Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (2678-1-son)
14.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2678-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-son qarori (roʻyxat raqami 2678, 2015-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 296-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-dekabr,
33/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 2-dekabrdagi 33/3-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimadan “1998-yil 20-martdagi PF-1979-sonli “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 3-bandning “a” kichik bandidagi “ilovaga” degan soʻz “1-ilovaga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlganda, Markaziy bank tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan 09006-1 shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.”.
3. Ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 2-ilova bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2678-1/0415-son)
