Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-449-son)
20.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 19-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Avgust oyining birinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-dekabr,
OʻRQ-449-son
