Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida (PQ-3366-son)
01.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
1. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash sohasida hamkorlik qilish hamda Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash masalalari boʻyicha Davlatlararo kengashni tashkil etish toʻgʻrisida 2010-yil 19-noyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 2017-yil 26-mayda Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 1-noyabr,
PQ-3366-son
