Oʻzbekiston Respublikasida kattalik birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida (21-son)
10.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini belgilangan tartibda qoʻllashga yoʻl qoʻyilishi;
kattalik birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qoʻllash qoidalari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro birliklar tizimiga kiritilmagan kattaliklarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilishi mumkinligi;
tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chogʻida kontrakt shartlariga muvofiq kattaliklarning boshqa birliklari ham ishlatilishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan, xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklari nomi va belgilanishi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan xalqaro birliklar tizimiga kiritilmagan kattalik birliklari, ularning nomi va belgilanishi 2-ilovaga muvofiq;
Kattalik birliklarini yozish va qoʻllash qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishda, oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan kattalik birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllaniladi;
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan xalqaro birliklar tizimiga kiritilmagan kattalik birliklari faqat oʻlchamning son qiymatini xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarida ifodalashning imkoni boʻlmaganda yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda qoʻllaniladi.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilinganidan olti oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-yanvar,
21-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 21-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan Xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklari
I. Asosiy kattalik birliklari
T/r Asosiy kattaliklar Asosiy kattaliklar birliklari nomi oʻlchamligi nomi belgilanishi taʼrifi 1. Vaqt T Sekund s sekund — seziy rezonansi (ΔνCs)chastotasining qaydlangan sonli qiymatini, seziy 133 atomi asosiy holatining qoʻzgʻalmagan oʻta yupqa oʻtish chastotasini gers birliklarida 9 192631 770 ga teng qabul qilish orqali aniqlanadi, bu erda gers s-1ga mos. 2. Uzunlik L Metr m metr — vakuumda c yorugʻlik tezligining qaydlangan sonli qiymatini m/s birliklarida 299 792 458 ga teng qabul q�lish yoʻli bilan aniqlanadi. 3. Massa M Kilogramm kg kilogramm — Plank doimiysining (h) qaydlangan sonli qiymatini J∙s birliklarida 6,62 607 015×10-34 ga teng qabul qilish yoʻli bilan aniqlanadi. 4. Elektr toki (elektr toki kuchi) I Amper A amper — elementar zaryadning (e)qaydlangan sonli qiymatini C birliklarida 1,602 176 634×10-19 ga teng qabul qilish yoʻli bilan aniqlanadi. 5. Termodinamik harorat* Θ Kelvin K kelvin — Bolsman doimiysining (k) qaydlangan sonli qiymatini J∙K-1 birliklarida 1,380 649×10-23 ga teng qabul qilish yoʻli bilan aniqlanadi. 6. Modda miqdori N Mol mol mol — tizimning tarkibida roppa-rosa 6,022 140 76×1023 tuzilma obyektlari boʻlgan modda miqdori. Bu son Avogadro doimiysining qaydlangan sonli qiymati hisoblanadi (NA). 7. Yorugʻlik kuchi J Kandela sd kandela — berilgan yoʻnalishda 540·1012 gers chastotali monoxramatik nurlanishni tarqatuvchi va shu yoʻnalishda energetik yorugʻlik kuchi 1/683 vatt taqsim steradian.
*Kelvin termodinamik harorati (belgisi K) bilan bir qatorda selsiy harorati (belgisi oS) qoʻllanilishiga ruxsat etiladi.
II. Hosila oʻlchamlar birliklari T/r Hosila oʻlchamlar Hosila oʻlchamlar birliklari nomi oʻlchamligi nomi belgilanishi SI oʻlcham birliklari orqali ifodalanishi 1. Maydon L2 metr kvadrat m2 m2 2. Hajm (sigʻim) L3 metr kub m3 m3 3. Tezlik LT-1 metr taqsim sekund m/s m/s 4. Tezlanish LT-2 metr taqsim sekund kvadrat m/s2 m/s2 5. Toʻlqin son L-1 metrning darajasi minus birinchi m-1 m-1 6. Solishtirma sigʻim L3M-1 metr kub taqsim kilogramm m3/kg m3/kg 7. Zichlik L-3M kilogramm taqsim metr kub kg/m3 kg/m3 8. Elektr toki zichligi L-2I amper taqsim metr kvadrat A/m2 A/m2 9. Magnit maydon kuchlanganligi L-1I amper taqsim metr A/m A/m 10. Komponentning molyar konsentratsiyasi L-3N mol taqsim metr kub mol/m3 mol/m3 11. Yorqinlik L-2J kandela taqsim metr kvadrat cd/m2 cd/m2 12. Yassi burchak 1 radian rad m·m-1 = 1 13. Fazoviy burchak 1 steradian sr m2·m-2 = 1 14. Kuch LMT-2 nyuton N m·kg·s-2 15. Bosim L-1MT-2 paskal Pa m-1·kg·s-2 16. Kuch momenti L2MT-2 nyuton-metr N·m m2·kg·s-2 17. Tekslikdagi kuchlanish MT-2 nyuton taqsim metr N/m kg·s-2 18. Dinamik qovushqoqlik L-1MT-1 paskal-sekunda Pa·s m-1·kg·s-1 19. Chastota T-1 gers Nz s-1 20. Energiya, ish (issiqlik soni) L2MT-2 joul J m2·kg·s-2 21. Quvvat L2MT-3 vatt W m2·kg·s-3 22. Elektr zaryadi (elektr soni) TI kulon S s·A 23. Elektr kuchlanishi (elektrik potensiallar kuchlanishi, elektrik potensiallar farqi, elektr yurituvchi kuch) L2MT-3I-1 volt V m2·kg·s-3·A-1 24. Elektr sigʻimi L-2M-1T4I2 farad F m-2·kg-1·s4·A2 25. Elektr qarshiligi L2MT-3I-2 om Ω m2·kg·s-3·A-2 26. Elektr oʻtkazuvchanligi L-2M-1T3I2 simens S m-2·kg-1·s3·A2 27. Magnit induksiya oqimi (magnit oqimi) L2MT-2I-1 veber Wb m2·kg·s-2·A-1 28. Magnit maydoni zichligi (magnit induksiya) MT-2I-1 tesla T kg·s-2·A-1 29. Elektr siljish L-2TI kulon taqsim metr kvadrat C/m2 m-2·s·A 30. Elektr zaryadi zichligi oraligʻi L-3TI kulon taqsim metr kub C/m3 m-3·s·A 31. Induktivlik (oʻzaro induktivlik) L2MT-2I-2 genri N m2·kg·s-2·A-2 32. Elektr maydoni kuchlanganligi LMT -3I-1 volt taqsim metr V/m m·kg·s-3·A-1 33. Dielektrik oʻtkazuvchanlik L-3 M-1T 4I2 farad taqsim metr F/m m-3·kg-1·s4·A 2 34. Magnit oʻtkazuvchanlik LMT -2I-2 genri taqsim metr N/m m·kg·s-2·A-2 35. Solishtirma energiya L2T-2 joul taqsim kilogramm J/kg m2·s-2 36. Issiqlik sigʻimi tizimlari (entropiya) L2MT-2Ө-1 joul taqsim kelvin J/K m2·kg·s-2·K-1 37. Solishtirma issiqlik sigʻimi, (solishtirma entropiya) L2T-2Ө-1 joul taqsim kilogramm-kelvin J/(kg·K) m2·s-2·K-1 38. Energiya oqimining tekislik zichligi MT-3 vatt taqsim metr kvadrat W/m2 kg·s-3 39. Issiqlik oʻtkazuvchanlik LMT-3Ө-1 vatt taqsim metr-kelvin W/(m·K) m·kg·s-3·K-1 40. Foton nurlanishining ekspozitsion dozasi (gamma- va rentgen nurlanishining ekspozitsion dozasi) M-1TI kulon taqsim kilogramm C/kg kg-1·s·A 41. Termodinamik harorat Ө Selsiy gradusi ºC K 42. Ichki molyar energiya L2MT-2N-1 joul taqsim mol J/mol m2·kg·s-2·mol-1 43. Katalizator faolligi NT-1 katal kat mol·s-1 44. Molyar issiqlik sigʻimi (entropiya) L2MT-2Ө-1N-1 