Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2945-son)
07.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2945]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2014-yil 27-avgustdagi 7-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2613, 2014-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 451-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
18-2017-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 16-oktabrdagi 18-2017-son buyrugʻiga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining
NORMATIVLARI
T/r Taʼlim sohalari bloklari Taʼlim sohalari va yoʻnalishlari nomi Normativlar 2019/2020 oʻquv yiligacha 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 1. Texnik Muhandislik ishi taʼlim sohasi; Ishlab chiqarish texnologiyalari taʼlim sohasi; Matematika taʼlim sohasi; Kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi; Arxitektura va qurilish taʼlim sohasi (Arxitektura (turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi bundan mustasno); Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi; Qishloq xoʻjalik texnikasi taʼlim sohasi; Transport taʼlim sohasi; Hayot faoliyat xavfsizligi taʼlim sohasi; Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 10,3 9,8 9,3 9,0 2. Gumanitar va tabiiy Gumanitar fanlar taʼlim sohasi (Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi (xorijiy tillarga oid qismi), shuningdek Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi bundan mustasno); Tabiiy fanlar taʼlim sohasi; Sotsiologiya va psixologiya taʼlim sohasi; Jurnalistika va axborot taʼlim sohasi; Huquq taʼlim sohasi; Ijtimoiy taʼminot taʼlim sohasi; Atrof-muhit muhofazasi taʼlim sohasi; Ijtimoiy-madaniy faoliyat taʼlim yoʻnalish; Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 10,5 10,0 9,5 9,0 3. Tillar Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi (xorijiy tillarga oid qismi); Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 7,9 7,5 7,1 6,9 4. Sanʼat Sanʼat taʼlim sohasi 3,5 3,3 3,1 3,0 5. Sport Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 7,1 6,8 6,5 6,2 6. Pedagogika Pedagogika taʼlim sohasi 10,5 10,0 9,5 9,0 7. Iqtisodiyot Iqtisod taʼlim sohasi; Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish taʼlim yoʻnalish; Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 10,5 10,0 9,5 9,0 8. Qishloq xoʻjaligi Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi taʼlim sohasi; Qishloq xoʻjaligida menejment taʼlim sohasi; Veterinariya taʼlim sohasi; Irrigatsiya va melioratsiya taʼlim sohasi 10,3 10,3 9,5 8,0 9. Arxitektura Arxitektura (turlar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 6,8 6,5 6,2 6,0
Izoh: mazkur Normativlar oliy taʼlim muassasalarida taʼlimning ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) shakli hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan (kechki) shakli boʻyicha taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar sonining nisbatini belgilaydi.
Ushbu Normativlar professor-oʻqituvchilar tarkibi alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan oliy taʼlim muassasalari va oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qonunchilik hujjatlari bilan joriy etilgan oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi va sirtqi boʻlinmalarida bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari — 20,0 nisbatda belgilanadi.
Taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ayrim oliy taʼlim muassasalarida quyidagicha belgilanadi:
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining Sogʻliqni saqlash taʼlim sohasi uchun 2017/2018 oʻquv yilining ikkinchi semestrigacha — 6,8 nisbatda va 2017/2018 oʻquv yilining ikkinchi semestridan boshlab 6,0 nisbatda;
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab — 9,0 nisbatda;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab — 7,0 nisbatda;
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab — 5,1 nisbatda va 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab — 5,5 nisbatda.
Mazkur Normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 16-oktabr
