“2091-modda. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish
Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-456-son) · Sana: 03.01.2018 · Amalda
Formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish, —
formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 245-modda:
birinchi qismi:
“611” raqamidan keyin “612” raqami bilan, “209” raqamidan keyin “2091” raqami bilan toʻldirilsin;
“164-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 1711, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753, 1756-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764, 177, 179” degan soʻzlar “164, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 171, 1711, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741, 175, 1751, 1753, 1754, 1755, 1756, 176, 1762, 1763, 1764, 177, 178, 1781, 179, 1791” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar koʻrib chiqadi, ushbu Kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
7) 257-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 261-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