joul taqsim mol-kel�vin J/(mol·K) m2·kg·s-2·K-1·mol-1 45. Yorugʻlik oqimi J lyumen lm cd·sr 46. Yoritilganlik L-2J lyuks lx m-2·cd·sr 47. Radioaktiv manbadagi nuklidlarning aktivligi (radionuklidning aktivligi) T-1 bekkerel Bq s-1 48. Ionlovchi nurlanishning yutilgan dozasi L2T-2 grey Gy m2·s-2 49. Ionlovchi nurlanishning ekvivalent (effektiv) dozasi L2T-2 zivert Sv m2·s-2 50. Dozaning yutilish quvvati L2T-3 grey taqsim sekund Gy/s m2·s-3 51. Burchak tezligi T-1 radian taqsim sekund rad/s s-1 52. Burchak tezlanishi T-2 radian taqsim sekund kvadrat rad/s2 s-2 53. Nurlanish kuchi L2MT-3 vatt taqsim steradian W/sr m2·kg·s-3·sr-1 54. Energetik yorugʻlik MT-3 vatt taqsim steradian-metr kvadrat W/(sr·m2) kg·s-3·sr-1
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 21-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan xalqaro kattaliklar tizimiga kiritilmagan kattalik birliklari, ularning nomi va belgilanishi
I. Tizimdan tashqari kattalik birliklari T/r Kattalik nomi Kattalik birligi nomlanishi belgilanishi SI kattalik birliklari bilan nisbati 1. Uzunlik parsek pc 3,0857·1016 m (taxminan) yorugʻlik yili ly 9,4605·1015 m (taxminan) astronomik birlik ua 1,49598·1011 m (taxminan) mikron µ 1·10-6 m angstrem Å 1·10-10 m iks-birlik X 1,00206·10-13 m (taxminan) 2. Maydon gektar ha 1·104 m2 ar a 100 m2 barn b 1·10-28 m2 3. Massa tonna t 1·103 kg sentner q 100 kg metrik karat car 2·10-4 kg massaning atom birligi u 1,6605402·10-27 kg (taxminan) 4. Kuch (ogʻirlik) tonna-kuch tf 9806,65 N(aniq) kilogramm-kuch kgf 9,80665 N (aniq) kilopond kp 9,80665 N (aniq) gramm-kuch gf 9,80665·10-3 N (aniq) pond p 9,80665·10-3 N (aniq) dina dyn 1·10-5 N 5. Bosim bar bar 1·10 5 Pa kilogramm kuch taqsim sanitimetr kvadrat kgf/cm2 98066,5 Pa (aniq) kilopond taqsim sanitimetr kvadrat kp/cm2 98066,5 Pa (aniq) millimetr simob ustuni mm Ng 133,322 Pa torr Torr 133,322 Pa millimetr suv ustuni mm N2O 9,80665 Pa (aniq) 6. Hajm (sigʻim) litr l 1·10-3 m3 7. Vaqt mingyillik - 3,1536·1010 s asr - 3,1536·109 s yil - 2,592·106 s oy - 6,048·105 s hafta - 6,048·105 s sutka d 86400 s soat h 3600 s minut min 60 s 8. Yassi burchak grad (gon) gon (π/200) rad =1,57080…·10-2 rad gradus … º (π/180) rad =1,745329…·10-2 rad minut … ´ (π/10800) rad =2,908882…·10-4 rad sekund … ´´ (π/648000) rad =4,848137…·10-6 rad 9. Fazoviy burchak gradus kvadrat €º 3,0462…·10-4 sr 10. Chiziqli zichlik teks tex 1·10-6 kg/m (aniq) 11. Aylanish chastotasi sekundiga aylanishlar soni minutdagi aylanishlar soni r/s r/min 1 s -1 1/60 s-1 = 0,016(6) s-1 12. Optik kuch dioptriya dptr 1·m-1 13. Energiya kilovatt-soat kW·h 3,6·106 J Elektronvolt eV 1,60218·10-19 J (taxminan) 14. Toʻliq quvvat volt-amper V·A - 15. Reaktiv quvvat var var - 16. Elektr zaryadi, elektr miqdori amper-soat A·h 3,6·103 C 17. Kuchlanish (mexanikaviy) Kilogramm kuch taqsim millimetr kvadrat kgf/mm2 9,80665·106 Pa (aniq) kilopond taqsim millimetr kvadrat kp/mm2 9,80665·106 Pa (aniq) 18. Ish, energiya erg erg 