Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida (O‘RQ-457-son) · Sana: 08.01.2018 · Amalda
Maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqalar) maʼmuriy ish yuritishga ixtiyoriylik yoki shartnoma asosida maʼmuriy organ tomonidan oʻz tashabbusiga yoki manfaatdor shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinadi.
Maʼmuriy organ guvoh, ekspert va tarjimonni bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar, notoʻgʻri ekspert xulosalari berganlik hamda notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3492199
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 27-modda. Maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslar Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida (O‘RQ-457-son). neolex.uz/uz/laws/law-3492203/27 (lex.uz/docs/-3492199)