Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1831-6-son)
07.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1831-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Bank siri toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-oktabr,
28/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 21-oktabrdagi 28/4-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Kassir qiymatiga qarab saralangan toʻlovga yaroqli pullarni alohida hamda eskirgan pullarni alohida dastalaydi va oʻrab-bogʻlaydi. Eskirgan pullar dastasidagi har bir banderolga va ustki nakladkaning oʻng tarafi yuqori burchagiga bank nomi, uning kodi, kassirning familiyasi va ism sharifi koʻrsatilgan “Eskirgan” yozuvli toʻrtburchak muhr bosilishi shart.
Eskirgan toifasidagi pul bogʻlamlarini yaroqli pul bogʻlamlaridan ajralib turishi uchun dioganal ravishda eni 10 mm. qizil yoʻlli chiziq chizilgan ustki nakladkalardan foydalanilishi lozim. Eskirgan toifasidagi pullarni qayta muomalaga chiqib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda eskirgan pul bogʻlamiga muhrini bosgan kassir shaxsan javobgar hisoblanadi.”.
2. 50-bandning ikkinchi xatboshisidagi “10000 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan ikkita yashil yoʻlli” degan soʻzlardan keyin “, 50000 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan ikkita koʻk yoʻlli” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 54-banddan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
4. 57-banddagi “va 10000 soʻmliklar” degan soʻzlar “, 10000 va 50000 soʻmliklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 239-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“239. Bank tomonidan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, shu jumladan kassa hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻzda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda sudga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida amalga oshirilishi mumkin.”.
6. 266-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“266. Daftar va alohida varaq koʻrinishdagi, qatʼiy hisobda turuvchi barcha blankalar Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2944, 2017-yil 6-noyabr) asosan qoʻllaniladigan 09002 Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali valyuta va yoʻl cheklarini sotib olishda beriladigan maʼlumotnoma sertifikati, 09004 Valyuta va yoʻl cheklarini inkassoga qabul qilish toʻgʻrisidagi kvitansiya, 09005 — “Valyuta va yoʻl cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan kvitansiya, 09006 Naqd chet el valyutasini xorijga olib chiqishda beriladigan ruxsatnoma, 09007 Valyuta va yoʻl cheklarini sotishda toʻldiriladigan maʼlumotnoma, 09012 Shikastlangan valyutalarni yaroqligiga almashtirishda toʻldiriladigan kvitansiya va 09015 Yoʻl cheklarini naqd xorijiy valyutaga almashtirib olishda ishlatiladigan kvitansiya kitobchasi 50 varaqdan iborat boʻlishi shart va u toʻldirilganda, qora qogʻoz orqali ikki nusxada toʻldirilishi munosabati bilan daftarchalar 25 soʻm qiymatida baholanadi. Ularning har biri, daftarcha yoki har bir varaq boʻyicha shartli ravishda bir soʻmga, saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz nominal qiymati boʻyicha baholanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.”.
7. 325-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank (bank filiali) tomonidan bank binosida va binosidan tashqarida tashkil etilgan hamda qanday nomlanishidan qatʼi nazar, bank amaliyot kuniga ulangan barcha omonat (jamgʻarma) kassalari va minibank kassalari, turli kommunal va boshqa toʻlovlarni qabul qiluvchi kassalar, pul oʻtkazmalari shoxobchalari (keyingi oʻrinlarda bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar deb yuritiladi) uchun ushbu bobdagi talablar bir xil tartibda qoʻllaniladi (xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari bundan mustasno). Valyuta ayirboshlash shoxobchalari (kassalari) binolariga talablar va ish tartibi Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2944, 2017-yil 6-noyabr) muvofiq belgilanadi.”.
8. 343-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiya va nafaqa pullarini tarqatish maqsadida boshqa banklardan naqd pullarni olish va Xalq banki filiallariga yetkazish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishlariga asosan amalga oshirilishi lozim.”.
9. 375-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Banklarda ochilgan “22632 — “Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan Pensiya va nafaqalarni naqd pulda toʻlash uchun moliyalashtirilgan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar uchun mablagʻlar” hisobvaragʻiga moliyalashgan pensiya va nafaqani toʻlash uchun naqd pul mablagʻlari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi farmoyishiga asosan inkassatsiya xizmati orqali Xalq bankining tegishli filiallariga yetkazib beriladi.”.
10. 1-ilovaning 5-bandidagi “10000” raqami “50000” raqami bilan almashtirilsin.
11. 19-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. 23-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
13. 46-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
14. 51-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 1-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga 19-ILOVA
”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 2-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga 23-ILOVA
”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 3-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga 46-ILOVA
Ushbu kitobga yozuvlar uning toʻlguniga qadar kiritiladi ______________ oyi _____ ga qoldiq _____ ga qoldiq ______ ga qoldiq Toʻlovga yaroqli pullar 1 soʻm 3 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 200 soʻm 500 soʻm 1000 soʻm 5000 soʻm 10000 soʻm 50000 soʻm Jami: Eskirgan pullar 1 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 200 soʻm 500 soʻm 1000 soʻm 5000 soʻm 10000 soʻm 50000 soʻm Jami: Toʻlovga yaroqli metall tangalar 1 tiyin 3 tiyin 5 tiyin 10 tiyin 20 tiyin 50 tiyin 1 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 500 soʻm Jami: Nuqsonli metall tangalar 1 tiyin 3 tiyin 5 tiyin 10 tiyin 20 tiyin 50 tiyin 1 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 500 soʻm Jami: Hammasi boʻlib: Boshqaruvchi Imzolar Imzolar Imzolar Bosh buxgalter Kassa mudiri
”.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 4-ILOVA
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga 51-ILOVA
Ushbu kitobga yozuvlar uning toʻlguniga qadar kiritiladi ______________ oyi _____ ga qoldiq _____ ga qoldiq ______ ga qoldiq Toʻlovga yaroqli pullar 1 soʻm 3 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 200 soʻm 500 soʻm 1000 soʻm 5000 soʻm 10000 soʻm 50000 soʻm Jami: Eskirgan pullar 1 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 200 soʻm 500 soʻm 1000 soʻm 5000 soʻm 10000 soʻm 50000 soʻm Jami: Toʻlovga yaroqli metall tangalar 1 tiyin 3 tiyin 5 tiyin 10 tiyin 20 tiyin 50 tiyin 1 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 500 soʻm Jami: Nuqsonli metall tangalar 1 tiyin 3 tiyin 5 tiyin 10 tiyin 20 tiyin 50 tiyin 1 soʻm 5 soʻm 10 soʻm 25 soʻm 50 soʻm 100 soʻm 500 soʻm Jami: Hammasi boʻlib: Boshqaruvchi Imzolar Imzolar Imzolar Bosh buxgalter Kassa mudiri
”.
