2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (975-son)
11.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ–3022-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan, qayta tashkil etiladigan va 2018-yilda faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari roʻyxati 2, 2-a va 2-b-ilovalarga muvofiq;
2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq.
3. Respublika komissiyasi (A.A. Abduxakimov):
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirsin, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borsin va nazorat qilsin;
davlat muzeylarining ishlab chiqiladigan yangi konsepsiyalari, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga eʼtibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yoʻnalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin.
Respublika komissiyasiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar;
davlat muzeylari binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
moddiy madaniy meros obyekti hisoblangan davlat muzeylari binolarini mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlar;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
2018-yilda Investitsiya dasturi mablagʻlari hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2019-yildan boshlab qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun mablagʻlar ajratiladi;
muzeylarni maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar muzeylarni mukammal taʼmirlash va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadlari uchun yoʻnaltiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasidagi markazlashtirilgan investitsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini bajarish boʻyicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi etib belgilansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2018-yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markazlaridagi madaniyat markazlari binosida quyidagilarni yorqin va taʼsirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi koʻrgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etsin:
tasviriy, amaliy va xalq hunarmandchiligi sanʼati yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan, ayniqsa, ushbu hududdagi ijodkorlar asarlari asosida milliy istiqlol, erkin, farovon hayot, anʼanaviy sanʼatimiz va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuygʻularini uygʻotadigan koʻrgazmalar;
xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va anʼanalari, bugungi joʻshqin hayot manzaralari, yurtimiz odamlarining siymolari, ularning orzu-intilishlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan badiiy fotokoʻrgazmalar;
hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat oʻzgarishlari, barcha jabhalardagi rivojlanishni ifodalovchi ekspozitsiyalar.
Ushbu bandda koʻrsatilgan koʻrgazma-ekspozitsiyalar Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy konsepsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etiladi hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tashkil etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-dekabr,
975-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish
CHORA-TADBIRLARI REJASI
T/r Chora-tadbirlar mazmuni Bajarish muddati Bajarish uchun masʼullar I. Muzeylar faoliyatiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va huquqiy bazasini mustahkamlash 1. Muzey, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida: muzey binolaridan tashqarida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mahalliy va xorijiy koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish qoidalarini; muzey binolarini qurish, taʼmirlash, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining saqlash va xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazardan jihozlash meʼyorlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish. 2018-yil I chorak 2019-yil III chorak Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar 2. Davlat muzeylariga va davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish va ularda xizmat koʻrsatish tartibi hamda chipta xoʻjaligi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. 2018-yil II chorak Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar 3. Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va tarixini mahalliy va xalqaro miqyosda keng targʻib etish, saqlash, ilmiy tadqiq etish, turizmni yanada rivojlantirish va mablagʻlarni samarali boshqarish maqsadida: Buxoro, Samarqand va Xiva tarixiy shaharlaridagi davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish; Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Fargʻona viloyatlarida muzey-qoʻriqxonalar tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish. 2018-yil III chorak Madaniyat vazirligi, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Fargʻona viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar II. Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini baholash hamda ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada ilmiy izlanishlarini chuqurlashtirish 4. