Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha soliq hisoboti shakllariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (2439-5-son)
29.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-iyuldagi 462-son “Jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12 (I)-son, 162-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha soliq hisoboti shakllari ushbu qaror ilovasiga muvofiq tahrirdagi 4a-ilova bilan toʻldirilsin.
2. Shunday tartib belgilansinki, unga asosan ushbu qaror ilovasiga muvofiq har bir jismoniy shaxs kesimida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida maʼlumotlar soliq toʻlovchilar tomonidan 2019-yilning 1-yanvariga qadar ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror 2018-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
160-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
2017-62-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-noyabrdagi 160 va 2017-62-son qaroriga ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga 4a-ILOVA
STIR varaq 0 6 Har bir jismoniy shaxs kesimida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida MAʼLUMOT 20____ yilning ____________oyi uchun T/r Jismoniy shaxsning F.I.O. Lavozimi STIR JShShIR Oldingi hisobot davri oxiriga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summasi (oldingi hisobot davri uchun Maʼlumotning 8-ustuni) Hisobot oyi uchun hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari (oʻsib boruvchi yakunsiz toʻldiriladi) Hisobot davri oxiriga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summasi (6-ust. + 7-ust.) Sugʻurta badallari hisoblanmagan davrlar boshlanish sanasi (kun) yakuniy sana (kun) Asos (m. t., b. p., i. s., m. l. m.f.) 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 JAMI
Izohlar:
3 — ustunda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori (XALIKK — 2017)ga muvofiq jismoniy shaxsning egallab turgan lavozimi koʻrsatiladi.
6-ustunda tegishli joriy soliq davrining birinchi oyida “0” qiymat kiritiladi.
9, 10, 11-ustunlar xodim ish joyida uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan holatlarda toʻldiriladi.
9-ustunda taʼtil berish sanasi yoki 11-ustunda koʻrsatilgan sabab bilan ish joyida boʻlmaslikning boshqa davri boshlanish sanasi koʻrsatiladi.
10-ustunda taʼtilni yakunlanishi sanasi yoki 11-ustunda koʻrsatilgan sabab bilan ish joyida boʻlmaslikning boshqa davri yakunlanishi sanasi koʻrsatiladi.
11-ustunda jismoniy shaxslarning ish joyida uzrli sabablarga koʻra boʻlmaganligi davrlarining qisqacha belgilanishlari, shuningdek mehnat faoliyatining boshlanishi va yakunlanishi koʻrsatiladi (m. t. — yillik mehnat taʼtili, b. p. — dekret taʼtili (bola parvarishlash), i. s. — ish haqi saqlanmagan holda taʼtil, m. l. — mehnatga layoqatsizlik davri, m.f. — mehnat faoliyati davri — xodim ishga qabul qilinganda va ishdan boʻshatilganda toʻldiriladi).
Rahbar Bosh buxgalter (imzo) (imzo) M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)”.
