Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida (PQ-3454-son)
29.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-dekabrdagi 1341-III-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi PS-241-III-sonli qarorini bajarish yuzasidan:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi)ning, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika yoʻl jamgʻarmasi)ning, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi)ning, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining 2018-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 6-ilovalar berilmaydi.
2. 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti profitsiti prognozi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,02 foiz miqdorida belgilansin.
3. 2018-yil uchun:
obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi bilan birlashtirilishini hisobga olgan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari 7-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 10-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorida;
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari 20 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarda keltirilgan roʻyxatga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq;
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari 15-1 va 15-2-ilovalarga muvofiq;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari 16-ilovaga muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 17 va 18-ilovalarga muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga muvofiq;
yagona yer soligʻi stavkalari 20-ilovaga muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 21-ilovaga muvofiq;
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar stavkalari 22-ilovaga muvofiq;
mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 23-ilovada keltirilgan normativlarga muvofiq;
fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 8 foiz miqdorida tasdiqlansin.
4. Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar yagona toʻlovga — uning stavkasini 3,2 foiz miqdorida belgilagan holda maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlovi etib birlashtirilsin.
Majburiy ajratmalarni Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida taqsimlash 24-ilovada keltirilgan normativlar boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab tayyorlov tashkilotlari tovar aylanishidan yagona soliq toʻlovini oʻrnatilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar.
6. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan majburiy badallar miqdori oshirilgan holda 2 foiz miqdorida belgilansin hamda jismoniy shaxslarning budjetga toʻlanadigan daromad soligʻi miqdori fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan mablagʻlari miqdorida kamaytirilsin.
10. Notijorat tashkilotlariga 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona soliq toʻlovini mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda, xodimlar sonidan qatʼi nazar ularning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari qismidan toʻlash huquqi berilsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq koʻchmas mulkning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslar koʻchmas mulkining kadastr qiymatini belgilash tartibini tasdiqlasin.
Mol-mulkni kadastr qiymatidan kelib chiqib soliqqa tortishga oʻtilgandan soʻng, soliq yukining keskin oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida jismoniy shaxslar mulkiga kadastr qiymati asosida belgilangan soliq miqdori 2017-yilda hisoblangan soliq summasidan 1,2 baravardan koʻproqqa oshirilishi mumkin emasligi nazarda tutilsin.
12. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda belgilansin, lekin:
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — 25-ilovaga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
13. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablagʻlarni 26-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 4000 soʻm miqdorida belgilansin.
14. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 27-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
22. Moliya vazirligi 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasining davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini muomalaga chiqarsin hamda tushgan mablagʻlarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirsin, Davlat budjetining parametrlarida foizlarni toʻlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
23. 2023-yilning 1-yanvariga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 60 — 63-moddalarida koʻrsatilgan manbalardan qoʻshimcha daromad oluvchi budjet tashkilotlari undirib olinadigan barcha turdagi soliqlardan;
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan chet el oliy taʼlim muassasalari ularning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan taʼlim faoliyati doirasida barcha turdagi soliqlarni va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek, chet ellik xodimlarning mehnat haqi fondi qismida yagona ijtimoiy toʻlov va jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
24. Quyidagilar budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish-ning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, ular xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini oʻz vaqtida va maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlarini yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlashni taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish;
tegishli budjetlarning daromadlarini shakllantirish qismida mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjetga oid vakolatlarini aniq-puxta chegaralash;
soliqlar va yigʻimlarning baʼzi turlari boʻyicha tushumlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida qoldirish hisobiga ularning oʻz daromad bazasini kengaytirishdagi faoliyatini kuchaytirish;
yirik soliq toʻlovchilardan tushadigan baʼzi soliq turlari boʻyicha tushumlarni respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida taqsimlash;
tumanlar va shaharlarning bir tekis rivojlanishini taʼminlash uchun joylardagi davlat hokimiyati organlariga mahalliy soliqlarning ayrim turlari boʻyicha stavkalarni pasaytirish va koʻpaytirish vakolatlarini berish;
ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha xarajatlarni va koʻzda tutilmagan sarf-xarajatlarni moliyalashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqilligini oshirish.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-sonli Farmoniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromad olishdagi vakolatlarini oshirish va sarf-xarajatlardagi majburiyatlarini chegaralash boʻyicha oʻtkazilgan eksperimentda ijobiy natijalarga erishilgani hamda uning Toshkent shahri uchun amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mazkur tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlarning mahalliy budjetlariga nisbatan joriy etilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
a) quyidagi daromadlar:
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq, jismoniy shaxslarning mulk soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosi huquqi uchun hamda ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar, bozorlardan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar toʻla hajmda tumanlar va shaharlarning budjetlariga;
yagona yer soligʻidan, yuridik shaxslarning yer soligʻidan, yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqdan, yagona soliq toʻlovi ajratmalaridan, benzin, dizel yonilgʻisi va gaz isteʼmoli soligʻidan, abonent raqamidan foydalanganlik uchun tegishli qismi tushumlaridan ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, tuman va shaharlarning budjetlari oʻrtasida taqsimlagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlarning mahalliy budjetlariga;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va davlat bojining tegishli qismi (litsenziyalar berish uchun davlat boji va patent bojlari bundan mustasno) toʻliq hajmda, shuningdek, davlat aktivlarini sotishdan va davlat mulkini ijaraga berishdan olinadigan tushumlarning 25 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetlariga oʻtkaziladi;
b) jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan, yuridik shaxslarning foyda soligʻidan (toʻlov manbaida norezidentlardan undiriladigan soliqlar bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻi, tegishli tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, jarimalar va yigʻimlarning tegishli qismi boʻyicha olinadigan tushumlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari oʻrtasida taqsimlash, shuningdek, tegishli qismda ajratilayotgan soliqlardan olinayotgan tushumlarning belgilangan prognozlari oshirib bajarilishi summalarini tegishli budjetlarning tasarrufida qoldirish;
v) quyidagilar:
ish haqi boʻyicha xarajatlarni hamda tibbiyot muassasalarining yagona ijtimoiy haqini toʻlashga hamda tuman va shaharlarning budjetlaridan moliyalashtiriladigan taʼlim muassasalarining aynan shunday sarf-xarajatlarini toʻlashga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va viloyatlarning mahalliy budjetlariga Oʻzbekiston Respublikasining Respublika budjetidan;
tumanlar va shaharlarning budjetlaridan moliyalashtiriladigan ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha sarf-xarajatlarning qolgan qismini toʻlashga tuman va shaharlarning budjetlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratish.
Belgilansinki:
taʼlim muassasalari va sogʻliqni saqlash muassasalarining ish haqini hamda yagona ijtimoiy toʻlovini moliyalashtirishga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmi tuman va shaharlar budjetlarining daromad bazasi koʻpayishidan qatʼiy nazar kamaytirilmasligi lozim;
ayrim tumanlar va shaharlar budjetlarining mutanosibligi viloyat budjetlariga ajratilayotgan umumbelgilangan soliqlarning budjet qonunchiligiga muvofiq shakllantirilgan sarf-xarajatlarini inobatga olganda, mana shu soliqlar hisobiga taʼminlanmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, tuman hamda shaharlar budjetlarining daromad va xarajatlari hajmlarini tasdiqlash boʻyicha qarorlar qabul qilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga xarajatlarning yetishmayotgan summasini daromadlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlarning budjetlari oʻrtasida qaytadan taqsimlash hisobiga qoplash huquqi berilsin.
