“Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2328-2-son)
23.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2328-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3199-son “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 3-fevraldagi 12, 2012-7-son “Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2328, 2012-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y.,7-son, 75-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 17-yanvardagi 4, 2013-2-son “Chakana savdo tarmogʻida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2328-1, 2013-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 83-modda).
2. Mazkur qaror 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
161-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
2017-63-son