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida respublikadagi muzey rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish. 2018-yildan boshlab Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 6. Muzeylar xodimlarining faoliyati samaradorligiga bogʻliq ravishda ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish maqsadida: muzey xodimlarining toifalarini belgilash tartibini ishlab chiqish; davlat muzeylari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish. 2019-yil II chorak reja asosida Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 7. Muzey yoʻnalishidagi zamonaviy fan yutuqlaridan, xorijiy tajribadan jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida: jahonning mashhur muzeylari bilan hamkorlikda respublikada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va mahorat darslarini oʻtkazish; xorijda tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalarda sohaning yetuk mutaxassislari, muzeyning ilmiy xodimlari ishtirokini taʼminlash; muzeylar va muzeyshunoslik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tashkilotlarning xalqaro aloqalarini kuchaytirish. 2017-2027 yillar Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Fan va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi 8. Respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan muzeylar va ularning malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganligi holatini chuqur oʻrganish, shuningdek, ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan taklif kiritish. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 9. Oliy taʼlim muassasalarining muzeyshunoslik yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalari, muzey xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslarining tinglovchilari uchun Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida muzey ashyolari atributsiyasi va ekspertizasini oʻtkazish uchun laboratoriya tashkil etish va uning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash. 2018 ― 2020-yillar Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar 10. Muzeylardagi ekspozitsiyalar orqali qoʻshimcha bilim berilishi va maʼlumot olinishi mumkin boʻlgan tarix, madaniyat va jamiyatshunoslik kabi yoʻnalishlar boʻyicha bevosita pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, markazlarining tinglovchilariga, shuningdek, taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, talaba va oʻqituvchilariga qisqa muddatli oʻquv kurslari va amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish. muntazam Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 11. 18-may xalqaro muzeylar kuni arafasida “Muzey — xalq tarixining koʻzgusi” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish hamda gʻoliblarni munosib taqdirlash. har yili may oyida Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 12. Reja asosida muzeylardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilan aholining barcha qatlamlarini qamrab olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. Jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan har oyda bir marta xodimlarning muzeylarga reja asosida uyushgan holda chipta xarid qilib hamda abonement asosida tashkiliy asosda tashrif buyurishini tashkil etish. har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar III. Milliy muzey fondining davlat katalogini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish hamda interaktiv xizmat koʻrsatishni kengaytirish 13. Quyidagilarni tashkil etish orqali Milliy muzey fondining elektron davlat katalogini yaratish, ishonchli muhofaza qilish va muntazam yangilab borish: Madaniyat vazirligi markaziy apparatida “Milliy muzey fondi davlat katalogini yuritish boshqarmasi” faoliyatini tashkil etish boʻyicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Milliy muzey fondining elektron davlat katalogini yuritish tartibini belgilash hamda amaldagi dasturiy taʼminotning yangi versiyasini ishlab chiqish; elektron davlat katalogini yaratish uchun muzeylarning moddiy-texnik bazasini, xususan, muzeylarni himoyalangan tarmoqqa ulash, yuqori aniqlikdagi zamonaviy kompyuter texnikasi, fotoapparat va boshqa jihozlar bilan taʼminlash; muzeylarda mikrofilm, mikrofisha shaklida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning elektron bazasini yaratish. 2017 ― 2027-yillar davomida reja asosida Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 14. “Oʻzbekiston muzeylari” ensiklopediyasini nashr etish, shu jumladan, uni elektron shaklda yaratish. 2019-yil Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 15. Muzeylar sohasidagi elektron davlat xizmatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ularni takomillashtirish va yangi xizmatlarni joriy etish, shu jumladan, muzeylarga tashrif buyurish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun elektron chipta sotish, xususan, chet el valyutasiga chet elda turib Internet-doʻkon yoki mobil telefon orqali elektron chipta sotib olinishini taʼminlashni joriy etish. 