Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida (O‘RQ-457-son) · Sana: 08.01.2018 · Amalda
Maʼmuriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
Manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda, maʼmuriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va oʻz hisobidan tekshirish uchun choralar koʻradi.
Maʼmuriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslardan ular taqdim etgan hujjatlarning yoki maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar talab qilish, agar qonunda bunday talab belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3492199
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 8-modda. Ishonchlilik prinsipi Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida (O‘RQ-457-son). neolex.uz/uz/laws/law-3492203/8 (lex.uz/docs/-3492199)