1·10-7 J 19. Quvvat ot kuchi (metrik) h.f. 735,49875 W (aniq) 20. Dinamik zichlik puaz P 0,1 Pa·s 21. Kinematik zichlik stoks St 1·10-4 m2/s 22. Solishtirma elektr qarshiligi om millimetr kvadrat taqsim metr Ω·mm2/m 1·10-6 Ω·m 23. Magnit oqimi maksvell Mx 1·10-8 Wb 24. Magnit induktivligi gauss Gs 1·10-4 T 25. Magnit yurituvchi kuch (magnit potensiallar farqi) gilbert Gb (10/4π) A = 0,7957747 A amperoʻram At 1 A 26. Magnit maydonining kuchlanganligi ersted Oe (103/4π) A/m = 79,5775 A/m 27. Issiqlik miqdori, termodinamik potensial (ichki energiya, entalpiya, izoxor-izotermik) kaloriya (xalqaro) cal 4,1868 J (aniq) termokimyoviy kaloriya calth 4,1840 J (taxminan) 15-gradusli kaloriya cal15 4,1855 J (taxminan) 28. Ionlovchi nurlanishning yutilgan dozasi rad rad, rd 0,01 Gy 29. Ionlovchi nurlanishning ekvivalent (effektivlik) dozasi ber rem 0,01 Sv 30. Foton nurlanishining ekspozitsion dozasi (gamma- va rentgen nurlanishining ekspozitsion dozasi) rentgen R 2,58·10-4 C/kg (aniq) 31. Radioaktiv manbadagi nuklidning aktivligi (radionuklid aktivligi) kyuri Ci 3,70·1010 Bq (aniq) 32. Burilish burchagi aylanish r 2π rad = 6,28 rad 33. Ravshanlik nit nt 1 cd/m2 II. Ayrim nisbiy va logarifmik kattaliklar va ularning birliklari T/r Oʻlchamlar nomi Oʻlchamlar birliklari nomi belgilanishi qiymati 1. Nisbiy kattalik*: foydali ish koeffitsiyenti; nisbiy choʻzilishi; nisbiy zichlik; deformatsiya; nisbiy dielektrik va magnit oʻtkazuvchanligi (moyilligi); komponentning massaviy (molyar) ulushi va boshqalar. birlik foiz promille milliondan bir ulush milliarddan bir ulush 1 % ‰ ppm ppb 1 1·10-2 1·10-3 1·10-6 1·10-9 2. Logarifmik kattalik**: tovush bosimining darajasi; kuchayish; kamayish va boshqalar bel detsibel B dB 1 B = lg (P2/P1) P2 = 10 P1 boʻlganda, 1 B = 2 lg (F2/F1) F2 = F1 boʻlganda, bu erda P2, P1 — nomdosh energetik kattaliklar (quvvat, energiya, energiya zichligi va boshqalar); F2, F1 — nomdosh “kuch” kattaliklar (kuchlanish, tok, maydon kuchlanganligi va boshqalar) 0,1 B 3. Logarifmik kattalik** — tovush balandligi darajasi fon phon 1 phon tovush bosimining darajasi 1 dB boʻlgan 1000 Nz chastotali tovush balandligi bilan bir xil boʻlgan tovushning balandlik darajasi 4. Logarifmik kattalik** — chastota oraligʻi oktava dekada oct dek 1 oct = log2 (f2/f1) f2/f1 = 2 boʻlganda; 1 dek = lg (f2/f1) f2/f1 = 10 boʻlganda, bu erda f2, f1 — chastotalar 5. Natural logarifmik kattalik**: kuchlanish, tok kuchi, maydon kuchlanganligi va boshqalar kamayishi neper Np 1 Np = ln (F2/F1) F2/F1 = e = 2,718 ..., boʻlganda. bu erda F1, F2 — kuchlanish, tok kuchi, maydon kuchlanganligi kabi bir nomdagi kattaliklar, e — natural logarifmlar asosi. 1 Np = 0,8686… B = 8,686... dB
Izoh:
* fizikaviy kattalikning boshlangʻich kattalik deb qabul qilingan bir xil nomli ikkinchi fizikaviy kattalikka oʻlchamsiz nisbati;
** fizikaviy kattalikning boshlangʻich kattalik deb qabul qilingan bir xil nomli ikkinchi fizikaviy kattalikka oʻlchamsiz nisbatining logarifmi.
