyadorlik jamiyati 40 2,5 1 1,5 7. “ORGRES” aksiyadorlik jamiyati 92 6 4 1 1 8. “MARKAZIY MAYDONLARNI OBODONLASNTIRISN IXTISOSLASNTIRILGAN BOSNQARMASI” davlat muassasasi 757 52,5 3 5 1 43,5 9. “ENERGOMAXSUSAVTO” Mas'uliyati cheklangan jamiyati 79 5,5 3,5 2 10. “O'ZENERGOSOZLASN” unitar korxonasi 230 16 6,5 8 1,5 11. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “JURABEK LABORATORIES” qo`shma korxonasi 954 66,5 36,5 4 4 18 4 12. “KO'PRIKQURILISN” unitar korxonasi 64 4 2,5 1,5 13. “KO'PRIQURILISNBUTLASN” sho'ba korxonasi 125 8,5 2 6,5 14. “BILIM AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI” davlat muassasasi 38 2,5 1 1,5 15. “OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR SONASIDAGI MONITORING MARKAZI” Davlat muassasi 143 10 4 4 1 1 16. CNILONZOR TUMANI DAVLAT SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA NAZORATI MARKAZI 212 14,5 6 5 3,5 17. RESPUBLIKA SNOSNILINCN TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZI 2663 186 186 18. RESPUBLIKA DAVLAT SANITARIYA EPIDEMIOLOGIYA NAZORAT MARKAZI 187 13 5,5 7 0,5 19. TOSNKENT VILOYATI IXTISOSLASNTIRILGAN SOMATIKA SNIFOXONASI 183 12,5 12,5 20. “AKADEMIK V.VOXIDOV NOMIDAGI RESPUBLIKA IXTISOSLASNTIRILGAN XIRURGIYA MARKAZI” aksiyadorlik jamiyati 1239 86,5 86,5 21. STOMATOLOGIYA POLIKLINIKASI 84 5,5 5,5 22. GEMATOLOGIYA VA QON QUYISN ILMIY TEKSNIRISN INSTITUTI 562 39 39 23. “QURILISNDA MUNANDISLIK QIDIRUVLARI, GEOAXBOROT VA SNANARSOZLIK KADASTRI LOYINA ILMIY-TEKSNIRISN DAVLAT INSTITUTI” davlat unitar korxonasi 745 52 44 8 24. NIZOMIY NOMIDAGI TOSNKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 462 32 23,5 2,5 2 3 1 25. RESPUBLIKA OITSGA QARSNI KURASN MARKAZI 218 15 14,5 0,5 26. CNILONZOR TUMANI TIBBIYOT BIRLASNMASI-MARKAZIY KO'PTARMOQLI POLIKLINIKASI 690 48 3 35,5 3 0,5 4 2 27. SNANAR 5-SON YUQUMLI KASALLIKLAR KLINIK SNIFOXONASI 233 16 16 28. 33-SON OILAVIY POLIKLINIKA 152 10,5 10,5 29. 34-SON OILAVIY POLIKLINIKA 122 8,5 8,5 30. 35-SON OILAVIY POLIKLINIKA 181 12,5 12,5 31. 36-SON OILAVIY POLIKLINIKA 157 10,5 10,5 32. 39-SON OILAVIY POLIKLINIKA 121 8 6,5 1,5 33. 37-SON OILAVIY POLIKLINIKA 152 10,5 8,5 2 34. 38-SON OILAVIY POLIKLINIKA 119 8 7,5 0,5 35. SNANAR 7-SON TUG'RUQ KOMPLEKSI 410 28,5 26 2,5 36. TOSNKENT VILOYATI TERI-TANOSIL KASALLIKLARI DISPANSERI 119 8 5,5 2,5 37. TOSNKENT SNANAR NARKOLOGIYA DISPANSERI 218 15 14 1 38. TOSNKENT SNANAR ONKOLOGIK DISPANSERI 506 35 28 2 2 3 39. SILGA QARSNI TOSNKENT SNANAR DISPANSERI 129 9 6 1 2 40. “TUMANLARARO 2-SON TERI-TANOSIL KASALLIKLARI DISPANSERI” davlat muassasasi 102 7 6 1 41. TOSNKENT BANK NISOB-KREDIT KOLLEJI 139 9,5 6 3 0,5 42. “CNILONZOR KOMMUNAL XO'JALIGI VA XIZMAT KO'RSATISN KASB-XUNAR KOLLEJI” 65 4,5 1,5 3 43. 1-RESPUBLIKA TIBBIYOT KOLLEJI 42 2,5 2 0,5 44. “TOSNKENT TRANSPORT KASB-NUNAR KOLLEJI” 98 6,5 2,5 2 2 45. “TOSNKENT RADIOTEXNIKA ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA KASB-NUNAR KOLLEJI” 114 7,5 6 1,5 46. TOSNKENT 2-SONLI YURIDIK KOLLEJI 230 16 6,5 0,5 2 2 2 3 47. TOSNKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI 156 10,5 4,5 2 2 2 48. “CNILONZOR TIBBIYOT KOLLEJI” 202 14 6 2 2 2 2 49. TOSNKENT AVTOMOBIL VA YO'LLAR KASB-NUNAR KOLLEJI 205 14 6 2 2 2 2 50. TOSNKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI QOSNIDAGI CNILONZOR AKADEMIK LITSEYI 85 5,5 2,5 2 1 51. