Xorvatiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sheriklik taʼsis etuvchi Sheriklik va Hamkorlik toʻgʻrisida Bitimga Bayonnomani (Bryussel, 2017-yil 17-iyul) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-452-son)
28.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Xorvatiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sheriklik taʼsis etuvchi Sheriklik va Hamkorlik toʻgʻrisida Bitimga Bayonnoma (Bryussel, 2017-yil 17-iyul) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-dekabr,
OʻRQ-452-son
