Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori) (1023-son)
26.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-dekabr,
1023-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 26-dekabrdagi 281-son qarori rus tilidagi matnidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 52-son, 520-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Rasporyajeniye Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 4-fevralya 2005 goda № R–2118 “O poryadke razrabotki, rassmotreniya i podpisaniya postanovleniy i rasporyajeniy Kabineta Ministrov” zamenit slovami “postanovleniye Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 28-iyulya 2017 goda № PP–3161 “Ob utverjdenii Reglamenta apparata Prezidenta Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
