2018-2024-yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (904-son)
11.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2018 — 2024-yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:
2018 — 2022-yillarda jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va texnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari 1-ilovaga muvofiq;
Jazoni ijro etish muassasalarining budjet mablagʻlari hisobiga qoplanadigan kommunal xarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablagʻlari hisobiga qoplash boʻyicha 2019 — 2024-yillarga moʻljallangan prognoz rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Jazoni ijro etish muassasalarining xarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablagʻlari hisobiga qoplash boʻyicha 2020 — 2024-yillarga moʻljallangan prognoz rejasi 3-ilovaga muvofiq.
2. Jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining asoslangan taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Dasturga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarga oʻz moddiy-texnik bazasini yaxshilashga boʻlgan ehtiyojni jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar hisobiga qondirish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
5. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlari, jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish va kelgusida ularning daromadlarini izchil oshirish borasida amalga oshiladigan ishlar ijrosini har chorak yakuni boʻyicha tanqidiy tahlil qilsin hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-noyabr,
904-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 904-son qaroriga 1-ILOVA
2018 — 2022-yillarda jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va texnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari
T/r Muassasalar nomi Tadbirlar nomi Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (xarid qilish) Taxminiy xarajatlar (ming soʻm) Ijro muddati 1. UYa 64/1 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 30 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 111 000,0 2018-yil 20 ta overlok tikuv mashinasi 70 000,0 6 ta qaytarib tikuvchi tikuv mashinasi 32 700,0 2 ta bugʻ yordamida ishlovchi dazmol 32 300,0 3 ta boʻyin va yoqa tikuv mashinasi 9 600,0 4 ta tasma oʻrnini tikuv mashinasi 60 200,0 4 ta choʻntak tikuv mashinasi 45 200,0 4 ta belbogʻ tikuv mashinasi 52 600,0 7 ta tugma oʻrnini ochuvchi tikuv mashinasi 101 990,0 5 ta tugma tikuv mashinasi 30 500,0 1 dona bir vaqtning oʻzida 12 ta yozuv toʻqish mashinasi 159 800,0 4 ta ikki chokli tikuv mashinasi 29 800,0 4 ta uch chokli tikuv mashinasi 48 000,0 4 ta lentali press 80sm/1m dazmoli 67 800,0 Bichuv va toʻquv sexlarini modernizatsiya qilish 3 ta material kesish mashinasi 6 750,0 2 ta aylanma diskli material kesish mashinasi 1 065,0 1 komplekt trikotaj toʻquv dastgohi 250 000,0 1 komplekt paypoq toʻquv dastgohi 20 000,0 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 20 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 74 000,0 2019-yil Jami: 1 203 305,0 2. UYa 64/3 Korxona moddiy texnik bazasini yaxshilash. 