2017 ― 2020-yillar Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 16. “Virtual muzey” loyihasini amalga oshirish orqali: 2 mingta eng nodir muzey ashyosining 6 ta tildagi 3D va audio formatini yaratish; davlat muzeylarining veb-saytlarini yangilash, mobil elektron dasturini yaratish va yagona portalga birlashtirish; sayyohlik yoʻnalishidagi muzey saytlari 6 ta jahon tilida yuritilishini taʼminlash; Muzey ashyolari va xalq hunarmandchiligining eng yaxshi namunaviy koʻrinishlarini mobil telefonlar uchun dasturiy mahsulotlar yaratish orqali keng ommalashtirish. “Virtual muzey” maʼlumotlar bazasini Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, viloyat axborot-kutubxona markazlari, yirik sayyohlik kompaniyalarining Internet saytlariga joylashtirish. 2017 ― 2021-yillar Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar IV. Muzeylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy interyerlarni joriy etish, qoʻshimcha xizmat turlarini tashkil etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish 17. Muzey ashyolarining saqlanishi, ularda harorat, namlik va yorugʻlikning taʼsirini muntazam nazorat qilib boradigan jihozlar bilan taʼminlash. Muzeylarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida videokuzatuv moslamalari, signalizatsiya tizimlarini yangilash va oʻrnatish, muzeylarni bosqichma-bosqich hududiy jihatdan markaziy qoʻriqlash tizimiga ulash. 2017 ― 2027-yillarda reja asosida Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 18. Muzeylar fondini boyitish maqsadida muzey xodimlari tomonidan joylarda ekspeditsiyalar tashkil etish, shu orqali noyob asori-atiqalar, tarixiy qimmatga ega eksponatlarni izlab topish va muzeyga belgilangan tartibda qabul qilish. muntazam Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar 19. Malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ekspert guruhlarini tuzgan holda bugungi zamon talabi va xorijiy ilgʻor tajribani inobatga olib, har bir davlat muzeyining yangi konsepsiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2018 ― 2027-yillarda reja asosida Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 20. Yangi quriladigan, rekonstruksiya yoki mukammal taʼmirlanadigan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasini hamda konsepsiyalarini ishlab chiqishda muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga eʼtibor qaratish, muzeyning yoʻnalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlash. 2018 ― 2027-yillarda reja asosida Respublika komissiyasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 21. Respublikaning har bir tuman va shahar markazlaridagi madaniyat markazlari binolarida hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat oʻzgarishlari kabi barcha jabhalardagi rivojlanishni yorqin va taʼsirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi koʻrgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etish. Ushbu koʻrgazma-ekspozitsiyalarni Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy konsepsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etish hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlarini qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplash. 2018-2019-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi 22. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirish, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish. muntazam, har chorakda hisoboti bilan Respublika komissiyasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2-ILOVA
2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan davlat muzeylari
ROʻYXATI
T/rMuzey nomiManziliQoraqalpogʻiston Respublikasi1.Moʻynoq tuman oʻlkashunoslik muzeyi (Qoraqalpogʻiston davlat etnografiya muzeyining filiali sifatida)Moʻynoq tumani11.Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiNukus shahriBuxoro viloyati2.Buxoro tarixi muzeyi (“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida)Buxoro shahri3.Mutal Burxonov uy-muzeyi (“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida)Buxoro shahri31.Jadidlar merosi davlat muzeyiBuxoro shahriSamarqand viloyati4.Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi (“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining filiali sifatida)Qoʻshrabot tumani41.Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi (“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida)Samarqand shahri42.“Ipak yoʻli” davlat muzeyiSamarqand shahriToshkent viloyati5.Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiNurafshon shahriFargʻona viloyati6.Erkin Vohidov uy-muzeyi (Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)Oltiariq tumani61.Erkin Vohidov memorial muzeyi (Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)Margʻilon shahri62.Haziniy uy-muzeyi (Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)Uchkoʻprik tumaniXorazm viloyati7.Xorazm tarixi va madaniyati muzeyi (Xorazm sanʼati muzeyining filiali sifatida)Urganch shahriNamangan viloyati8.“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi (Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)*Kosonsoy tumaniToshkent shahri9.Abdulla Qodiriy uy-muzeyiShayxontohur tumani10.Abdulla Qodiriy memorial muzeyiOlmazor tumani11.Oʻzbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiMirzo Ulugʻbek tumani
* Qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2a-ILOVA
2017 — 2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari
ROʻYXATI
