“Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2437-2-son)
06.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2437-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/7-son “Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2437, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 158-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 21-dekabrdagi 26/3-son “Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2437-1, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 12-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
26/17-son