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 460 000,0 2018-yil Tikuv sexini modernizatsiya qilish 20 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 74 000,0 2019-yil Jami: 534 000,0 3. UYa 64/6 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 4 ta ikki chokli tikuv mashinasi 29 800,0 4 ta belbogʻ tikuv mashinasi 52 600,0 1 ta yozgi bosh kiyim tikuv mashinasi 25 640,0 1 ta knopka oʻrnini ochuvchi tikuv mashinasi 2 565,0 1 ta yozgi bosh kiyim oldi qismini tikuv mashinasi 16 400,0 1 dona bir vaqtning oʻzida 12 ta yozuv toʻqish mashinasi 133 350,0 1 ta yozgi bosh kiyim orqa lenta qismini preslovchi mashinasi 20 500,0 1 ta tugma oʻrnini ochuvchi tikuv mashinasi 14 570,0 Yogʻochga ishlov berish sexini modernizatsiya qilish 1 ta yogʻochga naqsh berish dastgohi 23 333,0 1 ta yogʻoch kesish dastgohi 16 667,0 1 ta yogʻochni randalash dastgohi 8 900,0 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 30 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 111 000,0 2019-yil Jami: 455 325,0 4. UYa 64/14 Muassasada intensiv bogʻ barpo etish va naslli chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish 5 gektar intensiv olma bogʻi (4000 tup koʻchat) 200 000,0 2018 — 2020-yy. 50 bosh nasldor qoramol 500 000,0 Jami: 700 000,0 5. UYa 64/21 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 5 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 18 500,0 2018-yil 1 dona bir vaqtning oʻzida 6 ta yozuv toʻqish mashinasi 56 400,0 5 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 18 500,0 2019-yil Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 350 000,0 2020-yil Jami: 443 400,0 6. UYa 64/25 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 35 ta har xil funksiyali tikuv mashinalari 287 200,0 2018-2019-yy. 2 ta overlok tikuv mashinasi 7 000,0 1 dona bir vaqtning oʻzida 6 ta yozuv toʻqish mashinasi 56 400,0 Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 1 komplekt temir-beton plitalar ishlab chiqarish liniyasi 450 000,0 2022-yil Jami: 800 600,0 7. UYa 64/29 Metallga qayta ishlov berish sexini modernizatsiya qilish 1 ta tokarlik va 1 ta frezarlik dastgohi 750 000,0 2018-yil Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va moddiy-texnik bazani rivojlantirish 1 komplekt har xil oʻlchamdagi burama mixlar ishlab chiqarish liniyasi 500 000,0 2019-yil 2 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 1 000 000,0 1 komplekt gips ishlab chiqarish liniyasi 550 000,0 2020-yil 1 komplekt temir beton plitalar ishlab chiqarish liniyasi 450 000,0 2022-yil Jami: 3 250 000,0 8. UYa 64/32 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 1 ta tugma oʻrnini ochuvchi tikuv mashinasi 14 570,0 2018-yil 1 ta ikki chok tikuv mashinasi 7 430,0 Korxonada bugʻ tizimini yaxshilash va yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 1 ta elektrga moslashgan bugʻ ishlab chiqaruvchi qozon 25 000,0 2018-yil 2 komplekt 3 metrli yoʻl beton toʻsiqlari qolipi 10 000,0 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash. 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 500 000,0 Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 350 000,0 2019-yil Jami: 907 000,0 9. UYa 64/33 Yogʻochga ishlov berish sexini modernizatsiya qilish 1 ta gul chizish va oʻyish dastgohi 80 000,0 2018-yil 1 ta laminant va MDF kesish dastgohi 30 000,0 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 1 ta yuklagich texnikasi 300 000,0 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 500 000,0 2019-yil Yoʻlak plita va blok gʻisht ishlab chiqarish sexlarini modernizatsiya qilish 1 komplekt yoʻlak plita hamda blok gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 200 000,0 2021-yil Jami: 1 110 000,0 10. UYa 64/38 Muassasada intensiv bogʻ barpo etish va quyonchilik, parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish 8 gektar intensiv olma bogʻi (6400 tup koʻchat) 320 000,0 2018 — 2022-yy. 200 bosh quyon 40 000,0 2019-2020-yy. 1000 bosh oʻrdak 15 000,0 Jami: 375 000,0 11. UYa 64/45 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 7 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 25 900,0 