2017-2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3345-son)
20.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika hududlari boʻyicha aholi va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyish ishlarini samarali tashkil qilish, tayyorlov tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblarini oʻz vaqtida oʻtkazish, omborxonalarni va sovutish sigʻimlarini koʻpaytirish hisobiga ularning isteʼmol xossalari saqlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, mavsumlar oʻrtasida qish-bahor oylari mobaynida ichki bozorga mahsulotni zarur hajmlarda muntazam, bir maromda yetkazib berish hisobiga narxlarning barqarorligini saqlab turish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:
2017-2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
respublika mintaqalari boʻyicha 2017-2018-yillar qish-bahor faslida aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashda aniqlangan taqchillikni qoplash manbalari 1a-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning prognoz hajmlari 2-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab- ehtiyojning prognoz hajmlari 2a-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning prognoz hajmlari 2b-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ushbu maqsadlarga budjet mablagʻlari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor faslida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ushbu maqsadlarga budjet mablagʻlari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3a-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor faslida Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ushbu maqsadlarga budjet mablagʻlari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3b-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash muddatlari 4-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun gʻamlash ishlariga jalb etilgan tayyorlov korxonalarining omborxona va sovutish sigʻimlari bilan taʼminlanganligi parametrlari 5-ilovaga muvofiq;
boshqa mintaqalar hududlarida ishlatilmayotgan sigʻimlarni jalb etish hisobiga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash uchun saqlash quvvatlari taqchilligini mintaqalarda taʼminlash parametrlari 5a-ilovaga muvofiq;
2017-2018-yillar qish-bahor fasliga gʻamlab qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki isteʼmol bozorida sotishning tarmoq jadvallari 6, 6a, 6b, 6v va 6g-ilovalariga muvofiq maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari zimmasiga — ushbu qarorning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida gʻamlab qoʻyish uchun zarur hajmlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan takroriy ekilgan yerlarda shunday mahsulotlar yetishtirishni taʼminlash yuzasidan;
“Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi raisi Z.O. Fayziyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — ushbu qarorning 2a va 2b-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlariga shartnomalar oʻz vaqtida tuzilishi va gʻamlab qoʻyilishi, talab-ehtiyojni hisobga olgan holda ularning sotilishi va narx-navoning oʻsishiga qoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga — ushbu qarorning 3a va 3b-ilovalariga muvofiq hajmlarda ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlariga shartnomalar oʻz vaqtida tuzilishi va gʻamlab qoʻyilishi hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga — 3, 3a, va 3b-ilovalarida koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyishga xarid qilish uchun ijtimoiy soha muassasalarini va ular tomonidan jalb etiladigan tayyorlov tashkilotlarini oʻz vaqtida moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi bilan birgalikda shu yilning 25-oktabriga qadar 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyish uchun mahsulot yetkazib beruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
Tuzilgan shartnomalarning natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot berilsin.
4. 2017-2018-yillar kish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozor va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun gʻamlash, shuningdek, sotish uchun yetkazib berish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) zimmasiga:
2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini gʻamlashning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi monitoringi natijalarini mintaqalar va ijtimoiy soha muassasalari boʻyicha tanqidiy koʻrib chiqish, belgilangan topshiriqlar bajarilishini taʼminlamagan masʼul shaxslarga nisbatan qattiq javobgarlik choralarini koʻrish;
aholining mahalliy sharoitda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qoplay olmayotgan mintaqalar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlashda yetishmayotgan qismini boshqa mintaqalarda yetishtirilgan mahsulot hajmlari hisobiga toʻldirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
mahsulotni gʻamlashga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojlar uchun buyurtmanomalar oʻz vaqtida taqdim etilishi va ularga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun kredit resurslari oʻz vaqtida ajratib berilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ichki isteʼmol bozorida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlariga narx-navo konyunkturasini doimiy monitoring qilib borish va qish-bahor faslida narx-navo keskin oʻzgarib turishining oldini olish maqsadida shunday mahsulotlarni omborxonalardan chiqarish hajmlarini toʻgʻrilab turish;
mahsulot sotishning tasdiqlangan prognoz hajmlari va tarmoq jadvallari bajarilishi monitoringi natijasida aniqlangan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash, tayyorlash, saqlash va sotish uchun xarid qilish bilan bogʻliq muammoli masalalarni hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish vazifasi yuklansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi:
shu yilning 1-noyabriga qadar muddatda tayyorlov korxonalarining omborxonalari va sovutish sigʻimlari ushbu qarorning 5 va 5a-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida gʻamlanishi lozim boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bir vaqtning oʻzida saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovutish sigʻimlarini xatlovdan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot bersin hamda ana shu mahsulotlarning buzilishi va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin;
2018-yilning 1-yanvariga qadar, tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida, gʻamlab qoʻyilgan mahsulotni ichki isteʼmol bozoriga yetkazib berish va savdo nuqtalarini belgilangan tartibda joylashtirish jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan togʻli va borish qiyin boʻlgan hududlari boʻyicha bir tekis taqsimlanishi hisobga olinsin;
2017-yilning 1-dekabridan 2018-yilning 15-mayigacha boʻlgan davrda saqlab qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini savdo shahobchalariga yetkazib berishning tarmoq jadvallari bajarilishi ustidan har hafta monitoring olib borilsin, uning natijalari boʻyicha Respublika ishchi guruhiga tegishli axborot har oʻn kunda taqdim etib turilsin.
