Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2725-2-son)
14.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2725-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 22-oktabrdagi 33-son qarori (roʻyxat raqami 2725, 2015-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-noyabr,
8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2017-yil 14-noyabrdagi 8-son qaroriga ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3, 5, 7, 29, 41, 42 va 48-bandlardagi “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4, 6, 10 va 46-bandlardagi “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasiga” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 47-banddagi “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
5. 9-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. 10-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga 9-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalariga 10-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/2725-2/0410-son)
