Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (1551-5-son)
14.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1551-5]
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 88-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “tuman Fermerlar kengashi” degan soʻzlar “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-dekabr,
41-son
Kelishilgan:
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi A. MAKSUDOV
2017-yil 4-dekabr
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B. YUSUPOV
2017-yil 4-dekabr
“Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati raisi U. AXUNOV
2017-yil 4-dekabr
