Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida (897-son)
08.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, hududda tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi raqobatdosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrining umumiy maydonida kichik sanoat zonasini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin.
2. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:
bir oy muddatda Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahri hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalariga koʻra kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mos boʻlgan obyektlarni belgilangan tartibda Jizzax viloyati Zomin tumani hokimligiga berilishini taʼminlasin;
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahri hududida joylashgan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va ilgari xususiylashtirilgan ishlab chiqarish maydonlarini doimiy xatlovdan oʻtkazib borsin hamda xatlov natijalariga koʻra yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun mos boʻlgan obyektlar roʻyxatini belgilangan tartibda Jizzax viloyatining erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) kiritib borsin.
3. Belgilansinki:
kichik sanoat zonasi hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi istisno tariqasida “nol” stavka miqdorida belgilanadi;
kichik sanoat zonasi hududidagi davlat koʻchmas mulklari tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga ijaraga beriladi hamda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha biznes reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilganda va belgilangan ish oʻrinlari yaratilib, saqlangan taqdirda keyinchalik oʻrnatilgan tartibda mulk huquqi rasmiylashtirib beriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida 2018-2019-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda manzilli roʻyxat deb ataladi) ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Maʼmuriy kengash:
kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar manzilli roʻyxatiga zarur hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
manzilli roʻyxat doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallarini loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari tomonidan bir oy muddatda ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ushbu qarorda nazarda tutilgan asosiy chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek beriladigan soliq imtiyozlari va preferensiyalar toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda 2018-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallariga uzviy bogʻlagan holda kichik sanoat zonasining yoʻl-transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda markazlashgan investitsiyalarni nazarda tutsin.
8. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va Jizzax viloyat hokimligiga kichik sanoat zonasida joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq belgilangan tartibda elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahridagi tadbirkorlik subyektlariga bank-moliya xizmatlarini kengaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining mini bankini ochish hamda tijorat banklariga manzilli roʻyxatga kiritilgan loyihalar boʻyicha kredit shartnomalarining oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va moliyalashtirish boshlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.A. Saliyev va Zomin tumani hokimi S.M. Umrzoqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-noyabr,
897-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 897-son qaroriga ILOVA
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida 2018-2019-yillar davomida sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori Loyiha nomi Loyiha qiymati (mln. soʻm) Shundan: Bank nomi Ishga tushish muddati Ish oʻrni oʻz mablagʻi bank krediti xorijiy investitsiya (ming doll.) Jami 716 473 71 922 157 590 60 492 1 841 1. “Kiparis” FX Qurilish materiallari (kafel, shlakoblok) ishlab chiqarishni tashkil etish 688 192 496 Milliy bank 2018-yil 2-chorak 14 2. “Zomin agro fresh” MChJ Logistika markazini tashkil etish 80 000 12 000 68 000 Milliy bank 2018-yil 3-chorak 100 3. “Zafar universal servis” XK Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish 496 88 408 Xalq banki 2018-yil4-chorak 8 4. “Dashtobod mebel” XK Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 482 80 402 Qishloq qurilish bank 2019-yil 2-chorak 10 5. “Yogʻoch robit biznes” MChJ Sutni qayta ishlashni tashkil etish 280 80 200 Qishloq qurilish bank 2019-yil 3-chorak 5 6. “Zomin polimer” XK Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish 344 200 144 Ipoteka bank 2018-yil 4-chorak 10 7. “Barhayot Ravshan” XK Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish 1 384 400 984 Asaka bank 2018-yil 4-chorak 15 8. “Islomjon Anorboy” XK Alyumin profildan eshik va romlar ishlab chiqarishni tashkil etish 200 32 168 Asaka bank 2018-yil 2-chorak 3 9. “Rustam Subonov” XK Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 100 30 70 Asaka bank 2018-yil 1-chorak 3 10. “Erkin gold star” XK Pishiq gʻisht ishlab chiqarishni tashkil etish 296 96 200 Turon bank 2018-yil 2-chorak 12 11. “Choʻqqili togʻ jilosi” XK Asalari uyalari va ramkalarini ishlab chiqarishni tashkil etish 148 49 99 Turon bank 2018-yil 2-chorak 7 12. “Zomin teks eksport” MChJ (1-bosqich) Kalava ip ishlab chiqarishni tashkil etish 139 748 17 360 Milliy bank 2018-yil 2-chorak 150 13. “Zomin teks eksport” MChJ (2-bosqich) Trikotaj mato ishlab chiqarish, boʻyash va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 255 035 24 000 28 700 Milliy bank 2019-yil 1-chorak 350 14. “Zomin teks eksport” MChJ Bolalar gigiyenik tagliklarini ishlab chiqarishni tashkil etish 1 124 416 88 Milliy bank 2019-yil 2-chorak 30 15. “Zomin teks eksport” MChJ Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 1 326 416 113 Milliy bank 2019-yil 4-chorak 100 16. “Zomin teks eksport” MChJ Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish 458 208 31 Milliy bank 2019-yil 3-chorak 24 17. “Zomin teks eksport” MChJ Mikrofibra ishlab chiqarishni tashkil etish 24 150 3 000 Milliy bank 2019-yil 4-chorak 50 18. “Goʻzal Zomin Avtomobilchi” MChJ Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish 600 200 400 Hamkorbank 2018-yil 2-chorak 8 19. “Dal Teknik Makina” MChJQK Bruschatka mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 16 100 2 000 OʻT-Bank 2018-yil 4-chorak 12 20. “Dal Teknik Makina” MChJQK Beton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 8 050 1 000 OʻT-Bank 2018-yil 4-chorak 15 21. “Dal Teknik Makina” MChJQK Gazobeton mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish 66 010 8 200 OʻT-Bank 2019-yil 4-chorak 40 22. “Zomin Milk Food” MChJ Quruq sut, muzlatilgan yogurt, muzqaymoq ishlab chiqarishni tashkil qilish 35 000 9 000 26 000 Aziya Alyans bank 2018-yil 4-chorak 100 23. “Zamon-Baxor” XK Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish 250 100 150 Mikrokredit bank 2018-yil 1-chorak 5 24. “Temur-Dovud” XK Shlakoblok ishlab chiqarishni tashkil etish 220 120 100 Mikrokredit bank 2018-yil 3-chorak 10 25. “Zomin Tekstil” MChJ Ip kalava ishlab chiqarishni tashkil qilish 53 984 18 115 35 869 Milliy bank 2018-yil 2-chorak 250 26. “Zomin Tekstil” MChJ Trikotaj mato toʻqishni tashkil qilish 24 000 4 800 19 200 Milliy bank 2018-yil 4-chorak 150 27. “Zomin Tekstil” MChJ Tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish 4 000 800 3 200 Milliy bank 2019-yil 1-chorak 350 28. “Sirdaryo baraka ulgurji savdo” MChJ Muzlatgich sigʻimini tashkil etish 2 000 500 1 500 Tijorat banki 2018-yil 4-chorak 10