26. Quyidagilar:
tegishli maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha budjetning jami daromadlar prognozi ortib boruvchi yakun bilan bajarilgan taqdirda daromadlar prognozining oshirib bajarilgan summasini quyi budjetlardan yuqori turuvchi budjetlarga olib qoʻyish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutilgan xarajatlarni asossiz qisqartirish taqiqlansin.
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, tuman va shaharlarning hokimlari oʻzlarining budjetga oid vakolatlariga kiruvchi daromadlarning toʻliqligini va xarajatlar oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsan javobgar boʻlishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
28. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning hokimliklariga xalq deputatlari tegishli Kengashlari bilan kelishilgan holda:
moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha, koʻzda tutilmagan xarajatlarni oʻz vaqtida va uzluksiz moliyalashtirishni taʼminlash uchun tegishli budjetlar sarf-xarajatlarining umumiy hajmidan 1 foizi miqdorida tuman va shaharlar hokimliklarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish;
mintaqaning va faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan stavkalarga nisbatan 0,7 dan 1,3 gacha pasaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlar oʻrnatish huquqi berilsin.
29. Quyi budjetlar daromadlarining tasdiqlangan parametrlari bajarilmasligi natijasida yuzaga kelgan daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasidagi kassa uzilishi moliya yili davomida — naqd pul kassa aylanmasini va yuqori turuvchi budjet tomonidan taqdim etiladigan foizsiz budjet ssudalarini jalb etish yoʻli bilan, bir moliya yilidan ortiqroq muddatda esa — yuqori turuvchi budjet tomonidan 2 yil muddatga 2 foizli budjet ssudasini berish orqali qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuliga qadar muddatda taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilingani va mazkur soliq toʻlovchilar doirasi kengayishini hisobga olgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini pasaytirish boʻyicha takliflar kiritsin.
31. 2018-yilning 1-aprelidan boshlab:
mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan korxonalarga, shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha berilgan;
yuridik shaxslarning foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha eksport ulushiga bogʻliq holda eksportyor-korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinsin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuliga qadar ilgʻor xorij tajribasini hisobga olgan holda, jumladan:
mablagʻlar kelib tushishi va sarflanishi ustidan monitoring hamda nazorat qilishning ushbu jarayonni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan samarali va zamonaviy mexanizmlarini tatbiq etish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar)dan respublika budjetiga dividendlar toʻlash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻli bilan budjet jarayonining shaffofligini taʼminlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq-budjet siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasini kiritsin.
33. 2018-yil uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 29-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
2018-yilning 15-apreliga qadar davlat ulushiga ega boʻlgan barcha xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha boshlangan yilning biznes-rejalari Moliya vazirligi bilan kelishib olinishini taʼminlasin;
Moliya vazirligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-mayiga qadar xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalaridagi davlat aktivlarini yoppasiga xatlovdan oʻtkazsin.
Moliya vazirligi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-dekabriga qadar ustav jamgʻarmalarida 50 foiz va undan koʻproq davlat ulushlari mavjud korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tahlil etilishini taʼminlasin hamda ushbu jamiyatlarda davlat ishtirokini optimallashtirish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
35. 2018-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 28 — 31-ilovalar berilmaydi.
36. Sarf-xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi nazarda tutiladigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davlat dasturlarini, shuningdek, tarmoq yoki mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish mazkur tarmoq yoki mintaqa boʻyicha joriy yil uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va xalqaro donorlar mablagʻlarini, homiylarni jalb etish hisobiga neyrosensorli quloq ogʻirligi va karlik dardiga chalingan bolalarda koxlear implantatsiyasini oʻtkazish tadbirlari moliyalashtirilishini taʼminlasin.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun 2018-yilda ota-onalar toʻlovi miqdorlari 32-ilovaga muvofiq belgilansin.
39. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yilning sentabr — dekabr oylari davrida katod misi va tabiiy gaz boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish uchun soliqqa tortiladigan baza miqdori (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan tashqari) “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni bilan belgilangan normalarga muvofiq hisoblanadi.
40. Moliya vazirligining 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va maqsadli davlat jamgʻarmalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 48 476 milliard soʻm, xarajatlari — 49 090 milliard soʻm miqdorida;
Pensiya jamgʻarmasining daromadlari 17 350 milliard soʻm va xarajatlari — 16 633 milliard soʻm miqdorida;
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari 2 051,6 milliard soʻm va xarajatlari — 2 051,6 milliard soʻm miqdorida.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2018-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2019-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 33-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
44. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasi (A.N. Aripov) Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda:
Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tanqidiy oʻrganishni tashkil qilsin, bunda shtat xodimlari sonini yanada optimallashtirish, budjet mablagʻlarining samarali shakllantirilishi, ajratilishi va sarflanishi uchun moliya organlarining javobgarligi oshirilishi nazarda tutilsin;
mustaqil davlat inspeksiyalari faoliyatini tanqidiy oʻrganishni tashkillashtirsin, bunda ular biriktirilgan sohada yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida tegishli vazirliklarga boʻysunishi koʻzda tutilsin;
xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tanqidiy oʻrganib, korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ularning mulki va mablagʻlarini tasarruf qilish asosliligi mezonlarini oʻrnatish yuzasidan takliflar kiritsin.
Shtatdagi xodimlar sonini optimallashtirish hisobiga boʻshayotgan mablagʻlar mazkur organlar xodimlarining moddiy taʼminot darajasini oshirishga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
46. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
PQ-3454-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 7-ILOVA
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi
STAVKALARI
N Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da 1. Yuridik shaxslar (2 va 3-bandlarda nazarda tutilganlaridan tashqari) 14 2. Tijorat banklari 22 3. Rentabellik* darajasiga bogʻliq holda mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari): 20 foizgacha 14 20 foizdan yuqori** rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshadigan foyda summasining 50 foizi**
Izoh. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini imtiyozlar amal qilish muddati tugaguncha ikki baravar pasaytirilgan stavkada toʻlaydilar.
* Rentabellik foyda soligʻi toʻlanishiga qadar foydaning realizatsiya qilingan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
** Uyali aloqa kompaniyalarining mobil aloqa xizmatlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan joriy qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 8-ILOVA
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi
STAVKALARI
Soliq solinadigan daromad Soliq stavkasi eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda daromad summasining 0 foizi eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 soʻm) besh baravarigacha miqdorda eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan oshadigan summaning 7,5 foizi eng kam ish haqining besh baravaridan (+1 soʻm) oʻn baravarigacha miqdorda besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 16,5 foizi eng kam ish haqining oʻn baravari (+1 soʻm) va undan yuqori miqdorda oʻn baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining oʻn baravaridan oshadigan summaning 22,5 foizi
Izohlar:
1. Soliq solinadigan daromadlar guruhlari boʻyicha soliq solish shkalasi yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi).
3. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, budjetga toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan “0” stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad (eng kam ish haqining bir baravari) chegirilgan holda 2% miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
4. Qonun hujjatlariga muvofiq eng kam stavka boʻyicha soliq solinadigan jismoniy shaxslarning alohida daromadlariga soliq solish maqsadlarida eng kam stavka 7,5 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 9-1-ILOVA
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) yagona soliq toʻlovi
STAVKALARI
N Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yuridik shaxslari, 2 — 7-bandlarda nazarda tutilganlaridan tashqari 5* 2. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) 5 3. Lombardlar 30 4. Konsert-tomosha koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan, yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaxslar 5 5. Brokerlik idoralari (6-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar 33** 6. Qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar 13** 7. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish uchun turgʻun savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar (ijaraga berishdan olingan daromadlar 60%dan koʻpni tashkil etadi) 30
Izohlar:
* Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi.
** Haq summasi (yalpi daromad).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 9-2-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
N Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari, 3 va 4-bandlarda koʻrsatilganlaridan tashqari: 2.1 joylashgan joyiga qarab: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 2.2 joylashgan joyidan qatʼi nazar: alkogolli mahsulot, tamaki mahsuloti, benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz realizatsiyasidan tovar oboroti boʻyicha 4 3. Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanuvchi savdo korxonalari (4-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) 5 4. Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 5. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari 4
Izoh: Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va turli aholi punktlarida joylashgan, ular boʻyicha yagona soliq toʻlovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shoxobchalariga ega boʻlsalar, ular har bir savdo shoxobchasi boʻyicha tovar oborotining alohida-alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalarda yagona soliq toʻlovini toʻlashlari lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 9-3-ILOVA
Ayrim toifadagi korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi
STAVKASI
Toʻlovchilar Soliq stavkasi, soliqsolinadigan bazaga nisbatan %da Lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (mazkur faoliyat turi doirasida) 33
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 10-ILOVA
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq
STAVKALARI
N Faoliyat turi Toʻlovchilar Mazkur faoliyat turini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlar Fizik koʻrsatkich birligiga har oyda qatʼiy belgilangan soliq stavkasi (birlik uchun eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda) Toshkent sh. Nukus sh., viloyat boʻysunuvidagi shaharlar boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari 1. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash, dehqon (oziq-ovqat) bozorlarining avtotoʻxtash joylarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlashdan tashqari yuridik shaxslar Egallagan maydon (1 kv.metr) 0,1 0,06 0,05 0,04 2. Bolalar oʻyin avtomatlari yuridik va jismoniy shaxslar Jihozlangan oʻrinlar soni (birlikda) 3,0 2,0 1,5 1,0
Izohlar:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqi (172 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Taqdim etilgan qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga olinmagan fizik koʻrsatkichlar aniqlangan taqdirda bunday holatlarga soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida qaraladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 11-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq
STAVKALARI
N Faoliyat turi Qatʼiy belgilangan soliqning bir oydagi stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda) Toshkent sh. Nukus sh., viloyat boʻysunuvidagi shaharlar boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari 1. Chakana savdo: oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan 7,0 5,0 3,0 2,5 dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan* 3,5 2,5 2,0 1,5 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 3,5 2,0 1,5 0,5 2. Maishiy xizmatlar 2,5 1,5 1,0 0,5 3. Oʻz mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan, milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlarini tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish joylari tashkil qilmasdan donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish 2,0 1,5 1,0 0,5 4. Boshqa faoliyat turlari 2,0 1,5 1,0 0,5 5. Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari: 3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 1,5 8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 2,0 12 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 3,0 12 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 3,5
* Uy xoʻjaligi, shu jumladan, dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan tirik hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalar) hamda ularni soʻyib, xom yoki qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan koʻrinishda, manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlaridan tashqari, sotish bundan mustasno.
Soliq solishdan ozod qilish soliq toʻlovchi tomonidan mahalliy davlat hokimiyatining tegishli organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, sotilgan mahsulot soliq toʻlovchi tomonidan unga yoxud uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat taqdim etilishi sharti bilan, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Izohlar:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqidan (172 240 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxs:*
a) bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullansa, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliq toʻlaydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;
v) davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, soliqni roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda toʻlaydi;
g) I yoki II guruh nogironi boʻlsa, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, qatʼiy belgilangan soliqni har oyda eng kam ish haqining 50%i stavkasida toʻlaydi.
4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qaroriga 8-ilovada nazarda tutilgan eng kam stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 12-1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi
STAVKALARI
Tovarlar nomi Soliq stavkasi aksiz soligʻi va QQSni hisobga olmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda bir oʻlchov birligiga soʻmda 1. Etil spirti (1 dal uchun) 7 844 2. Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun): tabiiy ravishda achitilgan natural vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda) 6 994 boshqa vinolar 12 000 3. Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun) 73 997* 4. Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun) 67 571** 5. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun) 7 699 7. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar (1 ming dona uchun) 84 222 8. Zargarlik buyumlari 25 9. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ ishlab chiqargan avtomobillar(2) 3 10. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari 11 11. Qimmatbaho metallar(2) 12. Neft mahsulotlari: Ai-80 benzini 32 143 soʻm/tonna Ai-91, Ai-92, Ai-93 benzini 35 343 soʻm/tonna Ai-95 benzini 40 889 soʻm/tonna dizel yoqilgʻisi 27 340 soʻm/tonna EKO dizel yoqilgʻisi 28 425 soʻm/tonna aviakerosin 5 058 soʻm/tonna dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi 20 700 soʻm/tonna 13. Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport (2) 15 14. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (“Oʻztransgaz” AK mintaqalararo unitar korxonalari orqali aholiga sotiladigan hajmlar bundan mustasno), shu jumladan, eksport (2) 26
* Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan konyakka aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 121 928 soʻm miqdorida belgilanadi.
** Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 111 339 soʻm miqdorida belgilanadi.
Izohlar:
1. Qatʼiy miqdorlarda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
2. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, qimmatbaho metallarga aksiz soligʻini toʻlovchilar va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 14-ILOVA
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq
STAVKALARI
Soliq solinadigan obyekt nomi Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da 1. Asosiy va qoʻshimcha foydali qazilmalar kavlab olinishi uchun Energiya tashuvchilari: Tabiiy gaz 30,0 Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz 9,0* Yer ostidan kavlab olingan gaz 2,6 Nostabil gaz kondensati 20,0 Neft 20,0 Koʻmir 4,0 Rangli va noyob metallar: Tozalangan mis 30,0 Molibdenli sanoat mahsuloti 4,0 Konsentratlangan qoʻrgʻoshin 4,0 Metall rux 20,0 Volfram konsentrati 10,4 Uran 10,0** Asl metallar: Oltin 32,0 Kumush 32,0 Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xom ashyosi 24,0 Qora metallar: Temir 4,0 Kon-kimyo xom ashyosi: Tosh tuz (osh tuzi) 3,5 Kaliy tuzi 3,5 Natriy sulfati 3,5 Fosforitlar (grafitlarga) 5,0 Karbonat xom ashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar) 3,5 Glaukonit 3,5 Mineral pigmentlar 4,8 Kon-ruda xom ashyosi: Plavik shpatli konsentrat 21,2 Tabiiy grafit 8,0 Ikkilamchi boyitilmagan kulrang kaolin 7,9*** Kvars-dalashpati xom ashyosi 6,5 Shisha xom ashyosi 3,0 Bentonitli gil 4,8 Talk va talk toshi 4,0 Talkomagnezit 4,0 Mineral boʻyoqlar 5,7 Vollostanit 4,0 Asbest 4,0 Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt 4,0 Barit konsentrati 4,0 Metallurgiya uchun noruda xom ashyo: Oʻtga chidamli, qiyin eruvchan, qoliplash gili 4,0 Ohaktoshlar, dolomitlar 4,0 Kvars va kvarsitlar 6,5 Qoliplash qumlari 4,0 Vermikulit 4,0 Noruda qurilish materiallari: Sement xom ashyosi 5,0 Tabiiy bezaktoshdan bloklar 5,0 Marmar ushogʻi 5,0 Gips toshi, ganch 5,0 Keramzit xom ashyosi 5,0 Gʻisht-cherepitsa xom ashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, zichlovchi sifatida lyosslar, qumlar va boshqalar) 5,0 Gips va angidrit 5,0 Arralanadigan, xarsangtosh va shagʻal uchun toshlar 5,0 Qurilish qumlari 5,0 Tosh-shagʻal aralashmasi, shagʻal aralashmasi, mayda toshlar, shagʻal 5,0 Qumtoshlar 5,0 Chigʻanoq, ohaktosh 5,0 Slanetslar 5,0 Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar) 5,0 2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar asosiy foydali qazilmani kavlab olganlik uchun stavkaning 30%i
* Belgilangan stavka boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan tabiiy gazni realizatsiya qiladigan korxona tomonidan toʻlanadi.
