Oʻzbekiston SSJ davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va ayrim fuqarolari muassis boʻlgan ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olishni tartibga solishni tartibga solish haqida (PF-112-son)
15.12.1990
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Prezidentining
Farmoni
Belgilab qoʻysinki, Oʻzbekiston CCJ davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va ayrim fuqarolari muassis boʻlgan gazetalar, jurnallar va oʻzga ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston SSJ Davlat matbuot komitetida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan ommaviy axborot vositalarini jumhuriyat hududida nashr etishga va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 15-dekabr,
PF-112-son