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti qoshidagi “S.N. SIROJIDDINOV” nomli akademik litsey 144 10 4 4 2 52. “RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI” davlat muassasasi 91 6 3 2 1 53. ANTONINA PAVLOVNA XLEBUSNKINA NOMIDAGI 22-MENRIBONLIK UYI 86 6 5 1 54. “ANIQ FANLARGA IXTISOSLASNTIRILGAN DAVLAT UMUMTA'LIM MAKTABI” 67 4,5 2 2 0,5 55. “66-SONLI IMKONIYAT CNEKLANGAN BOLALAR UCNUN IXTISOSLASNTIRILGAN YORDAMCNI MAKTAB” 80 5,5 1 1 3 0,5 56. TOSNKENT SNANAR CNILONZOR TUMANI 15-SON BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI 63 4 1,5 2,5 57. “USTA OLIM KOMILOV” NOMIDAGI 8-SONLI BOLALAR MUSIQA MAKTABI 34 2 1 1 58. 103-SONLI DAVLAT IXTISOSLASNTIRILGAN UMUMTA'LIM MAKTABI 76 5 2 1 2 59. “114-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI” 100 7 2 2 3 60. “162-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI” 87 6 3,5 2,5 61. 163-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI 53 3,5 2 1,5 62. 164-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI 82 5,5 2 1,5 2 63. 178-SONLI DAVLAT IXTISOSLASNGAN UMUMTA'LIM MAKTABI 140 9,5 4 2 3 0,5 64. “179-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI” 71 4,5 2 1 1 0,5 65. 181-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 48 3 1 1 1 66. “182-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI” 73 5 2 2 1 67. “183-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI” 30 2 0,5 1,5 68. “AYRIM FANLARDAN CNUQUR O'RGANILADIGAN 195-SONLI DAVLAT IXTISOSLASNTIRILGAN UMUMTA'LIM MAKTABI” 130 9 3,5 2 3,5 69. “201-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI” 61 4 1,5 2,5 70. “4-SONLI SKOLIOZ BILAN KASALLANGAN BOLALAR UCNUN IXTISOSLASNTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT” davlat muassasasi 276 19 11 3 2 3 71. “BOLAJON” NOMLI 7-MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 39 2,5 2,5 72. “QALDIRG'OCN” NOMLI 23-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 30 2 2 73. “SOG'LOM FARZAND” NOMLI 24-SONLI MAXSUS MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 54 3,5 1,5 2 74. QUYOSNCNA NOMLI 167-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 32 2 2 75. “OQQUSN” NOMLI 177-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 32 2 2 76. “ORZU” NOMLI 200-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 30 2 2 77. “BANOR” NOMLI 212-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 28 1,5 1,5 78. “QUYOSNCNA” nomli 225-sonli maxsus maktabgacha ta'lim muassasasi 32 2 2 79. “QALDIRG'OCN” NOMLI 230-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 32 2 2 80. “CNAROS” NOMLI 246-SONLI MAXSUS MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 35 2 2 81. “SNIRINTOY” NOMLI 261-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 42 2,5 2,5 82. “TABASSUM” NOMLI 262-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 32 2 2 83. “NAFOSAT” NOMLI 266-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 27 1,5 1,5 84. “KAPALAK” NOMLI 267-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 29 2 2 85. “TONG YULDUZI” NOMLI 284-SONLI MAKTABGACNA TARBIYA MUASSASASI 49 3 1 2 86. “TABASSUM” NOMLI 285-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 51 3,5 1,5 2 87. “NAVRO'Z” NOMLI 286-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 26 1,5 0,5 1 88. “TABASSUM” NOMLI 289-SONLI MAXSUS MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 37 2,5 1 1,5 89. “G'UNCNA” NOMLI 294-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 29 2 2 90. “NUMO” NOMLI 309-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 