Sport hakamlari va ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2942-son)
27.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2942]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Sport hakamlari va ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-oktabr,
10-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 2-oktabrdagi 10-mh-son qaroriga ILOVA
Sport hakamlari va ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
Mazkur Nizom sport hakamlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi;
sport hakami — sport turi qoidalariga va sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs sport hakamidir.
2-bob. Sport hakamining vazifalari hamda huquq va majburiyatlari
3. Quyidagilar sport hakamining vazifalari hisoblanadi:
sport musobaqalarini xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) muvofiq lozim darajada hakamlik qilish hamda ularga rioya etilishini taʼminlash;
sport turi boʻyicha sport hakami kasbiga yosh mutaxassislarni jalb qilish va ularning bu boradagi malakasini oshirishda qatnashish.
4. Sport hakami quyidagi huquqlarga ega:
sport musobaqalarida hakamlik qilish;
sport musobaqalarida hakamlik qilganlik uchun haq (daromad) olish;
jamoat birlashmalariga birlashish;
sport musobaqasida hakamlik qilishda sport musobaqasi tashkilotchisidan tegishli shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish.
Sport hakami qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5. Sport hakami:
xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarni (reglamentlarni, nizomlarni), sport turi qoidalarini hamda sport musobaqalari qoidalarini (nizomlarini, reglamentlarini) bilishi va ularning talablariga qatʼiy rioya etishi;
yuksak madaniyatni va hamjihatlikni namuna qilib koʻrsatishi, shuningdek qoʻpollik, tartibsizlikning, ishtirokchilar (sportchilar, trenerlar, vakillar, tomoshabinlar) tomonidan sport turlari qoidalari buzilishining oldini olish choralarini koʻrishi shart.
Sport hakamiga qonunchilik hujjatlarida boshqa majburiyatlar ham belgilanishi mumkin.
6. Sport musobaqalarida faol ishtirok etganligi va xolisona hakamlik qilganligi uchun sport hakamlari:
sport musobaqalari tashkilotchisi tomonidan sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishi;
vakolatli organ tomonidan yilning eng yaxshi sport hakami sifatida tan olinishi mumkin.
5-bob. Sport hakamligidan chetlashtirish
38. Sport hakami oʻz vazifalarini va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda uning harakatlari tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalarining) sport hakamlari hayʼatlarida koʻrib chiqiladi.
39. Sport hakamining harakatlari sport federatsiyalarining (uyushmalarining) sport hakamlari hayʼatlarida tegishli sport musobaqasi yakuniga yetgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
40. Sport hakamlari hayʼatining majlisi toʻgʻrisida sport hakamiga besh kun oldin tegishli sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan yozma ravishda xabar qilinadi.
41. Sport hakami uning faoliyati koʻrib chiqiladigan sport hakamlari hayʼatining majlisida shaxsan ishtirok etishga, oʻz mulohazalari va eʼtirozlarini bildirishga haqli.
42. Tegishli sport federatsiyasi (uyushmasi) hakamlar hayʼati sport turi xususiyatidan kelib chiqqan holda sport hakamini maʼlum bir muddatga sport hakamligidan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Sport hakamiga hakamlar hayʼatining qaroridan koʻchirma taqdim qilinadi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
45. Komissiya qaroridan norozi boʻlgan shaxslar boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi vakolatli organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
46. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
47. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2017-yil 2-oktabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2017-yil 2-oktabr
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 2-oktabr
