Toshkent shahri boʻyicha 2018-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida (262/29-5-son)
30.12.2017
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari xamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi”gi SQ-241-III-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) muvofiq halq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri boʻyicha 2018-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hamda tuman hokimliklariga 2018-yil mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazilishi va ijro etilishini taʼminlash topshirilsin.
3. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akramov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asamov): mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi hamda Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari N. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-dekabr,
262/29-5-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2017-yil 30-dekabrdagi 262/29-5-son qaroriga ILOVA
Toshkent shahri boʻyicha 2018-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar
stavkalari
T/r Soliqlar va yigʻimlar turlari Soliqlar va yigʻimlar stavkasi 1. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shuningdek umumovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 6 barobari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 4 barobari 2. Isteʼmol uchun soliq: benzin 1litr uchun 232,5 soʻm/ 1 tonna uchun 308 850 soʻm dizel yoqilgʻisi 1litr uchun 232,5 soʻm/ 1 tonna uchun 282 500 soʻm suyultirilgan gaz 1 litr uchun 230 soʻm/ 1 tonna uchun 436 300 soʻm siqilgan gaz 1 kub.metr uchun 305 soʻm 3. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pullik xizmat koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har oy uchun eng kam ish haqining 7 barobari
1) Yigʻimlar miqdorlari yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2) Alkogol mahsulotlarining chakana savdosi huquqi yigʻimlari, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish yigʻimlari yagona hisob raqamga kelib tushadi va ushbu mablagʻlar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibga koʻra budjet, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish departamenti oʻrtasida taqsimlanadi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim yagona hisob raqamga kelib tushadi va ushbu mablagʻlar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibga koʻra budjet va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga taqsimlanadi..
3) Koʻrsatilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliq stavkalarining qayta ishlashga berilgan benzin va dizel yoqilgʻisi boʻyicha miqdorlari transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilgʻisiga chakana narxlar doirasida shakllantiriladi Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyodan qayta ishlashga berish asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni toʻlovchilar, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
4) Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