6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash boʻyicha belgilangan hajmlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
2-, 2-a va 2-b ilovalarda koʻrsatilgan “Oʻzbekozikovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz aylanma mablagʻlari va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;
3-, 3-a va 3-b ilovalarida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari uchun — budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori bilan tuzilgan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi (A.N. Aripov) budjet tashkilotlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilish boʻyicha cheklangan narxlarni oʻrnatsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) bir hafta muddatda:
Budjet tashkilotlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini sotib olish boʻyicha cheklangan narxlarni shakllantirish va oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni;
budjet tashkilotlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari asosiy turlarining namunaviy reyestrini ishlab chiqsin;
2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va gʻamlash uchun hududiy moliya organlari tomonidan budjet mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin.
Bunda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyish uchun ijtimoiy soha muassasalariga budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilsin.
Ijtimoiy soha muassasalariga, istisno tariqasida, oʻz ehtiyojlari uchun oʻrtacha bozor narxlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining toʻrtta asosiy turlari (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) xarid qilishda fermer xoʻjaliklari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin, ushbu shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli boʻlinmalarida roʻyxatga olinsin. Bunda mazkur shartnomalar boʻyicha oldindan toʻlanadigan 40 foizli avans puli birinchi darajali toʻlovga tenglashtirilsin.
8. Tijorat banklariga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida gʻamlab qoʻyish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari xarid qilinishini taʼminlash uchun tayyorlov tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida imtiyozli kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin va ajratilgan mablagʻlarning natijalari toʻgʻrisida qar oʻn kunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (A.A. Azizov), MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi (N.I. Usmonbekov), Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (B. Toshmatov) shu yilning 25-oktabridan kechikmay qismlar va boʻlinmalarning dislokatsiyasini hisobga olgan holda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida harbiy xizmatchilarning ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari va hajmlari toʻgʻrisida “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga axborot taqdim etsin.
“Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining buyurtmanomalariga binoan qish-bahor faslida gʻamlash uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va parametrlarni hamda ularni moliyalashtirish masalalarini samarali hal etish maqsadida shu yilning 25-oktabridan boshlab har haftalik monitoring tizimini joriy etsin va uning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotni taqdim etib tursin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-oktabr,
PQ-3345-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 1-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashning
PROGNOZ PARAMETRLARI
ming tonna Hududlar Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlari boʻyicha resurslar hajmi 2017-2018-yillar qish-bahor faslida aholining ehtiyojlari Taqchillik kartoshka piyoz sabzi guruch kartoshka piyoz sabzi guruch kartoshka piyoz sabzi guruch Qoraqalpogʻiston Respublikasi 24,6 7,2 10,5 57,5 29,2 8,6 8,6 5,5 -4,6 -1,4 - - viloyatlar: Andijon 23,7 28,6 178,7 10,1 16,8 2,3 6,1 2,8 - - - - Buxoro 2,2 4,7 81,2 5,8 10,2 6,7 3,7 1,9 -8,0 -2,0 - - Jizzax 65,6 26,5 22,0 - 8,8 5,9 4,6 1,3 - - - -1,3 Qashqadaryo 64,5 97,9 165,3 - 61,8 9,3 23,2 12,4 - - - -12,4 Navoiy 1,8 2,1 3,9 0,4 3,5 2,3 1,5 1,3 -1,7 -0,2 - -0,9 Namangan 19,5 12,8 7,1 3,5 19,5 12,8 7,1 3,5 - - - - Samarqand 158,7 53,8 142,4 - 14,6 9,9 5,2 2,5 - - - -2,5 Surxondaryo - - 31,2 3,3 67,8 12,6 31,2 22,3 -67,8 -12,6 - -19,0 Sirdaryo 3,2 0,1 10,2 9,2 5,0 3,8 1,9 1,6 -1,8 -3,7 - - Toshkent 97,2 37,8 75,0 5,8 20,6 12,3 7,8 4,7 - - - - Fargʻona 71,4 63,0 75,7 37,4 58,7 37,4 28,0 8,2 - - - - Xorazm 24,9 54,4 51,6 106,7 29,9 19,7 10,9 5,4 -5,0 - - - Toshkent shahri - - - - 52,8 34,8 19,2 9,6 -52,8 -34,8 -19,2 -9,6 Jami 557,3 388,9 854,8 239,7 399,2 178,4 159,0 83,0 -141,7 -54,7 -19,2 -45,7
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 1a-ILOVA
Respublika mintaqalari boʻyicha 2017-2018-yillar qish-bahor faslida aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashda aniqlangan taqchillikni
QOPLASh MANBALARI
ming tonna Hududlar Jami taqchillik shu jumladan: Taqchillikni toʻldirish manbalari: kartoshka piyoz sabzi guruch kartoshka piyoz sabzi guruch hudud hajm hudud hajm hudud hajm hudud hajm Qoraqalpogʻiston Respublikasi 6,0 4,6 1,4 - - Samarqand viloyati 4,6 Jizzax viloyati 1,4 - - - - viloyatlar: Buxoro 10,1 8,0 2,0 - - Samarqand viloyati 7,5 Samarqand viloyati 1,0 - - - - Toshkent viloyati 0,4 Qashqadaryo viloyati 0,8 - - - - import 0,1 Jizzax viloyati 0,2 - - - - Jizzax 1,3 - - - 1,3 - - - - - - Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1,3 Qashqadaryo 12,4 - - - 12,4 - - - - - - Xorazm viloyati 3,5 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 8,9 Navoiy 2,8 1,7 0,2 - 0,9 Samarqand viloyati 1,7 Samarqand viloyati 0,2 - - Qoraqalpogʻiston Respublikasi 0,9 Samarqand 2,5 - - - 2,5 - - - - - - Xorazm viloyati 2,5 Surxondaryo 99,4 67,8 12,6 - 19,0 Samarqand viloyati 67,8 Samarqand viloyati 12,6 - - Xorazm viloyati 19,0 Jizzax viloyati Toshkent viloyati Sirdaryo 5,5 1,8 3,7 - - Samarqand viloyati 1,8 Jizzax viloyati 3,7 - - - - Xorazm 5,0 5,0 - - - Samarqand viloyati 5,0 - - - - - - Toshkent sh. 116,4 52,8 34,8 19,2 9,6 Toshkent viloyati 10,0 Toshkent viloyati 15,0 Toshkent viloyati 8,0 Xorazm viloyati 5,0 Samarqand viloyati 10,0 Samarqand viloyati 15,0 Samarqand viloyati 7,0 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4,6 import 32,8 Jizzax viloyati 4,8 Andijon viloyati 4,2 Jami 261,3 141,7 54,7 19,2 45,7 141,7 54,7 19,2 45,7
