Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-450-son)
21.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 6-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-dekabr,
OʻRQ-450-son
