Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-3430-son)
12.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
4. Quyidagilar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji summasining 80 foizi miqdoridagi mablagʻlar hamda Markazlar va ularning filiallari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 18 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
mansabdor shaxslar davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzganligi uchun qoʻllaniladigan maʼmuriy jarima summalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
bir oy muddatda davlat xizmatlari koʻrsatish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-dekabr,
PQ-3430-son
