Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (1889-3-son)
16.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1889-3]
Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. FAYZULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-noyabr,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 22-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 7-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 21-banddan “, shuningdek ularsiz apellatsiya toʻliq va obyektiv koʻrilishi mumkin boʻlmagan boshqa masalalar hal qilinmagunga qadar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 38-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Apellatsiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida apellatsiya yoki ariza bergan shaxsga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi hamda Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.”.
