Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) toʻgʻrisida (318-son)
14.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Belgilangan standartlar va meʼyorlarga muvofiq aloqa xizmati sifatini oshirish, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalar xizmati isteʼmolchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-avgust,
318-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 318-son qaroriga 1-ILOVA
Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)
MIQDORLARI
Mazkur moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun belgilanadi.
Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibiga muvofiq hisoblanadi. Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 318-son qaroriga 2-ILOVA
Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni hisoblash
TARTIBI
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik subyektlariga joriy etiladi.
2. Moliyaviy sanksiyalar Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati oʻrnatish boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi (Davlat aloqa inspeksiyasi) tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, pochta va telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining va xizmat koʻrsatish sifati buzilganligi uchun koʻrsatkichlarning yagona tizimi boʻyicha hisoblanadi, tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo boʻlgan buzilishlar bundan mustasno.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qoʻllanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan hollarda esa — Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati oʻrnatish boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi (Davlat aloqa inspeksiyasi) tomonidan qoʻllanadi.
3. Moliyaviy sanksiyalarni hisoblash uchun davlat va idoraviy statistika maʼlumotlari asos boʻlib hisoblanadi.
Har chorakdagi ish natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalarni hisoblash moliyaviy sanksiyalarning tasdiqlangan koʻrsatkichlari va miqdorlariga muvofiq maxsus hisob-kitob bilan rasmiylashtiriladi.
4. Moliyaviy sanksiyalar sifatidagi undirib olinadigan mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan har chorakda, hisobot davridan keyin 30 kun muddatda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solinadigan jarimalar bundan mustasno.
5. Taqdim etilgan statistika hisobotlarining ishonchliligi va moliyaviy sanksiyalarning oʻz vaqtida toʻlanishi Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan tekshiriladi.
6. Sanksiyalarning toʻliq miqdorda oʻtkazilmaganligi aniqlangan taqdirda tegishli summa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Davlat aloqa inspeksiyasining qarori olingan paytdan boshlab ikki hafta muddatda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
7. Pul joʻnatmalari va pensiya summalari, pochta joʻnatmalarining tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi marta va ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan, shuningdek zarar yetkazmaydigan obuna va chakana savdo summalari va nashrlarining korxona aybi bilan oʻgʻirlanishidan tashqari, normativ hujjatlarni, davlat va tarmoq standartlarini buzganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash bilan cheklanadi. Ushbu holatda xoʻjalik yurituvchiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanmaydi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
8. Meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni hisoblash:
Pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlarini abonentlar (mijozlar)ga pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki ular sifatining pastligi uchun amaldagi qoidalarga muvofiq ularga yetkazilgan zararni qoplash yoki qayta hisob-kitob qilishdan;
mansabdor shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
9. Davlat aloqa inspeksiyasining moliyaviy sanksiyalarni hisoblash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
