“211-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-459-son) · Sana: 09.01.2018 · Amalda
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish natijasida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi”;
2) 47-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
3) quyidagi mazmundagi 474 va 475-moddalar bilan toʻldirilsin:
