Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida (O‘RQ-457-son) · Sana: 08.01.2018 · Amalda
Manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tugʻdirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash maʼmuriy organlarga taqiqlanadi.
Agar manfaatdor shaxs vijdonan harakat qilgan, oʻz majburiyatlarini mazmunan bajargan boʻlsa hamda rasmiy qoidalar va talablarning yoʻl qoʻyilgan buzilishlari maʼmuriy ishni mazmunan toʻgʻri hal qilishga toʻsqinlik qilmasa, manfaatdor shaxs tomonidan rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilmaganligi nomuvofiq maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3492199
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 12-modda. Byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilmasligi prinsipi Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida (O‘RQ-457-son). neolex.uz/uz/laws/law-3492203/12 (lex.uz/docs/-3492199)