Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-5278-son)
12.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mamlakatda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
2003-yildan buyon tadbirkorlik subyektlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda Inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirib kelingan.
2016-yil 1-yanvardan boshlab Inspeksiyalar negizida Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (keyingi oʻrinlarda Yagona markazlar deb yuritiladi) tashkil etildi.
2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha keyingi qadam boʻlib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada Yagona markazlar tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi.
2017-yil 1-apreldan boshlab roʻyxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi “Doing Business 2018” global reytingidagi “Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish” koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekistonning mavqeyini 24-oʻrindan 11-oʻringa yaxshilashga xizmat qildi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini toʻliq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishiga ayrim tizimli muammolar toʻsqinlik qilmoqda. Xususan:
birinchidan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin. Bunda fuqarolar hanuzgacha turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha murakkab tartib-taomillardan oʻzlari oʻtishga majbur boʻlmoqda;
ikkinchidan, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va oʻz vaqtida foydalanishni taʼminlamayapti;
uchinchidan, koʻpchilik davlat xizmatlarini koʻrsatishning tartib-taomillari murakkab va foydalanish uchun qiyin boʻlib qolmoqda, narxni shakllantirish mexanizmlari shaffof emas, alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarda “monopol” xizmatlar koʻrsatishga talablar belgilanmoqda;
toʻrtinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajada ekanligi, qogʻoz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolar koʻp vaqt kutib qolishi va navbatlar yuzaga kelishiga hamda oqibatda, ayrim hollarda korrupsiya va byurokratiya holatlariga olib kelmoqda;
beshinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning taʼsirchan tizimi mavjud emas.
Yuqorida qayd etilgan omillar aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini taʼminlash, ularni koʻrsatish bilan bogʻliq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini bermaydi.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini tubdan isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
birinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulugʻvor gʻoyani soʻzsiz amalga oshirish;
ikkinchidan, Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzgartirish;
uchinchidan, davlat xizmatlarining har bir turi boʻyicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga koʻra davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmini, eng avvalo, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash;
toʻrtinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari koʻrsatish amaliyotini kengaytirish;
beshinchidan, davlat xizmatlarini, shu jumladan olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) koʻrsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan, mazkur sohada byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelishini bartaraf etishga qaratilgan navbatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va ishlarning uzaytirilgan grafigidan foydalanish;
oltinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va tezkorligini monitoring qilish va baholashning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini, shu jumladan tezkor aloqalarni, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarda on-layn soʻrovlarni tashkil qilish;
yettinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida malakali kadrlarni tizimli tayyorlash va qayta tayyorlashni, ularning malakasini, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan muassasalarida stajirovka oʻtash orqali tizimli ravishda oshirishni tashkil etish.
4. 2018-yil 1-yanvardan Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantirilsin, kuyidagilar ularning asosiy vazifalari sifatida belgilansin:
jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari koʻrsatish;
davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini taʼminlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni taʼminlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish;
vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlash.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xalqaro amaliyotni oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari binolarining ularda Davlat xizmatlari markazlarini joylashtirishni ham nazarda tutgan holda namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari zamonaviy binolarini tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, eng avvalo, davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish choralarini koʻrsin;
yangi binolar foydalanishga topshirilgunga kadar Davlat xizmatlari markazlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari binolarida, zarur hollarda esa — jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini sifatli koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni yaratgan holda boshqa binolarda joylashtirishni taʼminlasin.
9. Quyidagilar:
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq;
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar va Roʻyxatning amalga oshirilib borilishini har oyda koʻrib chiqsin.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2412-son va 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qarorlariga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
10. Roʻyxatda koʻrsatilgan masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar belgilangan muddatlarda:
Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va boshqa aktlarning namunaviy shakllari, blankalarini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarining tegishli turlarini koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni fuqarolardan talab etish bekor qilinishini nazarda tutgan holda maʼmuriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralga kadar muddatda Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirishni taʼminlasin.
