“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-3380-son)
08.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻmir sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va uning korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 26-iyuldagi PQ-3147-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda koʻmir sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish maqsadida:
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:
“Oʻzbekenergo” AJga tegishli “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJning aksiyalari paketlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida belgilangan tartibda balans qiymati boʻyicha topshirish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan jamiyatlarning aksiyalarini boshqa aksiyadorlardan qonunchilikda belgilangan tartibda bozor qiymati boʻyicha xarid qilgan holda “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni unitar korxonalar etib qayta tashkil etish;
“Oʻzbekkoʻmir” AJga qarashli hududiy distribyutorlik markazlarining 13 ta unitar korxonalarini tugatish, keyinchalik koʻmir omborlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasiga topshirish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining birlashgan yoqilgʻi-omborxona xoʻjaliklari negizida aholini, budjet tashkilotlarini, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarini koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash uchun koʻmir omborxonalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “Oʻzbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gʻulomov) bilan birgalikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga berilayotgan “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJning “Oʻzbekenergo” AJga tegishli aksiyalari paketlarining balans qiymati summasi miqdorida “Oʻzbekenergo” AJning ustav kapitali kamaytirilishini taʼminlasin.
9. Belgilansinki, “Oʻzbekkoʻmir” UK investitsiya loyihalarni amalga oshirishda tuzgan, amaldagi bitimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarni soʻndirishni “Oʻzbekkoʻmir” UK oʻz mablagʻlari hisobidan, 2-ilovaga muvofiq amalga oshiradi.
10. Belgilansinki:
“Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK energiya manbalarining narxlari (tariflari) qayta koʻrib chiqilgunga qadar koʻmir tarmogʻi tashkilotlari tomonidan olinayotgan elektr energiya uchun haq toʻlashni X tarif guruhi boʻyicha qonunchilikka muvofiq xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilanadigan energiya tizimi tariflari asosida amalga oshiradi;
3-ilovaga muvofiq, “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan jalb etilgan kreditlar boʻyicha berilgan “Oʻzbekenergo” AJning topshiriqnomalari belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qaytadan rasmiylashtiriladi.
11. 2017-2018-yillar kuz-qish davrida koʻmir qazib chiqarish va respublika boʻyicha yetkazib berishning reja-jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvchi raisi A.J. Ramatov, “Oʻzbekkoʻmir” UK, “Shargʻunkoʻmir” UK rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga:
kuz-qish davrida aholiga hamda budjet tashkilotlariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan hajmlarda koʻmir mahsuloti oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini;
koʻmir mahsulotini yetkazib berishning barcha bosqichlarida uning saqlanishini;
budjet tashkilotlari uchun koʻmir mahsulotiga narx belgilanishi darajasi, aholiga sotiladigan koʻmirning chakana narxiga rioya etilishi, shuningdek, ularning asossiz ravishda qimmatlashib ketishining oldini olish va chek qoʻyish choralari koʻrilishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
qonun hujjatlariga muvofiq, unitar korxonalar etib qayta tashkil etilayotgan “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ, ular topshirilgunga va qayta tashkil etilgunga qadar amalda boʻlgan barcha huquqlar, majburiyatlar, imtiyozlar va afzalliklar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadilar;
“Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK obyektlarini qoʻriqlash “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi kuchlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublika Prezidentining ““Shargʻunkoʻmir” AJning loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-sonli qaroriga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻmir sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va uning korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 26-iyuldagi PQ-3147-sonli qarorining 3-bandi, shuningdek, uning 1- va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A.S. Shukurov), “Oʻzbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-noyabr,
PQ-3380-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekkoʻmir” UK investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tuzilgan, amaldagi bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarini “Oʻzbekkoʻmir” UK oʻz mablagʻlari hisobidan soʻndirishni amalga oshiradigan “Oʻzbekkoʻmir” UK kreditlari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekenergo” AJning kafolatnomalari belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qaytadan rasmiylashtiriladigan “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan jalb etilgan kreditlar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 4-ILOVA
2017-2018-yillar kuz-qish davrida koʻmir qazib chiqarish va respublika boʻyicha yetkazib berishning
REJA-JADVALI
Izohlar.