2018-yil 3 ta poyabzal tikuv mashinasi 17 400,0 Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 ta 18 kamerali xumdon qurish 481 000,0 Jami: 524 300,0 12. UYa 64/46 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 10 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 37 000,0 2019-yil 2 ta overlok tikuv mashinasi 7 000,0 Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 350 000,0 2019-yil Terini qayta ishlash sexini modernizatsiya qilish 1 komplekt terini ikkiga boʻluvchi dastgoh 500 000,0 2022-yil Jami: 894 000,0 13. UYa 64/47 Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 350 000,0 2018-yil Metallga ishlov berish sexini modernizatsiya qilish 2 ta lazerda kesuvchi payvandlash uskunasi 220 000,0 2 ta tokarlik dastgoh 800 000,0 2019-2020-yy. 1 ta frezarlik dastgoh 350 000,0 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 3 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 1 500 000,0 2019-2020-yy. Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt oʻtga chidamli gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 180 000,0 2021-yil 1 komplekt obi gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 250 000,0 2022-yil Jami: 3 650 000,0 14. UYa 64/48 Yogʻochga ishlov berish sexini modernizatsiya qilish 1 ta burchak kesish dastgohi 80 000,0 2018-2019-yy. 1 dona yogʻoch kesish dastgohi 90 000,0 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 500 000,0 Jami: 670 000,0 15. UYa 64/49 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 2 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 1 000 000,0 2018-yil 1 ta yuklagich texnika 300 000,0 2019-yil Gʻisht va keramzit ishlab chiqarish uchastkalarini modernizatsiya qilish 1 ta avtokesgich 30 000,0 1 komplekt keramzit ishlab chiqarish liniyasi 500 000,0 2020-yil Jami: 1 830 000,0 16. UYa 64/51 Mebel sexini modernizatsiya qilish 1 ta kromka dastgohi 150 000,0 2018-yil Tikuv sexini modernizatsiya qilish 20 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 74 000,0 2 ta poyabzal tikuv mashinasi 15 600,0 Keramzit ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt keramzit ishlab chiqarish liniyasi 500 000,0 2019-yil Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 1 ta yuk tashuvchi avtotransport �ositasi 500 000,0 2018-yil 1 ta yuk tashuvchi ISUZU avtotransport vositasi 140 000,0 2020-yil Jami: 1 379 600,0 17. UYa 64/52 Mebel sexini modernizatsiya qilish 1 komplekt mebel ishlab chiqarish dastgohi 160 000,0 2018-yil Jami: 160 000,0 18. UYa 64/57 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 240 000,0 2019-yil Jami: 240 000,0 19. UYa 64/61 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 1 ta tugma oʻrnini ochuvchi tikuv mashinasi 14 570,0 2018-yil 11 dona toʻgʻri chok tikuv mashinasi 40 700,0 Mebel sexini modernizatsiya qilish 1 ta gul chizish va oʻyish dastgohi 80 000,0 1 ta laminant va MDF kesish dastgohi 30 000,0 1 ta statsionar lobzik arra dastgohi 80 000,0 1 ta koʻp qirrali ultrabinafsha rangli printer dastgohi 210 000,0 1 ta vakuumli dastgoh 90 000,0 Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 350 000,0 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 500 000,0 2018-2019-yy. Jami: 1 395 270,0 20. UYa 64/65 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 1 ta overlok tikuv mashinasi 3 500,0 2018-yil Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 350 000,0 2020-yil Pishgan gʻisht ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 1 ta 18 kamerali xumdon qurish 500 000,0 2021-yil Jami: 853 500,0 21. UYa 64/66 Intensiv bogʻ barpo etish va naslli