Belgilansinki, 2018-yil 1-fevraldan boshlab davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ularning Davlat xizmatlari yagona reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlaydi, 2018-yil 1-iyundan boshlab esa mazkur reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Adliya vazirligiga xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish uchun texnik koʻmaklashish mablagʻlari va grantlarni jalb qilish masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, mazkur Farmonda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashsin.
13. Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator, “Oʻzinjiniring” Respublika loyiha instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar muddatda Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari uchun zarur axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilish va apparat-dasturiy komplekslarni oʻrnatishning konsepsiyasi, texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va texnik topshirigʻi tayyorlanishini hamda tasdiqlash uchun oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
tasdiqlangan konsepsiya, texnik-iqtisodiy hisob-kitob va texnik topshiriq asosida Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari uchun axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini, shuningdek, apparat-dasturiy komplekslar oʻrnatilishini taʼminlasin;
Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ularning axborot va telekommunikatsiya tizimlari, maʼlumotlar bazalari, serverlari va boshqa uskunalarini inventarizatsiyadan oʻtkazib, keyinchalik ularni Agentlikning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin va idoralararo elektron hamkorlikni joriy etsin;
Agentlik bilan birgalikda uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlarini zarur video, audio va boshqa uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasin hamda real vaqt rejimida davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini masofadan kuzatishni tashkil qilsin.
14. Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarga nisbatan taʼsirchan choralarni koʻrgan holda tizimli nazorat oʻrnatsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-dekabr,
PF-5278-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga 2-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
T/r Chora-tadbirlarning nomlanishi Amalga oshirish shakli Amalga oshirish muddatlari Masʼul ijrochilar I. Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimining huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish 1. Quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash orqali davla� xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash: arz qiluvchidan elektron hujjat, soʻrov, murojaat qabul qilishni rad etganlik; davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik; arz qiluvchidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olganlik; davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2018-yil 1-aprelga qadar Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar 2. Davlat xizmatlari �oʻrsatish masalalarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini inventarizatsiya qilish. Inventarizatsiya yakunlari boʻyicha, shu jumladan ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2018-yil 1-martga qadar Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar 3. Davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni fuqarolardan soʻrab olinishi bekor qilinishini nazarda tutgan holda maʼmuriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Belgilangan muddatlarda Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar 4. Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb yuritiladi) orqali davlat xizmatlari koʻrsatish uchun namunaviy shakllar va blankalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Belgilangan muddatlarda Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar II. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish 5. Barcha davlat xizmatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish. Adliya vaziri buyrugʻi 2018-yil 1-fevralga qadar Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar 6. Elektron shaklda davlat xizmatlari koʻrsatishda yagona shakllar, blankalar, hujjatlar ishlab chiqish va tasdiqlash. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2018-yil 1-iyunga qadar Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar 7. Sogʻliqni saqlash sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-mayga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi 8. Statistik maʼlumotlarga ishlov berish jarayonlari avtomatlashtirish darajasini oshirish maqsadida statistik maʼlumotlarning ishlov berish va saqlashning kompleks axborot tizimini yaratish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-iyunga qadar Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 9. Davlat soliq xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-iyunga qadar Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi 10. Davlat bojxona xizmati organlari vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish maqsadida ular faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-iyunga qadar Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi 11. Maʼlumotlar almashinuvi jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish maqsadida vakolatli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar maʼlumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish. Chora-tadbirlar rejasi 2018-yil 1-aprelga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar 12. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida personallashtirilgan elektron davlat xizmatlarini hisobga olgan xolda ustuvor davlat xizmatlari roʻyxatini belgilash va joriy etish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-sentabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar 13. “Litsenziya” kompleks axborot tizimini, shu jumladan qogʻoz litsenziyalar va ruxsatnomalar berilishini bekor qilgan xolda yanada takomillashtirish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-noyabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar III. Markazlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ular faoliyatining samaradorligini yanada oshirish 14. Kompyuter uskunalari yoki Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqarolarga davlat xizmatlari taqdim etish uchun Markazlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda infokiosklar bilan taʼminlash. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-martga qadar Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 15. Davlat xizmatlarini olishda aholi vaqtini tejash maqsadida Markazlarda elektron navbat tizimini joriy etish, shuningdek, qoʻshimcha qulayliklar yaratish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-fevralga qadar Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 16. Oʻzb�kiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan aholining hamma joyda foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Android va IOS platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-mayga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirliklar va idoralar 17. Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini, shu jumladan real vaqt rejimida Markaz tomonidan hujjatlar toʻxtovsiz qabul qilinishini taʼminlash uchun Markazlar ishining uzaytirilgan grafikini joriy etish. Adliya vaziri buyrugʻi 2018-yil 1-fevralga qadar Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 18. Tezkor aloqalar, rasmiy veb-sahifalardagi Internet-botlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar yordamida aholi bilan qayta aloqaning samarali tizimini tashkil etish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-mayga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi 19. Real vaqt rejimida davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan masofadan videokuzatuv, monitoring, ushbu sohada sifat va tezkorlikni baholash mexanizmlarini joriy etish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-mayga qadar Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 20. Davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida barcha Markazlar, shuningdek, Markazlar orqali davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning optik liniyali aloqa kanallariga ulanishini taʼminlash. Tadbirlar rejasi Markazlar — 2018-yil 1-martg� qadar, Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlar — belgilangan muddatlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar 21. Davlat xizmatlari tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha yagona yondashuvni qoʻllagan holda Markazlarning mavjud axborot tizimlarini modernizatsiya qilish. Tadbirlar rejasi 2018-yil 1-martga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi 22. Davlat xizmatlari turlari boʻyicha yetarli “oyna”lar, kutish joylari, Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati boʻlgan oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish burchaklari, ona va bola xonalari, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit, toʻxtash joyi hamda boshqa zarur infratuzilmalarni oʻz ichiga olgan Markazlarning zamonaviy binolari namunaviy loyihalarini ishlab chiqish. Loyihalarni tasdiqlash 2018-yil 1-aprelga qadar Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Adliya vazirligi 23. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida Markazlar faoliyati toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar kiritilgan stendlarni joylashtirish. Tashkiliy tadbirlar 2018-yil 1-fevralga qadar Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 24. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun olis joylarga chiqish orqali mobil Markazlar tashkil etish. Avtobuslar xarid qilish va jihozlash, yoʻnalishlar jadvalini tasdiqlash 2018-yil 1-iyunga qadar Adliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ 25. Markazlar binolarida vakolatli organlar xodimlarini, shu jumladan bittadan kam boʻlmagan tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri, ichki ishlar organlarining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilini davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida ularni zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlagan holda ijara toʻlovisiz joylashtirish, shuningdek, Markazlar binolarida ular tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq kommunal va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash. Tadbirlar rejasi 2018-yil 1-aprelga qadar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, IIV, Adliya vazirligi 26. Markazlarning mavjud binolarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ularning holatini baholash hamda ularni rekonstruksiya qilish va Markazlarning yangi binolari qurish zaruratini aniqlash. Kompleks chora-tadbirlar Grafikka muvofiq Adliya vazirligi 27. Xizmat talabgorlarining ishonchi va huquqiy ongi darajasini oshirish maqsadida Markazlar faoliyatini targʻib qilish uchun ijtimoiy roliklar tayyorlash. Ijtimoiy roliklar tayyorlash 2018-yil 1-martga qadar Adliya vazirligi, MTRK, OʻzA, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi 28. Markazlarga boʻlayotgan telefon qoʻngʻiroqlarini yozib olish imkoniyati bilan ularning avtomatlashtirilgan roʻyxatga olinishini joriy etish. Kompleks chora-tadbirlar 2018-yil 1-iyunga qadar Adliya vazirligi IV. Markazlarning kadrlar va kasbiy salohiyatini mustahkamlash 29. Xodimlar, shuningdek, Markazlar faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish. Adliya vaziri buyrugʻi 2018-yil 1-martga qadar Adliya vazirligi 30. Markazlar logotipini, shuningdek, ular xodimlarining maxsus xizmat kiyimlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Adliya vaziri buyrugʻi 2018-yil 1-iyunga qadar Adliya vazirligi 31. Markazlar xodimlarining malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash. Reja-grafik Doimiy ravishda Adliya vazirligi, TIV, IIV, vazirliklar va idoralar 32. Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Markazlar xodimlari uchun davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash masalalari boʻyicha treninglar va seminarlar tashkil etish. Tadbirlar rejasi 2018-yil 1-martga qadar — tasdiqlash Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga 3-ILOVA
