“Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2106-3-son)
22.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2106-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-dekabr,
129-son
Kelishilgan:
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. KUChKAROV
2017-yil 15-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 129-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-son “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106, 2010-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 165-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-sentabrdagi 17-son “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106-1, 2014-yil 22-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 492-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 28-dekabrdagi 45-son “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2106-2, 2016-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 10-modda).