quyon, chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish 3 gektar intensiv olmazor (2400 tup koʻchat) 120 000,0 2018 — 2022-yy. 60 bosh nasldor qoramoli 600 000,0 Jami: 720 000,0 22. UYa 64/67 Intensiv bogʻ barpo etish va naslli quyon, chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish 20 gektar oʻrikzor, olmazor, bodomzor (10000 tup koʻchat) 80 000,0 2018 — 2022-yy. 50 bosh qoramol 300 000,0 Jami: 380 000,0 23. UYa 64/68 Gʻisht ishlab chiqarish uchastkasini modernizatsiya qilish 1 komplekt gʻisht ishlab chiqarish liniyasi 350 000,0 2020-yil Jami: 350 000,0 24. UYa 64/69 Muassasada intensiv bogʻ barpo etish va asalarichilik, parrandachilik hamda chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish 5 gektar intensiv olma bogʻi (4000 tup koʻchat) 200 000,0 2018 — 2020-yy. 20 gektar uzumzor, olmazor, olxoʻrizor, oʻrikzor (10000 tup koʻchat) 80 000,0 100 bosh nasldor qoramol 1 000 000,0 2018 — 2022-yy. 800 bosh qoʻy va echki 800 000,0 20000 bosh tovuq 220 000,0 200 dona asalari qutisi 800 000,0 Jami: 3 100 000,0 25. UYa 64/70 Muassasada bogʻ barpo etish hamda chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarni rivojlantirish 5 gektar uzumzor (2500 tup koʻchat) 20 000,0 2018 — 2020-yy. 20 gektar turli xil mevali bogʻlar (10000 tup koʻchat) 80 000,0 200 bosh qoʻy va echki 140 000,0 2018 — 2022-yy. 2000 bosh kurka 22 000,0 2018-2019-yy. Jami: 262 000,0 26. UYa 64/71 Tikuv sexini modernizatsiya qilish 1 dona bir vaqtning oʻzida 6 ta yozuv toʻqish mashinasi 56 400,0 2018-yil Yogʻochga ishlov berish sexini modernizatsiya qilish 1 ta yogʻochga ishlov berish dastgohi 37 500,0 Jami: 93 900,0 27. UYa 64/73 Muassasada bogʻ barpo etish va chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish 2 gektar har xil mevali bogʻlar (1000 tup koʻchat) 80 000,0 2018 — 2020-yy. 25 bosh qoramol 150 000,0 2018-2019-yy. Jami: 230 000,0 28. UYa 64/75 Muassasada bogʻ barpo etish va parrandachilikni rivojlantirish 8 gektar har xil mevali bogʻlar (4000 tup koʻchat) 320 000,0 2018-2019-yy. 4000 bosh tovuq 60 000,0 2019-2020-yy. Jami: 380 000,0 29. UYa 64/76 Muassasada bogʻ barpo etish va parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirish 6 gektar olmazor va oʻrikzor (3000 tup koʻchat) 24 000,0 2018-2019-yy. 4 gektar baliq yetishtiriladigan koʻl tashkil etish 120 000,0 2018 — 2020-yy. 10 bosh zotli mollar 100 000,0 100 bosh qoʻy va echki 70 000,0 5000 bosh tovuq 23 000,0 2018-2019-yy. Jami: 337 000,0 30. UYa 64/77 Muassasada bogʻ barpo etish va chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish 6 gektar olmazor va oʻrikzor (3000 tup koʻchat) 24 000,0 2018-2019-yy. 1000 bosh tovuq 12 000,0 50 bosh nasldor qoramol 500 000,0 2018 — 2020-yy. Jami: 536 000,0 31. UYa 64/78 Muassasada bogʻ barpo etish va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish 3 gektar olmazor va oʻrikzor (1500 tup koʻchat) 18 000,0 2018-2019-yy. 50 bosh qoramol 280 000,0 2018 — 2020-yy. Jami: 298 000,0 32. UYa 64/79 Muassasada bogʻ barpo etish va parrandachilik, asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish 12 gektar har xil mevali bogʻlar (6000 tup koʻchat) 48 000,0 2018 — 2020-yy. 5000 bosh tovuq 75 000,0 200 dona asalari qutisi 800 000,0 2018 — 2021-yy. Jami: 923 000,0 33. UYa 64/80 Muassasada bogʻ barpo etish va parrandachilik, chorvachilik, baliqchilikni rivojlantirish 2 gektar baliq yetishtiriladigan koʻl tashkil etish 60 000,0 2018-2019-yy. 10 gektar har xil mevali bogʻlar (5000 tup koʻchat) 40 000,0 2018 — 2020-yy. 100 bosh nasldor qoramollar 900 000,0 Jami: 1 000 000,0 34. UYa 64/81 Muassasada bogʻ barpo