* Koʻmirni ortib joʻnatish ombordagi koʻmir qoldiqlari sotilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi (2017-yil 1-yanvar holatiga koʻra ombordagi koʻmir qoldigʻi 2 317, 1 ming tonnani tashkil qildi).
** 2017-2018-yilgi kuz-qish davrining beziyon oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhlarining sayyor yigʻilishlari protokollariga koʻmir mahsulotlariga qoʻshimcha ehtiyoj taklif etilgan boʻlib, unga tuzatishlar kiritilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3380-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2727-son qaroriga kiritiladigan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. 1-bandning ikkinchi xatboshidagi nomlanishi, preambulasidagi, 2-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “AJ” qisqartmasi “UK” qisqartmasiga almashtirilsin.
2. 4-bandning:
ikkinchi xatboshining birinchi va ikkinchi satrlari quyidagi tahrirda yozilsin:
“XXR Eksimbankining jalb etiladigan zayomi boʻyicha “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ qarz oluvchi, “Shargʻunkoʻmir” UK birgalikda esa qarz oluvchi va zayomdan maqsadli hamda”;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJning” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UKning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ” soʻzlari “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 5-banddagi “Oʻzbekenergo” hamda “Shargʻunkoʻmir” AJ soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ hamda “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo” va “Shargʻunkoʻmir” AJning” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ va “Shargʻunkoʻmir” UKning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 8-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJga” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UKga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 10-bandda:
Birinchi xatboshidagi “AJni” soʻzi “UKni” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK, konsorsium va ularning subpudratchi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxatlar boʻyicha olib kiradigan hamda respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, texnologik jihozlar, avtotransport vositalari, priborlar, dasturiy taʼminot, texnik hujjatlar, shuningdek yoqilgʻi moylash materiallari, portlovchi moddalar hamda metall prokati bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etiladi”;
mazmuni quyidagicha boʻlgan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tuzilgan kontraktlarning shartlariga muvofiq konsorsium, xorijiy subpudrat va konsalting tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan maxsus transport va avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlar, uskunalar va asboblar, butlovchi buyumlar, uzellar va jihozlar davriy boj toʻlovlari toʻlanmasdan vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 11-bandda:
1-banddagi “AJni” soʻzi “UKni” deb oʻzgartirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin;
mazmuni quyidagicha beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasalari yagona ijtimoiy toʻlovdan, xorijiy fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi daromad soligʻi toʻlashdan”;
beshinchi, yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo”, “Oʻzbekkoʻmir” va “Shargʻunkoʻmir” AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari konsorsium hamda u jalb qiladigan loyiha, injiniring va subpudrat tashkilotlariga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, tegishli yigʻimlar, toʻlovlar va bojlarni undirmagan holda loyihalashtirish, qurish, burgʻulash-portlatish va geologiya-qidiruv ishlari, xizmatlar koʻrsatish uchun tegishli litsenziyalar hamda ruxsatnomalar, shuningdek, olib kiriladigan va majburiy sertifikatlashtiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar, materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar hamda asbob-uskuna, maxsus transport vositalariga muvofiqlik sertifikatlari berilishini taʼminlasin.”.
9. 13-bandning birinchi xatboshida “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. 14-banddagi “AJ” qisqartmasi “UK” qisqartmasiga almashtirilsin.
11. 15-bandning birinchi-ikkinchi satrlari quyidagi tahrirda yozilsin: “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK” talabnomalariga koʻra, mazkur” ;
12. 16-banddagi, 17-bandning birinchi xatboshidagi Oʻzbekenergo, Oʻzbekkoʻmir va Shargʻunkoʻmir AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” UK va “Shargʻunkoʻmir” UK soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. 18-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. 1-ilovaning nomlanishidagi “AJ” qisqartmasi “UK” qisqartmasiga almashtirilsin.
