Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (2959-son)
29.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2959]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 29-noyabrdagi 89, 2016-36-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2845, 2016-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 557-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-dekabr,
187-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-dekabr,
2017-74-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-dekabrdagi 187, 2017-74-son qaroriga ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
Sotilayotgan tovarning nomi Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi Eng kam chakana narx Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 6500 7800 Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 22000 26400 Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 16000 19200
* Pivodan tashqari
