“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1013-son)
22.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq:
normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan sanadan eʼtiboran bir kun mobaynida va zarur boʻlgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qogʻozda va elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;
normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur boʻlgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular vazirlikka kelib tushgan kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha elektron shaklda yoʻllash orqali amalga oshiriladi.
2. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlar hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xabar beruvchi funksiyali elektron tizim (keyingi oʻrinlarda elektron tizim deb ataladi) orqali yuboriladi.
4. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar:
normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilib olish va ularni rahbarlar va xodimlar eʼtiboriga yetkazish uchun masʼul shaxsni belgilasinlar;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, oʻz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni ular kelib tushgan kuni oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga elektron shaklda yetkazilishini taʼminlasinlar;
oʻz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron tizim orqali oʻz vaqtida qabul qilib olinishi va oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga yetkazilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilib olishda va ijrochilarga yetkazishda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻrsin;
qonun hujjatlarining tarqatilishi, aholi va ijrochilarga ularning mazmun-mohiyati tushuntirilishining amaliy taʼsirini muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlab, zarurat boʻlganda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy baza shakllantirilganligi hamda ushbu sohada qabul qilingan buyruq (qaror)lar asosida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
zarurat boʻlgan taqdirda, hujjatning mazmunidan kelib chiqib Roʻyxatda nazarda tutilmagan tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-dekabr,
1013-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga 1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning
ROʻYXATI
1. Markaziy muassasalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
13. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
15. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
22. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi
24. Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi
2. Vazirliklar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi
181. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
21. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
22. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi
3. Davlat qoʻmitalari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
4. Agentliklar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi
3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
5. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi
5. Qoʻmitalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
2. Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
6. Markazlar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
7. Inspeksiyalar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari
1. “Oʻzdonmaxsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati
6. “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati
8. “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati
9. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati
10. “Oʻzsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati
11. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
12. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati
13. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
131. “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati
15. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi
16. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
17. “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi
18. “Oʻzbekoziqovkatzaxira” uyushmasi
19. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi
20. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
21. Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi
22. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi.
9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10. Jamgʻarmalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
11. Nodavlat notijorat tashkilotlari
1. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi
5. Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
6. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
7. Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi
9. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
10. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
11. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
12. Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
14. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
15. Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi
16. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
17. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
18. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi
12. Boshqa tashkilotlar
1. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi
2. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
5. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi.
* Davlat sirlarini tashkil etuvchi va “Xizmatda foydalanish uchun” grifi ostidagi hujjatlar bundan mustasno
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013 -son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini taʼminlashi shart.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi shart”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 47-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 83-modda) 6-bandi va qarorga ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoni)” 2014-yil 8-iyuldagi 183-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 68-modda) ilovaning 2-bandi.