** “Navoiy KMK” DK uranni kavlab olganlik boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda toʻlaydi.
*** Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mahsulotlarning realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha belgilangan stavkada toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 15-1-ILOVA
Imzolanadigan bonus
STAVKALARI
N Foydali qazilmalarni razvedka qilish va qidirish huquqi Bonusning eng kam stavkasi (eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorlarda) 1. Uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi 10 000 2. Oltin qidirish va razvedka qilish huquqi 10 000 3. Qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi 1 000 4. Rudali foydali qazilmalar konlarini, 2 va 3-bandlarda koʻrsatilganlardan tashqari, qidirish va razvedka qilish huquqi 500 5. Noruda foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi 100
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 15-2-ILOVA
Tijoratbop topilma bonusi
STAVKASI
Foydali qazilmalarni qazib olish huquqi Stavkasi, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da Uglevodorodlar, qimmatbaho va noyob metallar, rudali va noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi 0,1
Izoh: Tijoratbop topilma bonusining summasi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning yillik summasidan oshgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijoratbop topilma bonusini 3 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash koʻrinishidagi imkoniyat berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 16-ILOVA
Ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi
STAVKASI
Mahsulot nomi Soliq solinadigan bazaning miqdori (QQS va aksiz soligʻisiz) Soliq stavkasi Katodli mis* soʻmdagi ekvivalentda “kesish narxi”gacha 1 tonna uchun 4 000 AQSH dollaridan yuqori 50 foiz Tabiiy gaz* soʻmdagi ekvivalentda “kesish narxi”gacha 1 000 kub m uchun 160 AQSH dollaridan yuqori Polietilen granulalar* 1 tonna uchun 2 250 500 soʻmdan yuqori Sement** 1 tonna uchun 280 000*** soʻmdan yuqori Klinker** 1 tonna uchun 260 000*** soʻmdan yuqori
* Qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar soliq toʻlangandan soʻng qoʻshimcha foydaning ular ixtiyorida qoladigan qismini toʻliq hajmda maxsus ochiladigan investitsiya hisobvaraqlariga oʻtkazadilar. Koʻrsatilgan investitsiya hisobvaraqlaridan mablagʻlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshirish uchun maʼqullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etilgan kreditlarga xizmat koʻrsatish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashga sarflanadi.
** Oq sement, shuningdek muqobil yoqilgʻi - koʻmir asosida ishlab chiqarilgan sement va klinkerdan tashqari.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi birja savdolaridagi narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda, soliq solinadigan bazaning miqdorini qayta koʻrib chiqish huquqiga ega.
Izohlar:
1. Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
2. Tabiiy gaz boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻlib tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiladigan, ularda qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti yuzaga keladigan yuridik shaxslar (mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim doirasida faoliyatni amalga oshiradigan investorlar va operatorlar bundan mustasno) hisoblanadi.
3. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshadigan foyda summasidan 50%lik stavkada yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliqni toʻlaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 17-ILOVA
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
STAVKASI
Toʻlovchilar Soliq stavkasi, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da Yuridik shaxslar 5
Izoh: Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, uskunalar normativ muddatlarda oʻrnatilmaganligi va qurilish obyektlari normativ muddatda tugallanmaganligi uchun mol-mulk soligʻi ikki baravar stavkada toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 18-ILOVA
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
STAVKALARI
N Soliq solinadigan obyektlarning nomi Soliq stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan %da* 1. Turar joylar va kvartiralar, dala hovli qurilmalari (umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq boʻlganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar 0,2 2. Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni quyidagicha boʻlgan turar joylar va kvartiralar: 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan 0,25 500 kv.m dan oshiq boʻlgan 0,35 3. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq boʻlgan turar joylar va kvartiralar, dala hovli qurilmalari 0,25
* Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi, biroq 42 000 ming soʻmdan kam boʻlmasligi kerak.
Izohlar:
1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari belgilagan kadastr qiymati boʻlmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida 210 000 ming soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda — 90 000 ming soʻm miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining ikki baravari miqdoridan kelib chiqib undiriladi.
2. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 19-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi
STAVKALARI
1-JADVAL 1.1. Sugʻoriladigan jamoat qishloq xoʻjaligi yerlari uchun undiriladigan yer soligʻining bazaviy stavkalari Tuman, shahar 1-toifali 1 ga yer uchun soliqning bazaviy stavkalari, soʻmda Tuman, shahar 1-toifali 1 ga yer uchun soliqning bazaviy stavkalari, soʻmda QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI Amudaryo 16 741,40 Taxtakoʻpir 14 409,30 Beruniy 16 444,70 Taxiatosh 14 152,80 Qoraoʻzak 13 667,60 Toʻrtkoʻl 16 741,40 Kegayli 14 152,80 Xoʻjayli 14 152,80 Qoʻngʻirot 13 122,10 Chimboy 13 414,40 Qanlikoʻl 13 414,40 Shumanay 14 698,00 Moʻynoq 13 122,10 Ellikqalʼa 16 003,90 Nukus 14 152,80 Nukus sh. 14 965,80 ANDIJON VILOYATI Oltinkoʻl 23 412,30 Izboskan 24 569,50 Andijon 20 507,60 Ulugʻnor 16 003,90 Asaka 23 412,30 Qoʻrgʻontepa 24 126,70 Baliqchi 21 869,10 Marhamat 23 687,90 Boʻz 15 777,50 Paxtaobod 22 533,10 Buloqboshi 23 901,70 Xoʻjaobo 24 351,60 Jalolquduq 22 749,30 Shahrixon 22 975,00 BUXORO VILOYATI Olot 19 502,70 Qorakoʻl 19 694,90 Buxoro 19 502,70 Qorovulbozor 19 694,90 Vobkent 16 225,60 Peshku 19 918,30 Gʻijduvon 19 502,70 Romitan 20 092,10 Jondor 18 734,00 Shofirkon 18 178,10 Kogon 19 502,70 Buxoro sh. 19 694,90 JIZZAX VILOYATI Arnasoy 16 103,30 Zafarobod 15 288,40 Baxmal 16 251,70 Mirzachoʻl 16 741,40 Gʻallaorol 19 322,50 Paxtakor 16 915,70 Jizzax 17 876,60 Forish 17 554,90 Doʻstlik 17 554,90 Yangiobod 9 679,90 Zomin 14 484,70 Jizzax sh. 17 876,60 Zarbdor 14 484,70 QASHQADARYO VILOYATI Mirishkor 11 496,20 Kitob 19 250,40 Gʻuzor 16 003,90 Muborak 9 944,20 Dehqonobod 11 795,10 Nishon 12 409,80 Qamashi 20 318,00 Chiroqchi 19 397,70 Qarshi 15 042,00 Shahrisabz 30 729,00 Koson 11 937,50 Yakkabogʻ 20 949,90 Kasbi 15 513,30 NAVOIY VILOYATI Konimex 14 746,80 Nurota 12 385,70 Qiziltepa 16 519,90 Tomdi 12 558,20 Navbahor 18 839,60 Uchquduq 12 558,20 Karmana 18 839,60 Xatirchi 17 951,50 NAMANGAN VILOYATI Mingbuloq 15 531,40 Uychi 25 090,60 Kosonsoy 26 169,70 Uchqoʻrgʻon 24 875,00 Namangan 27 008,80 Chortoq 21 259,20 Norin 24 875,00 Chust 20 816,50 Pop 21 259,20 Yangiqoʻrgʻon 21 259,2 Toʻraqoʻrgʻon 22 732,60 SAMARQAND VILOYATI Oqdaryo 23 536,20 Nurobod 19 430,30 Bulungʻur 23 315,80 Payariq 23 315,80 Jomboy 22 649,90 Pastdargʻom 22 012,70 Ishtixon 22 236,90 Paxtachi 19 430,30 Kattaqoʻrgʻon 20 908,70 Samarqand 22 649,90 Qoʻshrabot 21 570,90 Toyloq 22 649,90 Narpay 19 622,90 Urgut 43 139,70 SURXONDARYO VILOYATI Oltinsoy 27 702,50 Muzrabod 21 248,10 Angor 27 702,50 Sariosiyo 23 464,10 Boysun 15 486,20 Termiz 25 487,90 Denov 24 451,50 Uzun 23 464,10 Jarqoʻrgʻon 22 236,90 Sherobod 23 978,90 Qumqoʻrgʻon 27 479,50 Shoʻrchi 30 702,40 Qiziriq 29 962,90 SIRDARYO VILOYATI Oqoltin 15 070,60 Sirdaryo 16 251,70 Boyovut 15 883,30 Sardoba 13 195,30 Guliston 14 010,80 Xovos 9 679,90 Mirzaobod 11 422,70 Guliston sh. 14 010,80 Sayxunobod 16 003,90 Yangiyer sh. 13 445,90 TOSHKENT VILOYATI Oqqoʻrgʻon 23 328,60 Parkent 19 371,30 Ohangaron 21 453,60 Piskent 23 105,80 Toshkent 25 394,80 Bekobod 21 229,10 Oʻrtachirchiq 23 785,20 Boʻstonliq 22 179,40 Chinoz 24 259,70 Boʻka 23 328,60 Yuqorichirchiq 24 009,40 Zangiota 25 394,80 Yangiyoʻl 24 467,90 Qibray 25 189,90 Bekobod sh. 23 328,60 Quyichirchiq 24 009,40 FARGʻONA VILOYATI Oltiariq 18 658,80 Toshloq 22 726,80 Qoʻshtepa 17 845,90 Oʻzbekiston 21 273,90 Bagʻdod 18 466,20 Uchkoʻprik 20 681,90 Beshariq 20 459,00 Fargʻona 21 910,60 Buvayda 19 471,00 Furqat 20 285,20 Dangʻara 20 092,10 Yozyovon 20 285,20 Quva 23 711,90 Quvasoy sh. 21 496,80 Rishton 20 285,20 Fargʻona sh. 22 726,80 Soʻx 19 282,60 XORAZM VILOYATI Bogʻot 17 728,60 Xiva 18 939,80 Gurlan 18 613,60 Shovot 18 787,70 Qoʻshkoʻpir 16 667,20 Yangiariq 17 728,60 Urganch 18 261,40 Yangibozor 17 728,60 Hazorasp 15 960,30 Pitnak sh. 15 070,60 Xonqa 18 939,80 Urganch sh. 18 261,40
1.2. Sugʻoriladigan jamoat qishloq xoʻjaligi yerlari uchun undiriladigan yer soligʻining bazaviy stavkalariga tuzatuvchi koeffitsiyentlar Yerning toifalari Ball-bonitet Koeffitsiyentlar I 0 — 10 (bazaviy stavka) II 11 — 20 1,50 III 21 — 30 2,25 IV 31 — 40 3,29 V 41 — 50 4,67 VI 51 — 60 6,78 VII 61 — 70 9,00 VIII 71 — 80 11,68 IX 81 — 90 14,36 X 91 — 100 17,50 Baholanmagan yerlar 4,67
Izoh: Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun undiriladigan yer soligʻi stavkasi sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻining bazaviy stavkasi va yer uchastkasining sifat xarakteristikasi (ball-boniteti)ni hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
2-JADVAL Lalmi ekinzorlar, boʻz yerlar va koʻp yillikkoʻchatlar uchun undiriladigan yer soligʻi STAVKALARI Viloyat 1 ga uchun yer soligʻining zonalar boʻyicha stavkalari, soʻmda Tekislik (yogʻingarchiliklar bilan taʼminlanmagan) zonasi Adir (yogʻingarchiliklar bilan kam taʼminlangan) zonasi Togʻ oldi va togʻlik (yogʻingarchiliklar bilan taʼminlangan) zona Andijon 2 665,6 2 808,0 4 260,5 Jizzax 2 514,4 2 647,0 4 283,9 Navoiy 2 514,4 2 647,0 4 283,9 Namangan 2 782,0 3 178,3 3 960,3 Qashqadaryo 2 782,0 3 178,3 3 960,3 Samapqand 2 514,4 3 572,6 4 508,5 Surxondaryo 2 236,5 3 178,3 3 960,3 Sirdaryo 2 514,4 3 328,4 4 260,5 Toshkent 2 665,6 4 407,7 5 288,4
3-JADVAL Sugʻorilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer soligʻi STAVKALARI Respublika, viloyat 1 ga uchun yer soligʻining balandlik mintaqalari boʻyicha stavkalari, soʻmda Choʻl Adir Togʻ Qoraqalpogʻiston Respublikasi 415,5 761,2 1 079,2 Andijon 566,7 789,4 1 079,2 Buxopo 566,7 789,4 1 079,2 Jizzax 515,9 663,2 931,4 Qashqadapyo 663,2 663,2 1 036,5 Navoiy 566,7 663,2 931,4 Namangan 566,7 789,4 1 036,5 Samapqand 515,9 887,8 1 478,6 Supxondapyo 373,8 789,4 1 036,5 Sipdapyo 515,9 663,2 931,4 Toshkent 515,9 789,4 1 079,2 Fapgʻona 515,9 663,2 1 079,2 Xorazm 415,5 761,2 1 079,2
4-JADVAL Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer soligʻi STAVKALARI Respublika, viloyat 1 ga uchun yer soligʻining stavkalari, soʻmda suv havzalari, kanallar, kollektorlar, yoʻllar jamoat qurilmalari va hovlilari, qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi 548,1 305 780,7 Andijon 887,8 466 389,6 Buxopo 714,0 399 912,3 Jizzax 620,8 344 941,7 Qashqadapyo 620,8 333 294,6 Navoiy 663,2 391 956,5 Namangan 771,7 407 727,4 Samapqand 847,4 446 881,5 Supxondapyo 931,4 517 337,9 Sipdapyo 490,7 289 828,3 Toshkent 771,7 419 375,3 Fargʻona 771,7 419 375,3 Xorazm 771,7 407 727,4
