Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarigi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida” 2017-yil 9-yanvardagi OʻRQ-420 son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori) (1008-son)
21.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi 2017-yil 9-yanvardagi OʻRQ-420 son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-dekabr,
1008-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1008-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda:
a) 11-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi”;
sakkizinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 12-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi”;
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
uchinchi-beshinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