III. Axborot miqdori kattalik birliklari Kattalik Birlik Eslatma nomlanishi belgilanishi kattaligi Maʼlumot miqdori bit bayt bit B 1 1 B = 8 bit Ikkilik sonli sistemada maʼlumot birligi (maʼlumotning ikkilik birligi)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 21-son qaroriga 3-ILOVA
Kattalik birliklarini yozish va qoʻllash
qoidalari
1-bob. Qoʻllash doirasi
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat etilgan oʻlcham birliklarini yozish va qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda ushbu qoida talablari ixtiyoriy hisoblanadi.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
3. Mazkur Qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllanadi:
kattalik — obyekt, jism yoki moddaning sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin boʻlgan xossasi;
kattalik birligi — kattalikning, shu kattalik birligi deb qabul qilingan va u bilan bir xil boʻlgan kattaliklarni miqdor jihatdan ifodalash uchun qoʻllanadigan qayd etilgan qiymati;
kogerent hosila birlik — ushbu kattaliklar tizimi uchun va asosiy birliklarning tanlangan toʻplami uchun asosiy birliklarning birga teng proporsionallik koeffitsiyenti bilan darajalarining koʻpaytmasi hisoblangan hosila birlik;
xalqaro kattaliklar tizimi — Xalqaro kattaliklar tizimiga (keyingi oʻrinlarda SI deb ataladi) asoslangan, Oʻlchov va tarozilar bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan va tavsiya etilgan, nomlar va belgilar, shuningdek, old qoʻshimchalar toʻplami va ularning nomlari hamda belgilarini, ularni qoʻllash qoidalarini oʻz ichiga olgan tizim;
karrali kattalik birligi — ushbu oʻlchash birligini birdan katta boʻlgan butun songa koʻpaytirish yoʻli bilan olinadigan kattalik birligi;
asosiy kattalik — ushbu kattaliklar tizimi uchun tizim kattaliklaridan hech biri boshqa kattaliklar orqali ifodalanishi mumkin boʻlmagan tarzda shartli ravishda tanlangan kattaliklardan biri;
asosiy kattalik birligi — kelishuvga koʻra asosiy kattalik uchun qabul qilingan oʻlchash birligi;
hosila kattalik — kattaliklar tizimida shu tizimning asosiy kattaliklari orqali aniqlangan kattalik;
hosila kattaliklar birligi — hosila kattalik uchun qabul qilingan oʻlchash birligi;
kattaliklar tizimi — kattaliklarning shu kattaliklarni bogʻlovchi bir-biriga zid boʻlmagan tenglamalar majmui bilan birgalikdagi majmui;
kattalik birliklari tizimi — asosiy va hosila kattalik birliklarining ushbu kattalik tizimi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlangan karrali va ulushli birliklari bilan birgalikdagi majmui.
3-bob. Kattalik birliklarini qoʻllash qoidalari
4. SI asosiy kattalik birliklaridan va SI hosila kattalik birliklaridan Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat etilgan karrali va ulushli kattalik birliklari oʻnli koʻpaytiruvchilar yordamida hosil qilinadi.
Karrali va ulushli kattalik birliklarini hosil qilish uchun qoʻllaniladigan oʻnli koʻpaytiruvchilar, shuningdek, ularning nomlari va belgilarini hosil qiluvchi old qoʻshimchalar mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan.
5. Massaning ulushli tizim birliklarini hosil qilish uchun massa birligi — kilogramm oʻrniga massaning ulushli tizim birligi — gramm qoʻllaniladi va old qoʻshimcha “gramm” soʻziga qoʻshiladi. Massaning ulushli birligi — gramm old qoʻshimcha qoʻshilmasdan qoʻllaniladi.
6. Vaqt kattaliklarining tizimdan tashqari birliklari: hafta, oy, yil, asr, mingyillik karrali va ulushli birliklarni hosil qilmaydi, ularning nomlari va belgilarida old qoʻshimchalar qoʻllanilmaydi.