etish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish 20 gektar har xil bogʻlar (10000 tup koʻchat) 80 000,0 2018 — 2020-yy. 100 bosh nasldor qoramollar 900 000,0 200 bosh qoʻy va echkilar 70 000,0 200 dona kurka 3 000,0 2018-2019-yy. Jami: 1 053 000,0 35. UYa 64/82 Muassasada bogʻ barpo etish va chorvachilikni rivojlantirish 3 gektar intensiv olma bogʻi (2400 tup koʻchat) 120 000,0 2018 — 2020-yy. 3 gektar uzumzor (1500 tup koʻchat) 18 000,0 2018-2019-yy. 200 bosh qoramollar 1 000 000,0 2018 — 2021-yy. Jami: 1 138 000,0 36. UYa 64/83 Muassasada bogʻ barpo etish va chorvachilikni rivojlantirish 15 gektar har xil mevali bogʻlar (7500 tup koʻchat) 60 000,0 2018 — 2020-yy. 200 bosh kurka 30 000,0 2018-2019-yy. 200 bosh nasldor qoʻy va echkilar 180 000,0 2018 — 2021-yy. Jami: 270 000,0 37. UYa 64/84 Korxona moddiy-texnik bazasini yaxshilash 1 ta yuk tashuvchi avtotransport vositasi 460 000,0 2019-yil Jami: 460 000,0 38. ZTK Tikuv sexini modernizatsiya qilish 8 ta toʻgʻri chok tikuv mashinasi 29 600,0 2018-yil 2 ta overlok tikuv mashinasi 7 000,0 Jami: 36 600,0 Hammasi: 32 942 800,0 Shu jumladan, 2018-yilda 11 979 666,7 2019-yilda 9 684 966,7 2020-yilda 6 501 166,7 2021-yilda 2 251 000,0 2022-yilda 2 526 000,0
Izoh. * Oʻzbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida oʻz mablagʻlari va JIEBB Markazlashtirilgan jamgʻarmasi hisobiga umumiy qiymati 32 mlrd. 942,8 mln. soʻm sarflanishi rejalashtirilgan (Mablagʻlar miqdori bozor shartlari asosida shakllanadigan narxlarga koʻra oʻzgarishi mumkin).
Amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida muassasada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar uchun 1317 ta ish oʻrni ochilishi, 1-2 smenada 2200 nafar mahkumlar uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari ochilishi nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 904-son qaroriga 2-ILOVA
Jazoni ijro etish muassasalarining budjet mablagʻlari hisobiga qoplanadigan kommunal xarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablagʻlari hisobiga qoplash boʻyicha 2019 — 2024-yillarga moʻljallangan prognoz rejasi*
T/r Xarajatlar nomi 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) 1. Elektr energiyasi 90 10 80 20 70 30 60 40 40 60 30 70 2. Tabiiy gaz 100 0 80 20 70 30 50 50 40 60 30 70 3. Issiq suv va issiqlik energiyasi 80 20 70 30 60 40 50 50 50 50 50 50 4. Sovuq suv va oqova suv 50 50 40 60 30 70 30 70 30 70 30 70 5. Chiqindilarni tozalash, olib chiqib ketish bilan bogʻliq xizmatlar 100 0 80 20 70 30 60 40 50 50 40 60
Izoh. * Markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan qoplanadigan pul mablagʻlari 2017-yil xarajatlar smetasi parametrlari asosida rejalashtirilgan.
Prognoz rejasida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari tomonidan koʻrilgan foydaga qarab oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 904-son qaroriga 3-ILOVA
Jazoni ijro etish muassasalarining xarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablagʻlari hisobiga qoplash boʻyicha 2020-2024-yillarga moʻljallangan prognoz rejasi*
T/r Jazoni ijro etish muassasalari 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) budjet hisobidan (foizda) markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan (foizda) 1. UYa 64/73 60 40 50 50 40 60 20 80 0,0 100 2. UYa 64/75 80 20 60 40 40 60 20 80 0,0 100 3. UYa 64/84 80 20 60 40 40 60 20 80 0,0 100 4. UYa 64/38 80 20 60 40 40 60 20 80 0,0 100 5. UYa 64/80 80 20 60 40 40 60 20 80 0,0 100
Izoh. * Markazlashtirilgan jamgʻarma hisobidan qoplanadigan pul mablagʻlari 2017-yil xarajatlar smetasi parametrlari asosida rejalashtirilgan.
