13-modda. Palataning huquqlari
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari toʻgʻrisida (404-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Palata yuridik shaxsdir.
Palata quyidagi huquqlarga ega:
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari uchun patent olishda, tovar belgilarini va tovarlar mansub boʻlgan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazishda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasida va boshqa davlatlarda korxonalar, firmalar va tashkilotlar tuzish, oʻz vakolatxonalarini ochish, shuningdek chet el korxonalari va tashkilotlari bilan birgalikda aralash palatalar tuzish;
tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning manfaatlariga daxldor qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish;
gazetalar, jurnallar va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etish;
tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun fondlar taʼsis etish;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