7. Axborot miqdorining “bayt” karrali birliklarini hosil qilish uchun “210”, “220” va “230” ikkilik koʻpaytmalariga mos boʻlgan “Kilo”, “Mega”, “Giga” old qoʻshimchalari qoʻllaniladi (1 Kbayt = 1024 bayt, 1 Mbayt = 1024 Kbayt, 1 Gbayt = 1024 Mbayt).
Ikkilik sanoq tartibida axborot miqdorining karrali birliklari nomlari va belgilarini hosil qilish uchun qoʻllaniladigan koʻpaytma va old qoʻshimchalar jadvalda keltirilgan.
T/R Ikkilik koʻpaytiruvchi Qoʻshimcha nomi belgisi 1. 210 kibi Ki 2. 220 mebi Mi 3. 230 gibi Gi 4. 240 tebi Ti 5. 250 pebi Pi 6. 260 eksbi Ei 7. 270 zebi Zi 8. 280 yobi Yi
4-bob. Kattalik birliklari va ularning belgilarini yozish qoidalari
8. Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga rasmiy ravishda ruxsat etilgan kattalik birliklarini yozish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan nomlari yoki belgilariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kattalik birliklarining mazkur Qoidalarda belgilangan nomlari yoki belgilariga biron-bir belgi yoki qoʻshimchalar qoʻshilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Birlik belgilari toʻgʻri shriftda yoziladi. Birlik belgilarida qisqartirish belgisi sifatida nuqta qoʻyilmaydi.
10. Kattalik qiymatlarining yozilishida kattalik birliklarining harflar yoki maxsus belgilar (“…°”, “…'”, “…''”) bilan ifodalangan belgilari qoʻllaniladi.
11. Yassi burchak kattalik birligining “gradus”, “minut”, “sekund” belgilari satr ustida yoziladi.
12. Sigʻim hajmining birligi “litr”ni (harfli belgisi l “el”) L belgisi bilan ifodalashga yoʻl qoʻyiladi.
13. SI karrali yoki ulushli birliklarining nomlari yoki belgilarini yozishda old qoʻshimcha yoki uning belgisi birlik nomi yoki belgisi bilan qoʻshib yoziladi.
Bunday birliklar keng tarqalgan holatlarda old qoʻshimchani koʻpaytmaning ikkinchi koʻpaytiruvchisiga yoki maxrajga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi.
Boshlangʻich birlikning nomiga va belgisiga bir vaqtda ikkita yoki undan koʻp old qoʻshimcha qoʻshilmaydi.
14. Kattalik birliklarining belgilari kattaliklarning sonli qiymatlaridan keyin ular bilan bir qatorda (keyingi satrga koʻchirmasdan) joylashtiriladi. Kattalik birligining belgisi oldida turgan, oʻzidan egri chiziqli kasrni ifodalaydigan sonli qiymat qavsga olinadi. Kattalik birligining sonli qiymati va belgisi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri 100 kW 80% 20 °C (1/60) s-1 100kW 80% 20°C 1/60/s-1
Satr ustida joylashtirilgan yassi burchak oʻlcham birliklarining “gradus”, “minut”, “sekund” belgilari bundan mustasno boʻlib, ular oldida boʻsh joy qoldirilmaydi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri 20º 20 º
15. Sonli kattalik qiymatida oʻnli kasr mavjudligida kattalik birligining belgisi oxirgi raqamdan keyin koʻrsatiladi. Kattalik birligining sonli qiymati va harfli belgisi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri 423,06 m 5,758° 5°45'28,8'' 423 m 0,6 5°758 5°45'28'',8
16. Chegaraviy ogʻishlarga ega boʻlgan kattalik qiymatlarining koʻrsatilishida kattalik qiymati va uning chegaraviy ogʻishlari qavs ichiga olinadi, kattalik birliklarining belgilari esa qavsdan tashqarida joylanadi yoki kattalik birliklarining belgilari sonli kattalik qiymatidan keyin ham va uning chegaraviy ogʻishidan keyin ham qoʻyiladi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri (100,0 ± 0,1) kg 50 g ± 1 g 100,0 ± 0,1 kg 50 ± 1 g
17. Formulalardagi kattalik belgilariga berilgan tushuntirishlarda birlik belgilarini qoʻllashga ruxsat etiladi.
Birlik belgilarini harfli shaklda taqdim etilgan, kattaliklar oʻrtasidagi bogʻliqlikni yoki ularning sonli qiymatlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydigan formulalar bilan bitta satrda joylashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri v = 3,6 s/t, bu erda v — tezlik, km/h; s — yoʻl, m; t — vaqt, s v = 3,6 s/t km/h, bu erda s — yoʻl, m; t — vaqt, s.