T/r Muzeyning nomi Manzili Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Qoraqalpogʻiston davlat oʻlkashunoslik muzeyi Nukus shahri Qoraqalpogʻiston davlat etnografiya muzeyi Andijon viloyati 2. Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Andijon shahri Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 3. Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi Andijon shahri Buxoro viloyati 4. Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining Sadriddin Ayniy hujra-muzeyi Buxoro shahri “Buxoro” davlat muzey qoʻriqxonasining Buxoro adabiyot tarixi muzeyi 5. Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining Abdurauf Fitrat hujra-muzeyi 6. Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeyi Buxoro shahri “Buxoro” davlat muzey qoʻriqxonasining Boy savdogar xonadoni uy muzeyi Jizzax viloyati 7. Jizzax viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Sharof Rashidov tumani Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Qashqadaryo viloyati 8. Qashqadaryo viloyat oʻlkani oʻrganish muzeyi Qarshi shahri Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Navoiy viloyati 9. Navoiy viloyat tarix-oʻlkashunoslik muzeyi Navoiy shahri Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Namangan viloyati 10. Namangan viloyat oʻlkani oʻrganish muzeyi Namangan shahri Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Sirdaryo viloyati 11. Sirdaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Guliston shahri Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Surxondaryo viloyati 12. Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Termiz shahri “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi Toshkent viloyati 13. Angren shahar oʻlkashunoslik muzeyi Angren shahar Angren shahar tarixi muzeyi 14. Chirchiq oʻlkashunoslik muzeyi Chirchiq shahar Chirchiq shahar tarixi muzeyi Toshkent shahri 15. Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi Toshkent shahri Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi Fargʻona viloyati 16. Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Fargʻona shahri Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 17. Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi Qoʻqon shahri “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi 18. Gʻafur Gʻulom nomidagi Fargʻona viloyat adabiyot muzeyi Qoʻqon shahri Qoʻqon adabiyot muzeyi (“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining filiali) 19. Gʻafur Gʻulom nomidagi Fargʻona viloyat adabiyot muzeyining “Hamza” filiali Qoʻqon shahri Buyuk allomalar muzeyi (“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining filiali) Xorazm viloyati 20. Urganch suratlar galereyasi Urganch shahri Xorazm sanʼati muzeyi 21. Xiva “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining “Urganch oʻlkashunoslik” muzeyi Urganch shahri Urganch shahar tarixi muzeyi (Xorazm sanʼati muzeyining filiali)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2b-ILOVA
2018-yildan faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari
ROʻYXATI
T/r Tugatilayotgan muzeylar nomi Manzili Tugatilayotgan muzeylarning muzey ashyolari, kolleksiyalari, moddiy-texnika bazasi beriladigan muzeylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Qoraqalpogʻiston davlat shuhrat muzeyi Nukus shahri Qoraqalpogʻiston davlat etnografiya muzeyi 2. Qoraqalpogʻiston davlat oʻlkashunoslik muzeyining Toʻrtkoʻl filiali Toʻrtkoʻl tumani Andijon viloyati 3. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Asaka tuman filiali Asaka tumani Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 4. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Buloqboshi tuman filiali Buloqboshi tumani 5. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Shahrixon tuman filiali Shahrixon tumani 6. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Ulugʻnor tuman filiali Ulugʻnor tumani 7. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Jalaquduq tuman filiali Jalaquduq tumani 8. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Qoʻrgʻontepa tuman filiali Qoʻrgʻontepa tumani 9. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Izboskan tuman filiali Izboskan tumani Buxoro viloyati 10. Qorakoʻl tuman oʻlkashunoslik muzeyi Qorakoʻl tumani Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi 11. Jondor tuman oʻlkashunoslik muzeyi Jondor tumani Jizzax viloyati 12. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Xaydarbek Abdujabborov nomidagi “Shon-shuhrat” muzeyi Sh.Rashidov tumani Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 13. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Hamraqul Nosirov yodgorlik muzeyi Sh.Rashidov tumani 14. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Baxmal tuman “Xalq ijodiyoti va tarixi” muzeyi Baxmal tumani Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 15. