Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Toshkent viloyatida tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratish tartibotlarini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (20-son)
10.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratish tartibotlarini soddalashtirish hamda ularni Toshkent viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
20-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
5. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
a) 23-banddagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida” soʻzlari “Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq va Parkent tumanlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 48-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida qarorlar tegishli ravishda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlari tomonidan qabul qilinadi”.