5-JADVAL Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi STAVKALARI Zona Yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻi stavkalari, 1 ga uchun, soʻmda Yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan yerlar uchun fuqarolardan undiriladigan yer soligʻining bazaviy stavkalari, 1 kv.m uchun, soʻmda 1. 131 175 469 752,1 2. 104 940 375 638,4 3. 78 705 281 524,7 4. 52 470 188 411,0 5. 26 235 094 297,3
6-JADVAL Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi STAVKALARI Shahar, viloyat Yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻi stavkalari, 1 ga uchun, soʻmda Yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan yerlar uchun fuqarolardan undiriladigan yer soligʻining bazaviy stavkalari, 1 kv.m uchun, soʻmda Oqtosh 12 481 019 111,3 Olmaliq 17 374 711 158,9 Angren 17 374 711 158,9 Andijon 20 826 899 187,5 Asaka 12 481 019 111,3 Ohangaron 12 458 235 111,3 Bekobod 12 458 235 111,3 Beruniy 13 254 709 120,8 Buxoro 16 843 571 154,3 Gʻijduvon 11 927 073 106,1 Guliston 13 125 902 120,8 Denov 13 171 332 120,8 Jizzax 16 843 571 154,3 Pitnak 11 927 073 106,1 Zarafshon 11 927 073 106,1 Kogon 11 927 073 106,1 Qorasuv 12 481 019 111,3 Qarshi 16 843 571 154,3 Kosonsoy 12 481 019 111,3 Kattaqoʻrgʻon 12 481 019 111,3 Qoʻqon 16 843 571 154,3 Quva 11 927 073 106,1 Quvasoy 11 927 073 106,1 Qoʻngʻirot 11 927 073 111,3 Margʻilon 11 927 073 106,1 Navoiy 16 843 571 154,3 Namangan 20 826 899 187,5 Nukus 16 509 693 154,3 Nurafshon 12 458 235 111,3 Samarqand 20 826 899 187,5 Sirdaryo 11 464 155 106,1 Taxiatosh 13 254 709 125,1 Termiz 14 825 417 139,7 Toʻrtkoʻl 11 464 155 104,8 Urganch 16 843 571 154,3 Urgut 12 481 019 111,3 Uchquduq 11 927 073 106,1 Uchqoʻrgʻon 12 481 019 111,3 Fargʻona 16 843 571 154,3 Haqqulobod 12 481 019 111,3 Xonobod 12 481 019 111,3 Xiva 11 927 073 106,1 Xoʻjayli 13 922 359 120,8 Chortoq 12 481 019 111,3 Chimboy 11 927 073 111,3 Chirchiq 17 374 711 158,9 Chust 12 481 019 111,3 Shahrisabz 11 927 073 111,1 Shahrixon 12 481 019 111,3 Shirin 11 464 155 106,1 Yangiobod 12 458 235 111,3 Yangiyer 11 464 155 106,1 Yangiyoʻl 12 458 235 111,3 Boshqa kichik shaharlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi: shimoliy zona 9 392 998 86,9 markaziy zona 10 432 151 100,3 janubiy zona 11 593 212 101,5 Andijon viloyati 12 481 019 111,3 Buxoro viloyati 11 927 073 106,1 Jizzax viloyati 11 927 073 106,1 Qashqadaryo viloyati 11 927 073 111,1 Navoiy viloyati 11 927 073 106,1 Namangan viloyati 12 481 019 111,3 Samarqand viloyati 12 481 019 111,3 Surxondaryo viloyati 13 171 332 120,8 Sirdaryo viloyati 11 464 155 106,1 Toshkent viloyati 12 458 235 111,3 Fargʻona viloyati 11 927 073 106,1 Xorazm viloyati 11 927 073 106,1 Tuman markazlari hisoblangan posyolkalar va qishloq aholi punktlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi: shimoliy zona 7 909 635 71,9 markaziy zona 8 785 897 84,3 janubiy zona 9 764 733 86,3 Andijon viloyati 10 652 402 96,7 Buxoro viloyati 10 098 585 91,1 Jizzax viloyati 10 098 585 91,1 Qashqadaryo viloyati 10 098 585 91,1 Navoiy viloyati 10 098 585 91,1 Namangan viloyati 10 652 402 96,7 Samarqand viloyati 10 652 402 96,7 Surxondaryo viloyat 11 342 862 104,1 Sirdaryo viloyati 9 635 730 88,6 Toshkent viloyati 10 629 685 96,7 Fargʻona viloyati 10 098 585 91,1 Xorazm viloyati 10 098 585 91,1
7-JADVAL Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻi STAVKALARI Respublika, viloyat 1 ga uchun yer soligʻi stavkalari, soʻmda: yuridik shaxslarga ajratilgan yerlar uchun, zonalar boʻyicha konlar va karyerlar band qilgan yerlar uchun, zonalar boʻyicha sugʻoriladigan lalmikor-yaylov sugʻoriladigan lalmikor-yaylov aholi punktlarida aholi punktlaridan tashqarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi: shimoliy zona 5 924 952 5 501 013 268 591 1 553 825 52 724 markaziy zona 6 581 355 6 115 986 332 388 1 728 431 83 009 janubiy zona 7 312 589 6 797 280 365 698 1 910 962 99 710 Andijon viloyati 7 478 832 6 955 374 374 063 2 135 720 108 155 Buxoro viloyati 7 229 433 6 789 182 365 683 1 911 173 99 746 Jizzax viloyati 6 730 833 6 365 193 340 802 1 396 043 66 484 Qashqadaryo viloyati 6 730 833 6 365 193 340 802 1 346 123 66 484 Navoiy viloyati 6 980 201 6 606 152 348 948 1 661 959 83 019 Namangan viloyati 6 863 784 6 564 640 332 388 2 027 639 99 746 Samarqand viloyati 7 894 208 7 246 128 398 881 2 526 184 124 569 Surxondaryo viloyati 8 642 159 7 811 221 432 153 3 273 990 166 224 Sirdaryo viloyati 6 730 833 6 415 169 340 802 1 412 586 74 875 Toshkent viloyati 7 894 208 7 229 433 398 881 2 501 359 124 569 Fargʻona viloyati 7 229 433 6 764 092 365 683 1 877 933 91 290 Xorazm viloyati 7 312 589 6 797 326 365 683 1 919 483 99 746
8-JADVAL Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan yer soligʻi STAVKALARI Respublika, viloyat 0,01 ga uchun yer soligʻi stavkalari, soʻmda: dehqon xoʻjaligini yuritishga berilgan yerlar uchun jamoa bogʻdorchiligi va polizchiligini yuritishga berilgan yerlar uchun sugʻoriladigan zona lalmi yerlar aholi punktlarida aholi punktlaridan tashqarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi: shimoliy zona 3 472,5 1 740,8 347,3 1 836,4 markaziy zona 5 560,9 2 782,0 563,2 — janubiy zona 6 177,7 3 088,1 620,0 2 271,9 Andijon viloyati 6 528,9 3 261,9 647,5 2 530,5 Buxoro viloyati 6 169,2 3 082,9 572,1 2 260,7 Jizzax viloyati 5 782,0 2 891,9 415,5 1 624,7 Qashqadaryo viloyati 5 782,0 2 891,9 410,1 1 591,7 Navoiy viloyati 6 001,7 2 999,5 495,5 1 969,0 Namangan viloyati 6 250,7 3 126,2 620,0 2 398,4 Samarqand viloyati 6 593,0 3 297,1 764,2 2 981,8 Surxondaryo viloyati 7 108,3 3 555,5 998,9 3 882,6 Sirdaryo viloyati 5 829,8 2 915,7 431,3 1 667,2 Toshkent viloyati 6 577,2 3 289,1 759,0 2 962,5 Fargʻona viloyati 6 150,5 3 075,6 566,7 2 220,5 Xorazm viloyati 6 177,7 3 088,1 584,5 2 271,9
19-ilovaga izohlar:
1. 7 va 8-jadvallarda keltirilgan stavkalarga yer uchastkalarining joylashish joyiga bogʻliq holda quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada — 1,30, Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada — 1,20, tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada — 1,15, boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada — 1,10.