2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari
ROʻYXATI
T/r Davlat xizmatlarining nomlanishi Joriy etish muddati Xizmatlar isteʼmolchilari Masʼul ijrochilar 1. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda” ulanish. 2018-yil 1-aprelga qadar Jismoniy va yuridik shaxslar Gaz taʼminoti, energiya taʼminoti, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya tashkilotlari 2. Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini taʼmirlashni) kelishish. Jismoniy va yuridik shaxslar Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 3. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish Jismoniy va yuridik shaxslar 4. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish Jismoniy va yuridik shaxslar 5. Loyiha hujjatlarini kelishish Jismoniy va yuridik shaxslar 6. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish Jismoniy va yuridik shaxslar 7. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish Jismoniy va yuridik shaxslar 8. Qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) obyektni foydalanishga qabul qilish Jismoniy va yuridik shaxslar Tuman (shahar) hokimliklari 9. Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish Jismoniy va yuridik shaxslar 10. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsat berish Jismoniy va yuridik shaxslar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 11. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish Jismoniy va yuridik shaxslar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tuman (shahar) hokimliklari 12. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha ariza berish Jismoniy shaxslar Maktabgacha taʼlim vazirligi 13. Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish Jismoniy va yuridik shaxslar “Xalq banki” ATB 14. Tugʻilganlikni qayd etish 2018-yil 1-sentabrga qadar Jismoniy va yuridik shaxslar Adliya vazirligi 15. Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish Jismoniy va yuridik shaxslar 16. FXDE va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish Jismoniy va yuridik shaxslar 17. Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish Jismoniy va yuridik shaxslar Ichki ishlar vazirligi 18. Jismoniy shaxs — soliq toʻlovchining soliq va boshqa qarzi yoʻqligi (borligi) haqida maʼlumotnoma berish Jismoniy shaxslar Davlat soliq qoʻmitasi 19. Jismoniy shaxslarga STIR berish Jismoniy shaxslar 20. Turgan joyi boʻyicha propiska qilish, propiskadan chiqarish, hisobga olish 2019-yil 1-yanvarga qadar Jismoniy shaxslar Ichki ishlar vazirligi 21. Vaqtincha yashash (propiska) uchun ruxsatnomalarni berish va muddatini uzaytirish Jismoniy shaxslar 22. Harbiy hisobga qoʻyish Jismoniy shaxslar Mudofaa vazirligi 23. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini oʻrnatishga ariza berish Jismoniy va yuridik shaxslar “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 24. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni yechishga ariza berish Jismoniy va yuridik shaxslar 25. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni tekshirishga ariza berish Jismoniy va yuridik shaxslar 28. Xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentlikni belgilash) Jismoniy shaxslar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 29. Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanish va yoʻllanmalarni rasmiylashtirish Jismoniy shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligi 33. Oʻqiganlikni tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish 2021-yil 1-sentabrga qadar Jismoniy va yuridik shaxslar “Oʻzarxiv” agentligi 34. Ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish Jismoniy va yuridik shaxslar 35. Ish haqini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish Jismoniy va yuridik shaxslar 36. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish Jismoniy va yuridik shaxslar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar 55. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish Jismoniy va yuridik shaxslar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi 56. Binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish Jismoniy va yuridik shaxslar 57. Koʻchmas mulkka va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi kadastr ishini tayyorlash Jismoniy va yuridik shaxslar 58. Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Jismoniy va yuridik shaxslar Adliya vazirligi
Izoh: mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan davlat xizmatlari koʻrsatiladigan Davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik holatidan, shuningdek, Markazlar bino va inshootlarining tayyorligidan kelib chiqqan xolda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
Ushbu Roʻyxatga Davlat xizmatlari markazlari bino va inshootlarining tayyorligidan kelib chiqqan xolda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan tuzatishlar kiritilishi mumkin.