Prognoz rejasida koʻrsatib oʻtilgan jazoni ijro etish muassasalari hamda ularning xarajatlari, jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari tomonidan koʻrilgan foydaga qarab oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 904-son qaroriga 4-ILOVA
Jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar
ROʻYXATI
T/r Mahsulotlar nomi 1. Pishgan gʻisht 2. Qurilish ohagi 3. Keramzit 4. Gips 5. Obi gʻisht 6. Oʻtga chidamli gʻisht 7. Pardoz gʻisht 8. Har xil turdagi yoʻlak plitalar 9. Yogʻoch deraza romlari 10. Yumshoq mebellar 11. Ofis mebellari 12. Stol va stullar 13. MDF va yogʻoch eshiklar 14. Tibbiyot kushetkasi 15. 4 — 6 — 10 kishilik ovqatlanish stoli va skameykasi 16. 1-2 qavatli bolalar krovati 17. Kiyim ilgich 18. Kiyim javoni 19. Kitob javoni 20. Kompyuter stoli 21. 1-2 tumbali stol 22. Bilyard 23. Taburetka 24. Tumbochka 25. Yogʻoch oʻymakorlik mahsulotlari 26. Sabzavot va meva qutilari 27. Ish poyabzali 28. Erkaklar va ayollar oyoq kiyimi 29. Erkaklar va ayollar sport tuflisi 30. Ayollarning tantanali kiteli va shimi (harbiylar xizmat kiyimi) 31. Ayollar yengil kurtkasi (harbiylar xizmat kiyimi) 32. Yarim junli ayollar yubkasi (harbiylar xizmat kiyimi) 33. Erkaklar va ayollar qishki kurtkasi (harbiylar xizmat kiyimi) 34. Kundalik yengi uzun va yengi kalta koʻylak (harbiylar xizmat kiyimi) 35. Kamuflyaj kurtka va qishki shim (harbiylar xizmat kiyimi) 36. Yozgi kamuflyaj kostyum (harbiylar xizmat kiyimi) 37. Mashq q�lish kostyumi (yozgi va qishki harbiylar xizmat kiyimi) 38. Yarim junli tantanali kitel va shim (harbiylar xizmat kiyimi) 39. Yarim junli erkaklar yengil kurtkasi (harbiylar xizmat kiyimi) 40. Yarim junli erkaklar shimi (harbiylar xizmat kiyimi) 41. Oq rangdagi yengi uzun va yengi kalta koʻylak (harbiylar xizmat kiyimi) 42. Ayollarning yengi uzun va yengi kalta kundalik koʻylagi (harbiylar xizmat kiyimi) 43. Oq rangdagi ayollarning yengi uzun va yengi kalta kundalik koʻylagi (harbiylar xizmat kiyimi) 44. Erkaklar va ayollar galstugi (harbiylar xizmat kiyimi) 45. Erkaklarning yozgi va qishki kepkasi (harbiylar xizmat kiyimi) 46. Ichki issiq kiyim 47. Matrats 48. Yostiq 49. Choyshab 50. Yostiq jildi 51. Koʻrpa 52. Sochiq 53. Ishchilar qoʻlqopi 54. Oq xalat 55. Ishchilarning maxsus kiyimlari 56. Har xil rangdagi mayka trikotaj 57. Fufayka 58. 1-2 qavatli temir krovat 59. Piramida — qurol saqlovchi quti 60. Temir seyf (har xil turdagi) 61. Sim setka 62. Egoza 63. Tikanli sim 64. Kuzatuv minorasi 65. Temir toʻsiq va panjaralar 66. Temir darvoza 67. Oʻtirgʻich (Skameyka) 68. Polupropilen qop 69. Shlakoblok 70. ST-1, L=2,0, ST-1,L=2,8 chegara ustunlari 71. 10.5 metr SL-105.3.5 D/14 elektr ustunlari 72. Beton toʻsiq (FBS) 73. Tomga yopiladigan plita PK 59-12-8 74. Lotok 75. Butli tosh 76. Marmar tosh 77. Yongʻin oʻchirish qalqoni
