Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida (1537-1-son)
10.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 10-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1537-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436, 5083, 107-son qarori (roʻyxat raqami 1537, 2006-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-oktabr,
17-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-oktabr,
31-k/k-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-oktabr,
147-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 25-oktabrdagi 17, 31-k/k va 147-son qaroriga ILOVA
Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 11-band quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: tibbiyot muassasalari rahbarlarining oylik ustamalari yuqori turuvchi tashkilotning qaroriga binoan tarif stavkasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.”.
2. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