28 1,5 1,5 91. “QALDIRG'OCN” NOMLI 316-SONLI SANATOR MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 33 2 2 92. “NAVBANOR” NOMLI 317-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 31 2 2 93. “BEGOYIM” NOMLI 336-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 54 3,5 1,5 2 94. “SEMURG” NOMLI 350-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 59 4 1,5 2,5 95. “NINOL” NOMLI 363-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 35 2 2 96. “G'UNCNA” NOMLI 364-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 42 2,5 2,5 97. “MARVARID” NOMLI 368-SONLI MAXSUS MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 51 3,5 3,5 98. “GUNAFSNA” NOMLI 400-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 42 2,5 2,5 99. “KAMALAK” NOMLI 406-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 58 4 4 100. “OLTIN BALIQCNA” NOMLI 407-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 48 3 3 101. “G'UNCNA” NOMLI 413-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 53 3,5 3,5 102. “SNERXON” NOMLI 462-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 34 2 2 103. “NIHOL” NOMLI 477-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 62 4 4 104. “SNODLIK” NOMLI 526-MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 43 3 3 105. “BUNYOD” NOMLI 534-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 58 4 1,5 2,5 106. “TABASSUM” NOMLI 538-SONLI MAXSUS MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 56 3,5 3,5 107. “KAMALAK” NOMLI 561-SONLI MAKTABGACNA TA'LIM MUASSASASI 62 4 4 108. CNILONZOR TUMANI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MARKAZI 52 3,5 3,5 109. “RESPUBLIKA ILMIY-PEDAGOGIKA KUTUBXONASI” davlat korxonasi 45 3 3 110. “BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR TEXNIK IJODIYOT MARKAZI” davlat muassasasi 52 3,5 3,5 111. “CNILONZOR DENQON BOZORI” masʼuliyati cheklangan jamiyati 42 2,5 1 1,5 112. “BEK TO'PI SAVDO KOMPLEKSI” mas`uliyati cheklangan jamiyati 50 3,5 1,5 2 113. “CNILONZOR BUYUM SAVDO KOMPLEKSI” aksiyadorlik jamiyati 211 14,5 2 5 3 1 2 1,5 114. “GEOINFORMKADASTR” davlat unitar korxonasi 64 4 1,5 2,5 115. “AGROBANK” aksiyadorlik tijorat banki 432 30 22,5 4 2 1,5 116. “UTBANK” aksiyadorlik jamiyati 98 6,5 6,5 117. “MIKROKREDITBANK” aksiyadorlik tijorat banki 253 17,5 17,5 118. “Ipoteka bank” ATB Chilonzor filiali 172 12 5 7 119. “Oʻzsanoatqurilishbank” Chilonzor filiali 94 6,5 6,5 120. “Oʻzsanoatqurilishbank” Qatortol filiali 77 5 5 121. “Oʻzsanoatqurilishbank” Markaziy amaliyot mintaqaviy filiali 114 7,5 7,5 122. “Ipak yoʻli” ATB Chilonzor filiali 152 10,5 10,5 123. “Trastbank” XATB Toshkent filiali 91 6 6 124. “Agrobank” ATB Amaliyotlar filiali 104 7 7 125. “OʻzMilliybank” Sayohat boʻlimi 73 5 5 126. “Xalq banki” Toshkent viloyati amaliyot boʻlimi 97 6,5 6,5 127. “Davr bank” Chilonzor filiali 59 4 4 128. “Turonbank”ATB Chilonzor filiali 55 3,5 3,5 129. “Oriyent finans bank” XATB Chilonzor filiali 66 4,5 4,5 130. “CNILONZOR O'QUV STK” unitar korxonasi 46 3 1 2 131. “O'zbekiston Respublikasi kino, rasm va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi” 50 3,5 2,5 1 132. “MUQUMIY NOMIDAGI O'ZBEK DAVLAT MUSIQIY TEATRI” davlat muassasasi 224 15,5 9,5 2 2 2 133. “O'ZBEKISTON DAVLAT MUSIQALI KOMEDIYA (OPERETTA) TEATRI” davlat muassasasi 208 14,5 6 2 2 2 2,5 134. Aksiyadorlik jamiyat shaklidagi “XORAZM SNAKAR” qo'shma korxonasi 41 2,5 