“26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarning bankrot boʻlishi
Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-455-son) · Sana: 30.12.2017 · Amalda
Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlgan talablarini qanoatlantirishga qodir boʻlmasa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qodir boʻlmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxsni bankrot deb topish taomillarini amalga oshirishda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlari boʻyicha kreditorlari ham oʻz talablarini qoʻyishga haqli. Mazkur kreditorlarning ular tomonidan shunday tartibda qoʻyilmagan talablari bankrot deb topish taomili tugallanganidan keyin ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxs bankrot deb topilgan taqdirda, uning kreditorlarining talablari ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxsni sud tomonidan bankrot deb topishning yoki uning oʻzini bankrot deb eʼlon qilishining asoslari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) 6-moddasi birinchi qismining 18-bandidagi “uch kunlik muddatda” degan soʻzlar “uch ish kuni ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