18. Koʻpaytmaga kiruvchi birliklarning harfli belgilari oʻrta chiziqda koʻpaytirish belgilari sifatida nuqtalar bilan ajratiladi. Bu maqsadda “×” belgisidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri N·m A·m2 Pa·s N×m Am2 Pas
19. Birliklar nisbatini harf bilan belgilashda boʻlish belgisi sifatida faqat bitta egri yoki gorizontal chiziqdan foydalaniladi. Birlik belgilaridan darajaga (musbat va manfiy) koʻtarilgan birlik belgilarining koʻpaytmasi koʻrinishida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Agar nisbatga kiruvchi birliklardan bittasi uchun manfiy daraja koʻrinishidagi (masalan, s-1, m-1, K-1, s-1) belgi oʻrnatilgan boʻlsa, egri yoki gorizontal chiziqdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri W·m-2·K-1 W –––––––– m2·K W/m2/K W ––––– m2 ––––– K
20. Egri chiziq qoʻllanganda surat va maxrajdagi birliklar belgisi satrga joylashtiriladi, maxrajdagi birlik belgilarining koʻpaytmasi qavsga olinadi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri m/s W/(m·K) m/s W/m·K
21. Ikki va undan koʻp birlikdan tashkil topgan hosila birlik koʻrsatilganda harfli belgilar va birlik nomlarini birga qoʻshib qoʻllashga, yaʼni ayrim birliklar uchun belgilarni, boshqalari uchun esa — nomlarini koʻrsatishga ruxsat etilmaydi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri 80 km/h bir soatda 80 kilometr 80 km/soat soatiga 80 km
22. Kattalikning raqamli qiymatlari diapazoni bir turdagi kattalik birliklarida ifodalangan boʻlsa, kattalik birligining belgisi, maxsus belgilar koʻrinishidagi kattaliklar bundan mustasno (“…°”, “…'”, “…''”), diapazonning oxirgi raqamli qiymatidan keyin koʻrsatiladi.
Misol:
Toʻgʻri Notoʻgʻri 1 dan 1000 g gacha 110 dan 380 V gacha 45° dan 90° gacha ot 1' dan 60' gacha 1 g dan 1000 g gacha 110 V dan 380 V gacha 45 dan 90° gacha ot 1 dan 60' gacha
23. Axborot miqdori birligining ikkilik qoʻshimchalari katta harfda yoziladi. Axborot birligining xalqaro belgilarini “K”, “M”, “G” qoʻshimchalari bilan ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
24. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Kattalik birliklarini yozish va qoʻllash qoidalariga ILOVA
Karrali va ulushli kattalik birliklarini hosil qilish uchun qoʻllanadigan oʻnli koʻpaytiruvchilar, shuningdek, ularning nomlari va belgilarini hosil qiluvchi old qoʻshimchalar
T/r Oʻnlik koʻpaytiruvchi (koeffitsentlar) Qoʻshimchalar nomi belgisi 1. 1024 iota Y 2. 1021 zetta Z 3. 1018 eksa E 4. 1015 peta P 5. 1012 tera T 6. 109 giga G 7. 106 mega M 8. 103 kilo k 9. 102 gekto h 10. 101 deka da 11. 10-1 detsi d 12. 10-2 santi c 13. 10-3 milli m 14. 10-6 mikro µ 15. 10-9 nano n 16. 10-12 piko p 17. 10-15 femto f 18. 10-18 atto a 19. 10-21 zepto z 20. 10-24 iokto y
Izoh:
Boshlangʻich kattalik birliklari karrali va ulushli kattalik birliklar darajasiga oshirilganda, boshlangʻich kattalik birligi karrali va ulushli daraja koʻrsatkichiga tegishli belgi qoʻshish orqali hosil qilinadi. Bunda daraja koʻrsatkichi qoʻshimcha bilan karrali yoki ulushli kattalik birliklarini darajaga koʻtarishni bildiradi.