Yer uchastkalarigacha boʻlgan masofa avtomobil yoʻllari boʻyicha shaharlar va tuman markazlarining maʼmuriy chegaralaridan boshlab belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan boʻlsa, shaharning yuqoriroq funksional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsiyent qoʻllaniladi.
2. Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida 8-jadvalda keltirilgan stavkalarga, yer sifatiga bogʻliq holda, quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: tuproq boniteti 40 ballgacha boʻlsa — 0,75, 41 dan 70 ballgacha boʻlsa — 1,0 va 70 balldan ortiq boʻlsa — 1,25.
1 va 2-bandlarda koʻrsatilgan koeffitsiyentlarning qoʻllanilishi yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi tegishli davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotga asosan amalga oshiriladi.
3. Oʻrmon xoʻjaliklarida mollarni oʻtlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov yerlar uchun yer soligʻi boshqa yerlar uchun stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
4. Shahar va posyolkalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan kon va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq 5 va 6-jadvallarda tegishli zonalar uchun keltirilgan stavkalarga 0,1 koeffitsiyentini qoʻllagan holda toʻlanadi.
5. Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq yuridik shaxslar uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
6. Jamoaviy va shaxsiy garajlar band etgan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan soliq yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yerlar uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
7. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarishda 5 va 6-jadvallarda keltirilgan bazaviy stavkalar belgilangan normativlar doirasida yer uchastkalariga nisbatan qoʻllanadi, belgilangan normativlardan ortiq yer uchastkalari uchun bazaviy stavkalarga esa oshiruvchi koeffitsiyent — 1,5 qoʻllanadi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish maqsadida yer uchastkalarining quyidagi normativlari qoʻllanadi:
Toshkent sh., Nukus sh. va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar — 0,06 ga;
boshqa aholi punktlari (dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno) — 0,1 ga.
8. Koʻp qavatli uylarda noturar joy boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi qavatlarning soniga boʻlingan noturar joy maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
9. Tugallanmagan qurilish obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun yer soligʻi, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki baravar stavkada toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 20-ILOVA
Yagona yer soligʻi
STAVKASI
Toʻlovchilar Stavka normativ qiymatga nisbatan foizlarda Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 0,95
Izoh: Har bir xoʻjalik boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining “Oʻzdaverloyiha” Oʻzbekiston davlat ilmiy-loyiha instituti tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 21-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning chegaralangan
STAVKALARI
N Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim (1), (2) : Toshkent sh. Nukus sh., shaharlar — viloyat markazlari boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 6,0 5,0 4,0 3,0 qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 4,0 3,5 3,0 2,0 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq (3): benzin 1 litr uchun 232,5 soʻm / 1 tonna uchun 308 850 soʻm (4) dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 232,5 soʻm / 1 tonna uchun 282 500 soʻm (4) suyultirilgan gaz 1 litr uchun 230 soʻm / 1 tonna uchun 436 300 soʻm (4) siqilgan gaz 1 kub metr uchun 305 soʻm 3. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim (1), (5) 8,0
Izohlar:
1) Yigʻimlar stavkalari oyiga yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilangan eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorlarda belgilangan va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2) Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻim yagona hisobvaraqqa kelib tushib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelgusida mablagʻlar budjet bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida, Toshkent shahrida esa — budjet, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti oʻrtasida taqsimlanadi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim yagona hisobvaraqqa kelib tushib, kelgusida mablagʻlar budjet bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida taqsimlanadi.
3) Koʻrsatilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Qayta ishlashga berilgan xom ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi boʻyicha benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliq stavkalarining miqdorlari benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilgʻisiga chakana narxlar doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xom ashyodan qayta ishlashga berish asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni toʻlovchilar, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
4) Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
5) Toshkent shahrida yigʻim miqdori bir oyda eng kam ish haqining 5 baravari, viloyat markazlarida — eng kam ish haqining 3 baravari, boshqa aholi punktlarida — eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 22-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar
STAVKALARI
N Yigʻimlar va ajratmalar turlari Yigʻimlar stavkalari I Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va u orqali tranzit qilishdan yigʻimlar AQSH dollarida 1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlardan avtotransport vositalarini olib kirganlik va u orqali tranzit qilish uchun yigʻim, bir avtotashuvchi kirganligi uchun (2 — 5-bandlarda koʻrsatilgan mamlakatlar bundan mustasno) 400 2. Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va u orkali tranziti uchun yigimlar 10 tonnagacha 100 10 tonnadan 20 tonnagacha 150 20 tonnadan yuqori 200 3. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Qozogʻiston Respublikasi yuk avtotransport vositalarini olib kirish vau orqali tranzit qilish uchun yigʻimlar 300 4. Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit qilish uchun yigʻimlar 300 5. Turkmaniston Respublikasi avtotransport vositalarini olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit qilish uchun yigʻimlar: 10 tonnagacha 50 10 tonnadan 20 tonnagacha 100 20 tonnadan koʻp 150 II Avtotransport vositalari olinganligi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan yigʻim 1. Yangi (foydalanishda boʻlmagan) avtotransport vositalari boʻyicha xarid qilish narxidan 3% 2. Foydalanilgan avtotransport vositalari boʻyicha: foydalanish muddatiga qarab har bir ot kuchi uchun eng kam ish haqiga nisbatan %da 3 yilgacha 3 yildan 7 yilgacha 7 yildan ortiq Yengil avtomobillar 11 9 6 Mototsikllar (shu jumladan, mopedlar) va yordamchi dvigatel oʻrnatilgan velosipedlar, kajavali yoki kajavasiz 10 7 5 Boshqa motorli transport vositalari 16 13 9 III “Oʻzavtoyoʻl” AJ korxona va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan tushgan mablagʻlarning budjetga tushishi lozim boʻlgan umumiy summasidan ajratmalar (%) 50
Izohlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab xorijiy davlatlarning ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalari oʻtganligi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha yigʻim toʻlanishi bilan bir qatorda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda toʻlov undiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasiga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib oʻtishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan qoʻshimcha ravishda 175 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
4. Gumanitar yuklarni olib oʻtishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitida undiriladigan yigʻimlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
5. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 23-ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlov
STAVKALARI
N Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da* 1. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari 5 2. Mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xoʻjaliklari 15 3. 1 va 2-bandlarida nazarda tutilmagan boshqa toʻlovchilar 25
* Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari.