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Gʻallaorol tuman “Shon-Shuhrat” muzeyi Gʻallaorol tumani Navoiy viloyati 16. Konimex tuman tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi Konimex tumani Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 17. Tomdi tuman tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi Tomdi tumani 18. Xatirchi tuman tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi Xatirchi tumani Namangan viloyati 19. Viloyat Xotira va qadrlash muzeyi Namangan shahri Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 20. Pop tumani arxeologiya muzeyi Pop tumani 21. Viloyat Xotira va qadrlash muzeyining Toʻraqoʻrgʻon tuman filiali Toʻraqoʻrgʻon tumani 22. Viloyat Xotira va qadrlash muzeyining Yangiqoʻrgʻon tuman filiali Yangiqoʻrgʻon tumani 23. Viloyat Xotira va qadrlash muzeyining Uychi tuman filiali Uychi tumani 24. Viloyat Xotira va qadrlash muzeyining Mingbuloq tuman filiali Mingbuloq tumani 25. Viloyat Xotira va qadrlash muzeyining Chortoq tuman Alixon filiali Chortoq tumani Sirdaryo viloyati 26. Viloyat suratlar galereyasi Guliston shahri Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Toshkent viloyati 27. Olmaliq shahar oʻlkashunoslik muzeyi Olmaliq shahri Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi* 28. Oqqoʻrgʻon tumani “Tarix-oʻlkashunoslik” muzey memoriali Oqqurgʻon tumani Fargʻona viloyati 29. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining X.X.Niyoziy memorial muzeyi Fargʻona tumani Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 30. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Oʻzbekiston tuman tarix muzeyi (filial) Fargʻona tumani 31. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Oltiariq tuman tarix muzeyi (filial) Fargʻona tumani 32. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyining Usmon Yusupov memorial muzeyi (filial) Fargʻona tumani 33. Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyining Qodirjon Haydarov uy-muzeyi (filial) Qoʻqon shahri Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi
* Qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 3-ILOVA
2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning
MANZILLI DASTURI
(mln. soʻmda) T/r Muzeylar nomi Amalga oshirish muddati Obyektning dastlabki loyiha qiymati* shu jumladan yillar kesimida: Moliyalashtirish manbai 2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil 2027-yil Respublika boʻyicha jami 572354 22348 55086 83960 73170 96346 68125 49345 61224 33200 29550 shundan: yangi qurilish 360240 0 2450 29360 58270 88360 58000 32800 45000 26000 20000 rekonstruksiya 113264 14248 34936 34900 7000 36 1275 10545 9524 800 0 mukammal taʼmirlash 98850 8100 17700 19700 7900 7950 8850 6000 6700 6400 9550 Yangi qurilish 1. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Buxoro tarixi muzeyi 2020 ― 2023-yillar 70000 2000 22000 22000 24000 Investitsiya dasturi doirasida 2. Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2019-2020-yillar 12360 360 6000 6000 Investitsiya dasturi doirasida 3. Nurota tuman tabiiy-meʼmoriy majmua muzeyi (Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali) 2026-yil 6000 6000 Investitsiya dasturi doirasida 4. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Oʻzbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi 2019 ― 2022-yillar 70000 2000 22000 22000 24000 Investitsiya dasturi doirasida 5. Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2022 ― 2024-yillar 12360 360 6000 6000 Investitsiya dasturi doirasida 6. Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2019 ― 2022-yillar 15450 450 5000 5000 5000 Investitsiya dasturi doirasida 7. Angren shahar tarixi muzeyi 2021 ― 2023-yillar 9270 270 6000 3000 Investitsiya dasturi doirasida 8. Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi 2024 ― 2027-yillar 61800 1800 20000 20000 20000 Investitsiya dasturi doirasida 9. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi 2021 ― 2025-yillar 103000 3000 25000 25000 25000 25000 Investitsiya dasturi doirasida Jami 360240 0 2450 29360 58270 88360 58000 32800 45000 26000 20000 Rekonstruksiya 1. Ellikqalʼa tumani arxeologiya va tarix muzeyi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali) 2025-2026-yillar 824 24 800 Investitsiya dasturi doirasida 2. Choʻlpon yodgorligi boʻlimi binosi (Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining boʻlimi) 2022-2023-yillar 1236 36 1200 Investitsiya dasturi doirasida 3. Jizzax viloyat tarix va madaniyati davlat muzeyi 2019-2020-yillar 1236 36 1200 Investitsiya dasturi doirasida 4. Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2024-2025-yillar 16000 8000 8000 Investitsiya dasturi doirasida 5. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi 2023-2024-yillar 2575 75 2500 Investitsiya dasturi doirasida 6. “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi 2018-yil 12000 12000 Investitsiya dasturi doirasida 7. Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi 2018― 2020-yillar 2472 72 1200 1200 Investitsiya dasturi doirasida 8. “Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyi (Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyining filiali) 2018-2019-yillar 1226 26 1200 Investitsiya dasturi doirasida 9. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi 2018 ― 2020-yillar 58700 1700 25000 25000 7000 Investitsiya dasturi doirasida 10. Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi 2018 ― 2020-yillar 15450 450 7500 7500 Investitsiya dasturi doirasida hamda homiylik mablagʻi 11. Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi 2024-2025-yillar 1545 45 1500 Investitsiya dasturi doirasida Jami 113264 14248 34936 34900 7000 36 1275 10545 9524 800 0 Mukammal taʼmirlash 1. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyining 1-blok va fond binosi 2020-yil 1200 1200 Respublika budjeti 2. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2020-2021-yillar 1600 800 800 Respublika budjeti 3. Paxtaobod tuman tarixi muzeyi (Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali) 2025-yil 700 700 Respublika budjeti 4. Adabiyot va sanʼat boʻlimi binosi (Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi boʻlimi) 2021-2022-yillar 2400 1200 1200 Respublika budjeti 5. Tasviriy sanʼat boʻlimi binosi (Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi boʻlimi) 2023-yil 1200 1200 Respublika budjeti 6. Bobur yodgorligi boʻlimi binosi (Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi boʻlimi) 2023-yil 1200 1200 Respublika budjeti 7. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining “Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyi 2018 ― 2020-yillar 17000 3000 7000 7000 Respublika budjeti 8. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Moxi-Xossa amaliy bezak sanʼati muzeyi 2019-2020-yillar 8000 4000 4000 Respublika budjeti 9. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Buxoro tasviriy sanʼat muzeyi 2018-2019-yillar 800 400 400 Respublika budjeti 10. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi 2021-2022-yillar 600 300 300 Respublika budjeti 11. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Imom al-Buxoriy xotira muzeyi 2027-yil 400 400 Respublika budjeti 12. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Buxoro suv taʼminoti muzeyi 2022-yil 500 500 Respublika budjeti 13. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Gilamboflik muzeyi 2019-yil 200 200 Respublika budjeti 14. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi 2023-yil 500 500 Respublika budjeti 15. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Nakshbandiya tariqati muzeyi 2024-yil 400 400 Respublika budjeti 16. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Kadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyi 2022-yil 300 300 Respublika budjeti 17. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Temirchilik hunari tarixi muzeyi 2026-yil 300 300 Respublika budjeti 18. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi 2023-yil 400 400 Respublika budjeti 19. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi 2024-yil 200 200 Respublika budjeti 20. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Romitan tuman tarixi muzeyi 2027-yil 250 250 Respublika budjeti 21. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Yogʻoch oʻymakorligi koʻrgazmasi 2018-yil 300 300 Respublika budjeti 22. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Xattotlik tarixi muzeyi 2026-yil 300 300 Respublika budjeti 23. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Buxoro kulolchilik va varaxsha tarixi koʻrgazmasi 2027-yil 300 300 Respublika budjeti 24. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining Mutal Burxonov uy-muzeyi 2021-yil 200 200 Respublika budjeti 25. Zomin tumani tarixi muzeyi (Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali) 2022-yil 800 800 Respublika budjeti 26. “Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi 2026-yil 1200 1200 Respublika budjeti 27. Qiziltepa tuman tarixi muzeyi (Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali) 2023-yil 700 700 Respublika budjeti 28. Karmana tuman Qosim Shayx majmua muzeyi (Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali) 2025-yil 1200 1200 Respublika budjeti 29. Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2026-2027-yillar 4500 2000 2500 Respublika budjeti 30. Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining Kosonsoy tuman tarixi muzeyi filiali 2025-yil 800 800 Respublika budjeti 31. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Mirzo Ulugʻbek muzeyi-majmuasi 2021-yil 300 300 Respublika budjeti 32. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi 2020-yil 300 300 Respublika budjeti 33. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi 2018-yil 300 300 Respublika budjeti 34. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining viloyat oʻlkashunoslik muzeyi 2019-yil 1200 1200 Respublika budjeti 35. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Paxtachi tuman tarixi muzeyi 2019-yil 700 700 Respublika budjeti 36. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Kattaqoʻrgʻon shahar tarixi muzeyi 2025-yil 700 700 Respublika budjeti 37. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Ishtixon tuman tarixi muzeyi 2024-yil 700 700 Respublika budjeti 38. Termiz arxeologiya muzeyi 2026-2027-yillar 4500 2000 2500 Respublika budjeti 39. Chirchiq shahar tarixi muzeyi 2018-2019-yillar 1200 600 600 Respublika budjeti 40. Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi 2027-yil 800 800 Respublika budjeti 41. Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2019-2020-yillar 4300 2000 2300 Respublika budjeti 42. Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining Margʻilon shahar tarix muzeyi filiali 2024-yil 1200 1200 Respublika budjeti 43. Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining Uvaysiy uy muzeyi filiali 2027-yil 800 800 Respublika budjeti 44. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi 2022-2023-yillar 2500 1250 1250 Respublika budjeti 45. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali 2023-2024-yillar 3000 1500 1500 Respublika budjeti 46. Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining Buyuk allomalar muzeyi filiali 2018-yil 3500 3500 Respublika budjeti va homiylik mablagʻi 47. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Amaliy sanʼat muzeyi filiali 2025-yil 1500 1500 Respublika budjeti 48. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Muqimiy xujra muzeyi filiali 2027-yil 800 800 Respublika budjeti 49. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Xamza uy-muzeyi filiali 2025-yil 600 600 Respublika budjeti 50. Urgench shahar tarixi muzeyi (Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyining filiali) 2021-2022-yillar 2300 1200 1100 Respublika budjeti 51. “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Hunarmandchilik tarixi boʻlimi 2020-2021-yillar 2700 1200 1500 Respublika budjeti 52. “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Tasviriy sanʼat boʻlimi 2021-yil 1000 1000 Respublika budjeti 53. “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Qadimgi Xorazm tarixi boʻlimi 2022-yil 1500 1500 Respublika budjeti 54. “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Madrasa tarixi boʻlimi 2023-yil 1500 1500 Respublika budjeti 55. Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi 2026-yil 600 600 Respublika budjeti 56. Oybek uy-muzeyi 2022-yil 600 600 Respublika budjeti 57. Sergey Borodin uy-muzeyi 2023-yil 600 600 Respublika budjeti 58. Yunus Rajabiy uy-muzeyi 2024-yil 600 600 Respublika budjeti 59. Abdulla Qahhor uy-muzeyi 2024-yil 600 600 Respublika budjeti 60. Sergey Yesenin muzeyi 2025-yil 600 600 Respublika budjeti 61. Tamaraxonim uy-muzeyi 2025-yil 600 600 Respublika budjeti 62. Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi 2024-yil 800 800 Respublika budjeti 63. Olimpiya shon-shuhrat muzeyi 2019-2020-yillar 1200 600 600 Respublika budjeti 64. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 2019 ― 2021-yillar 3200 1000 1100 1100 Respublika budjeti 65. Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi 2027-yil 1200 1200 Respublika budjeti 66. Davlat Geologiya muzeyi 2020-yil 1200 1200 Respublika budjeti 67. Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi 2021-yil 300 300 Respublika budjeti 68. Sogʻliqni saqlash muzeyi 2022-yil 400 400 Respublika budjeti Jami 98850 8100 17700 19700 7900 7950 8850 6000 6700 6400 9550
* Obyektlar qiymatiga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.
Investitsiya dasturi doirasida — 460 504,0 mln.sum Respublika budjeti — 98 850,0 mln.soʻm Boshqa manbalar — 13 000,0 mln.soʻm
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari
ROʻYXATI
T/rMuzey nomiJoylashgan hududOʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muzeylar1.Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyiToshkent shahri2.Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiToshkent shahri3.Temuriylar tarixi davlat muzeyiToshkent shahri4.Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiToshkent shahri5.Olimpiya shon-shuhrat muzeyiToshkent shahri6.Davlat geologiya muzeyiToshkent shahri7.Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyiToshkent shahri8.Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiToshkent shahri9.Sogʻliqni saqlash muzeyToshkent shahri10.Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyiToshkent shahri11.Xalqaro madaniyat karvon saroyiToshkent shahri12.Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiToshkent shahri13.Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiToshkent shahriQoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:Nukus shahriMuynoq Ekologiya muzeyiMuynoq tumaniEllikqalʼa tumani arxeologiya va tarix muzeyiEllikqalʼa tumani2.I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyiNukus shahri21.Berdaq nomidagi Qorakalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiNukus shahri3.Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:Andijon shahriAdabiyot va sanʼat boʻlimiAndijon shahriBobur yodgorligi boʻlimiAndijon shahriPaxtaobod tuman tarixi muzeyiPaxtaobod tumaniTasviriy sanʼat boʻlimiAndijon shahriChoʻlpon yodgorligi boʻlimiAndijon shahri4.“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:Buxoro shahriAbu Ali ibn Sino memorial muzeyiPeshkoʻ tuman“Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyiBuxoro shahriBoy savdogar xonadoni uy-muzeyiBuxoro shahriBuxoro adabiyoti tarixi muzeyiBuxoro shahriBuxoro kulolchilik va varaxsha tarixi koʻrgazmasiBuxoro shahriBuxoro suv taʼminoti muzeyiBuxoro shahriBuxoro tarixi muzeyi*Buxoro shahriBuxoro tasviriy sanʼat muzeyiBuxoro shahriBuxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyiBuxoro shahriGilamboflik muzeyiBuxoro shahriYogʻoch oʻymakorligi koʻrgazmasiBuxoro shahriImom al-Buxoriy xotira muzeyiBuxoro shahriKadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyiQoraqoʻl tumaniMoxi-Xossa amaliy bezak sanʼati muzeyiBuxoro shahriMutal Burxonov uy muzeyi*Buxoro shahriNaqshbandiya tariqati muzeyiKogon tumaniRomitan tuman tarixi muzeyiRomitan tumanTemirchilik hunari tarixi muzeyiBuxoro shahriXattotlik tarixi muzeyiBuxoro shahri41.Jadidlar merosi davlat muzeyiBuxoro shahri5.Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:Sh.Rashidov tumaniZomin tumani tarixi muzeyiZomin tumaniXamid Olimjon va Zulfiya muzeyiJizzax shahriSharof Rashidov yodgorlik muzeyiJizzax shahri6.Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiQarshi shahri7.“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali:Shahrisabz tumaniQashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi”Shahrisabz shahri8.Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:Karmana tumaniKarmana tuman Qosim Shayx majmua muzeyiKarmana tumaniQiziltepa tuman tarixi muzeyiQiziltepa tumaniNurota tuman tabiiy-meʼmoriy majmua muzeyiNurota tumani“Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasiNavbahor tumani9.Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:Namangan shahriKosonsoy tumani tarixi muzeyiKosonsoy tumani“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasiKosonsoy tumani10.“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:Samarqand shahriIshtixon tuman tarixi muzeyiIshtixon shahriKattaqoʻrgʻon shahar tarixi muzeyiKattaqoʻrgʻon shahriMirzo Ulugʻbek muzeyi-majmuasiSamarqand shahriPaxtachi tuman tarixi muzeyiPaxtachi tumaniSadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyiSamarqand shahriSamarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyiSamarqand shahriSamarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyiSamarqand shahriOʻzbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyiSamarqand shahriErgash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyiQoʻshrabot tumaniMahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyiSamarqand shahri101.“Ipak yoʻli” davlat muzeyiSamarqand shahri11.“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali:Termiz shahriYunon-Baqtriya tarixi muzeyi*Boysun tumani12.Termiz arxeologiya muzeyiTermiz shahri13.Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiGuliston shahri131.Toʻra Sulaymon uy-muzeyiMirzaobod tumani14.Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi*Nurafshon shahri15.Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyiAngren shahri16.Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyiChirchiq shahri17.Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyiYangiyoʻl shahri171.Abdulla Oripov uy-muzeyi*Qibray tumani18.Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:Fargʻona shahriMargʻilon shahar tarix muzeyiMargʻilon shahriUvaysiy uy-muzeyiMargʻilon shahriErkin Vohidov uy-muzeyiOltiariq tumaniHaziniy uy-muzeyiUchkoʻprik tumaniErkin Vohidov memorial muzeyiMargʻilon shahriShohimardon tabiat muzeyiFargʻona tumani19.“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi filiallari:Qoʻqon shahriAmaliy sanʼat muzeyiQoʻqon shahriBuyuk allomalar muzeyiQoʻqon shahriGʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyot muzeyiQoʻqon shahriMuqimiy xujra muzeyiQoʻqon shahriXamza uy-muzeyiQoʻqon shahri20.“Ichan-qalʼa” d?vlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:Xiva shahriAmaliy sanʼat boʻlimiXiva shahriIlmiy-maʼrifiy boʻlimXiva shahriQadimgi Xorazm madaniyati boʻlimiXiva shahriQadimgi Xorazm tarixi boʻlimiXiva shahriTabiat boʻlimiXiva shahriMadrasa tarixi boʻlimiXiva shahriTasviriy sanʼat tarixi boʻlimiXiva shahriXalq taʼlimi tarixi boʻlimiXiva shahriXiva xonligi tarixi boʻlimiXiva shahriXorazm musiqa tarixi boʻlimiXiva shahri“Oʻzbekiston — ozod va obod Vatan!” mustaqillik ekspozitsiyasiXiva shahriHunarmandchilik tarixi boʻlimiXiva shahri21.Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi va uning quyidagi filiallari:Urganch shahri“Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyi*Urganch shahriKomiljon Otaniyozov uy-muzeyiUrganch shahriUrganch shahar tarixi muzeyiUrganch shahri“Lazgi va Avesto” muzeyi*Urganch shahri22.Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyiToshkent shahri23.Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasiToshkent shahri24.Abdulla Qahhor uy-muzeyiToshkent shahri25.Gʻafur Gʻulom uy-muzeyiToshkent shahri26.Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyiToshkent shahri27.Muxtor Ashrafiy uy-muzeyiToshkent shahri28.Oybek uy-muzeyiToshkent shahri29.Sergey Borodin uy-muzeyiToshkent shahri30.Sergey Yesenin muzeyiToshkent shahri31.Tamaraxonim uy-muzeyiToshkent shahri32.Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyiToshkent shahri33.Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyiToshkent shahri34.Yunus Rajabiy uy-muzeyiToshkent shahri35.Abdulla Qodiriy uy-muzeyi Toshkent shahri36.Abdulla Qodiriy memorial muzeyiToshkent shahri37.Botir Zokirov memorial muzeyiToshkent shahri
* Tashkil qilingandan soʻng budjetdan mablagʻ ajratiladi.