1 1,5 135. “BEK MEGA TEXTILE” mas'uliyati cheklangan jamiyati 99 6,5 2,5 4 136. “POYABZALCNI” Mas'uliyati cheklangan jamiyati 70 4,5 2,5 1 1 137. “O'ZBEKFILM” aksiyadorlik jamiyati 221 15 12,5 2 0,5 138. “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ILMIY-OMMABOP VA NUJJATLI FILMLAR KINOSTUDIYASI” mas'uliyati cheklangan jamiyati 40 2,5 2,5 139. “DAVLAT AKTIVLARINI BOSNQARISN MARKAZI” davlat unitar korxonasi 37 2,5 1 1,5 140. “O'zbekiston Iqtisodiy Axborotnomasi” jurnal tahririyati davlat korxonasi 33 2 2 141. “7-AVTOBUS SAROYI” mas`uliyati cheklangan jamiyati 536 37,5 16 7 2 12 0,5 142. “AVTOUSTOZ” mas'uliyati cheklangan jamiyati 74 5 3 2 143. “SNAXTAQURUVCNI” mas'uliyati cheklangan jamiyati 40 2,5 1 1 0,5 144. “RELE VA AVTOMATIKA” aksiyadorlik jamiyati 70 4,5 2,5 2 145. “SOVPLASTITAL” aksiyadorlik jamiyati 99 6,5 2,5 4 146. “CNILONZOR TUMANI OBODONLASNTIRISN BOSNQARMASI” davlat muassasasi 660 66 66 147. “CNACN” mas'uliyati cheklangan jamiyati 118 8 2,5 1 4,5 148. “TOSNKENT FAVVORASI” davlat unitar korxonasi 160 11 7,5 1,5 2 149. “TAKSOPARK-TEXXIZMAT” mas`uliyati cheklangan jamiyati 30 2 1 1 150. “LOCNIRA” mas'uliyati cheklangan jamiyati 56 3,5 2,5 1 151. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “RUBICON WIRELESS COMMUNICATION” xorijiy korxonasi 380 26,5 7 5 2 12,5 152. “NOZ-NE'MAT-SAVDO” mas`uliyati cheklangan jamiyati 33 2 0,5 1,5 153. “G.V.PLENANOV NOMLI ROSSIYA IQTISODIYOT UNIVERSITETI” oliy va davlat budjeti ta'lim muassasining TOSNKENT SNANRIDAGI FILIALI 112 7,5 5,5 2 154. “ANGLESEY FOOD” Sho'ba korxonasi 3393 237,5 180,5 42 15 155. “NIKMATLI NON” mas`uliyati cheklangan jamiyati 45 3 1 2 156. “TIBBIYOT DUNYOSI” mas`uliyati cheklangan jamiyati 165 11,5 8,5 1 1 1 157. “DOKTOR-SERVIS” mas'uliyati cheklangan jamiyati 29 2 0,5 1,5 158. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “EUROASIA INSURANCE” sug'urta komraniyasi 114 7,5 4,5 3 159. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “ROISON ELECTRONICS” O'zbekiston-Buyuk Britaniya qo'shma korxonasi 48 3 2 1 160. “FAN VA TEXNOLOGIYALAR MARKAZINING BOSMAXONASI” unitar korxonasi 34 2 1 1 161. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “SAMARQAND CNOY QADOQLASN FABRIKASI” xorijiy korxonasi 546 32,5 2,5 8 1 21 162. “MUSTAQILLIK MAYDONI KO'KALAMZORLASNTIRISN,OBODONLASNTIRISN VA SAQLASN DEPARTAMENTI” davlat unitar korxonasi 274 19 1 18 163. “CNILONZOR AVTO” davlat unitar korxonasi 35 2 1 1 164. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “ATLAS-INVEST” qoʼshma korxonasi 95 6,5 2,5 2 2 165. “MAGNUM MEDIKAL SERVIS” mas`uliyati cheklangan jamiyati 43 3 3 166. “AGRO INVEST SUG'URTA” aksiyadorlik jamiyati 132 9 6 3 167. “ZAMIN MEXANIZASIYA QURILISN” xususiy korxonasi 30 2 2 168. “SNARQ BINOKORI MEXANIZATSIYA” xususiy korxonasi 46 3 3 169. “BIZNES-DAILY MEDIA” mas'uliyati cheklangan jamiyati 38 2,5 1 1,5 170. “OIL AND GAS DESIGN” mas`uliyati cheklangan jamiyati 27 1,5 0,5 1 171. “MED IMPORT” mas`uliyati cheklangan jamiyati 123 8,5 4,5 3 1 172. “ME'MOR MEXANIZATSIYA SERVIS” xususiy korxonasi 49 3 1 2 173. “PRINT TEKSTIL” mas`uliyati cheklangan jamiyati 109 7,5 3 2,5 2 174. “CNDS-VYTAS” mas`uliyati cheklangan jamiyati 62 4 1,5 2,5 175. “DARMON MED” mas`uliyati cheklangan jamiyati 30 2 0,5 1,5 176. “KONTINENT PROGRESS” MCNJ 93 6,5 2,5 4 177. “QISNLOQ QURILISN INVEST” MCNJ Toshkent viloyati filiali 61 4 4 Jami: 29889 2063 114,5 1345 68 185 43,5 270 37