Yagona ijtimoiy toʻlov summasi belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamgʻarmalari bilan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi: mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xoʻjaliklari boʻyicha: 15% budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 14,8% Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga 0,1% Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga 0,1% boshqa toʻlovchilar boʻyicha: budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 24,8% Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga 0,1% Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga 0,1%
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 24-ILOVA
Majburiy ajratmalarni Davlat maqsadli jamgʻarmalariga taqsimlash
NORMATIVLARI
Davlat maqsadli jamgʻarmalari Taqsimlash, majburiy ajratmalarga nisbatan %larda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 46,88% Respublika yoʻl jamgʻarmasiga 43,75% Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga 9,37%
Izohlar:
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlariga koʻra ilgari taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarga ham tatbiq etiladi.
Respublika yoʻl jamgʻarmasi va (yoki) Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan korxonalar davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻliq hajmda oʻtkazish bilan imtiyozli 1,5% stavkasi boʻyicha toʻlaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 25-ILOVA
Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam
STAVKALARI
N Ijaraga beriladigan mol-mulk turi Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi koʻrsatkich Oylik ijara toʻlovi stavkalarining eng kam miqdorlari, soʻmda Toshkent sh. Nukus sh. va viloyat markazlaridagi shaharlar boshqa aholi punktlari 1. Uy-joylar: turar joy umumiy maydonning 1 kv.metri uchun 4 500 3 000 1 500 noturar joy 9 000 6 000 3 000 2. Avtomobil transporti: yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) 1 ta avtotransport vositasi uchun 330 000,0 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari 645 000,0
Izoh: Mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 26-ILOVA
Mobil aloqa xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovni taqsimlash
MEʼYORLARI
Toʻlovdan tushgan mablagʻlarni oluvchining nomi Toʻlov summasidan foizlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti 29 Oʻzbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi (investitsiya loyihalarini hamda axborotlashtirish dasturlarini amalga oshirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun maqsadli foydalangan holda) 70 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlanish fondi 1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 27-ILOVA
Undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam
MIQDORLARI
Soliq toʻlovchilar Eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari 20 Jismoniy shaxslar 5
Izoh: Undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari yil boshida — 2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra belgilangan eng kam ish haqidan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilanadi hamda yil davomida eng kam ish haqi miqdori oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 32-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan 2018-yilgi toʻlov
MIQDORLARI
N Taʼlim muassasasi joylashgan joy va bolalarning kuniga unda boʻlish vaqti maktabgacha guruh* 5 kunlik ish haftasida 6 kunlik ish haftasida taʼlim muassasasiga qatnovchi oiladagi bitta bolaga oiladagi har bir bolaga, agar taʼlim muassasasiga bittadan ortiq bola qatnasa taʼlim muassasasiga qatnovchi oiladagi bitta bolaga oiladagi har bir bolaga, agar taʼlim muassasasiga bittadan ortiq bola qatnasa 1. Toshkent sh. 1.1 4-5 soat 19 000 13 000 23 000 15 000 1.2 9 soat 130 000 92 000 155 000 110 000 1.3 10,5 soat 155 000 110 000 185 000 131 000 1.4 12 soat 175 000 124 000 208 000 148 000 1.5 24 soat 185 000 131 000 220 000 156 000 2. viloyat markazlari 2.1 4-5 soat 18 000 13 000 21 000 15 000 2.2 9 soat 125 000 89 000 149 000 106 000 2.3 10,5 soat 150 000 107 000 179 000 127 000 2.4 12 soat 166 000 118 000 198 000 140 000 2.5 24 soat 176 000 125 000 210 000 149 000 3. viloyat boʻysunuvidagi shaharlar 3.1 4-5 soat 16 000 11 000 19 000 13 000 3.2 9 soat 115 000 82 000 137 000 98 000 3.3 10,5 soat 130 000 92 000 155 000 110 000 3.4 12 soat 149 000 106 000 177 000 126 000 3.5 24 soat 157 000 111 000 187 000 132 000 4. tuman markazlari 4.1 4-5 soat 14 000 10 000 17 000 12 000 4.2 9 soat 85 000 64 000 101 000 76 000 4.3 10,5 soat 115 000 86 000 137 000 102 000 4.4 12 soat 131 000 98 000 156 000 117 000 4.5 24 soat 139 000 104 000 165 000 124 000 5. boshqa joylar 5.1 4-5 soat 13 000 9 000 15 000 11 000 5.2 9 soat 60 000 48 000 71 000 57 000 5.3 10,5 soat 105 000 84 000 125 000 100 000 5.4 12 soat 123 000 92 000 146 000 110 000 5.5 24 soat 130 000 98 000 155 000 117 000
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tandim, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Nurobod, Qushrabot, Urgut, Bulungʻur va Samarqand viloyati Paxtachi tumanida, Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Farish, Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Fargʻona viloyatining Soʻx tumani hamda Fargʻona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan haq miqdori oʻrnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 33-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliyaviy yil oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi lozim”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., N 11, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandida:
“v”, “d”, “e”, “k” va “l” kichik bandlaridan “ushbu bandning “k-1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“k-1” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., N 12, 110-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “bir foizi” soʻzlari “ikki foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., N 2-3, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisida nizomning 9-bandi sakkizinchi xatboshisi “budjet ssudalari” soʻzlaridan keyin “maqsadli ijtimoiy transfertlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., N 4, 14-modda) 1-ilovada:
a) 3-pozitsiyaning “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “40” raqami “35” raqami bilan almashtirilsin;
b) 11-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11. Moliya vazirligi Budjet tashkilotlarini va budjet mablagʻlaridan foydalanuvchilarni taftish qilish va tekshirishlar natijalari boʻyicha Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summalari, shuningdek taftish va tekshirishlar natijalari boʻyicha paxta tozalash korxonalaridan undirilgan rastratalar, talon-toroj va kamomad summalari 8 Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar oʻz vaqtida budjetga oʻtkazilmaganligi uchun jarimalar summasi Xizmatlar koʻrsatilganligi uchun bojxona yigʻimlari va toʻlovlari koʻrinishida kelib tushgan tushumlar 5****
v) **** izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2018-yilning 1-yanvaridan joriy qilinadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., N 6, 106-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandi birinchi xatboshisi “tushadigan mablagʻlar” soʻzlaridan keyin “shuningdek davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 25 foiz miqdoridagi qismi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi toʻgʻrisida nizomning 32-bandida “1 foizi” soʻzlari “2 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