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 2-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning
PROGNOZ HAJMLARI
Hududlar Gʻamlash hajmi, tonna shu jumladan mahsulot turlari boʻyicha: Zarur pul mablagʻlari mln. soʻm kartoshka piyoz sabzi guruch Qoraqalpogʻiston Respublikasi 31 017 8 398 7412 5 045 10 162 63 641 Andijon viloyati 28 827 15 811 4 558 5 770 2 688 47 986 Buxoro viloyati 21 350 9 487 6 503 3 558 1 802 34 869 Jizzax viloyati 12 855 5 324 3 273 2 114 2 144 23 220 Qashqadaryo viloyati 38 334 15 431 12 054 6 083 4 766 64 790 Navoiy viloyati 8 418 3 278 2 380 1 448 1 312 14 724 Namangan viloyati 40 826 18 197 12 445 6 756 3 428 67 710 Samarqand viloyati 30 229 13 418 9 584 4 798 2 429 49 142 Surxondaryo viloyati 24 485 9 780 7 586 4 190 2 929 40 859 Sirdaryo viloyati 11 747 4 594 3 652 1 782 1 719 20 383 Toshkent viloyati 43 529 19 485 11 992 7 464 4 588 73 447 Fargʻona viloyati 45 153 18 524 11 498 10 367 4 764 73 292 Xorazm viloyati 24 298 6 421 5 230 5 709 6 938 46 422 Toshkent shahri 114 478 51 519 34 526 18 950 9 483 187 277 Jami 475 546 199 667 132 693 84 034 59 152 807 762
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 2a-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning
PROGNOZ HAJMLARI
Hududlar Gʻamlash hajmi tonna shu jumladan mahsulot turlari boʻyicha: Zarur pul mablagʻlari mln.soʻm kartoshka piyoz sabzi guruch Qoraqalpogʻiston Respublikasi 10 650 4 370 3 118 1 825 1 337 18 069 Andijon viloyati 16 500 9 364 2 645 2 405 2 086 31 054 Buxoro viloyati 8 000 3 229 2 291 1 370 1 110 13 780 Jizzax viloyati 8 900 3 351 2 183 1 487 1 879 16 788 Qashqadaryo viloyati 17 000 6 570 5 170 2 730 2 530 29 460 Navoiy viloyati 4 500 1 487 1 175 841 997 8 292 Namangan viloyati 16 250 6 971 4 759 2 680 1 840 27 445 Samarqand viloyati 3 650 1 254 1 021 636 739 6 622 Surxondaryo viloyati 10 400 3 820 3 089 1 809 1 682 18 082 Sirdaryo viloyati 4 245 1 307 1 197 859 882 7 543 Toshkent viloyati 16 550 7 120 4 401 2 980 2 049 28 313 Fargʻona viloyati 21 100 8 471 5 175 4 846 2 608 35 000 Xorazm viloyati 12 500 3 268 2 551 2 879 3 802 24 448 Toshkent shahri 11 000 4 590 3 189 1 864 1 357 18 696 Jami 161 245 65 172 41 964 29 211 24 898 283 592
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 2b-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning
PROGNOZ HAJMLARI
Hududlar Gʻamlash hajmi tonna shu jumladan mahsulot turlari boʻyicha: Zarur pul mablagʻlari mln.soʻm kartoshka piyoz sabzi guruch Qoraqalpogʻiston Respublikasi 20 367 4 028 4 294 3 220 8 825 45 572 Andijon viloyati 12 327 6 447 1 913 3 365 602 16 932 Buxoro viloyati 13 350 6 258 4 212 2 188 692 21 089 Jizzax viloyati 3 955 1 973 1 090 627 265 6 432 Qashqadaryo viloyati 21 334 8 861 6 884 3 353 2 236 35 330 Navoiy viloyati 3918 1 791 1 205 607 315 6 432 Namangan viloyati 24 576 11 226 7 686 4 076 1 588 40 265 Samarqand viloyati 26 579 12 164 8 563 4 162 1 690 42 520 Surxondaryo viloyati 14 085 5 960 4 497 2 381 1 247 22 777 Sirdaryo viloyati 7 502 3 287 2 455 923 837 12 840 Toshkent viloyati 26 979 12 365 7 591 4 484 2 539 45 134 Fargʻona viloyati 24 053 10 053 6 323 5 521 2 156 38 292 Xorazm viloyati 11 798 3 153 2 679 2 830 3 136 21 974 Toshkent shahri 103 478 46 929 31 337 17 086 8 126 168 581 Jami 314 301 134 495 90 729 54 823 34 254 524 170
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 3-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va budjet mablagʻlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarining
PROGNOZ HAJMLARI
Hududlar Muassasalar soni Gʻamlash hajmi tonna shu jumladan mahsulot turlari boʻyicha: Budjet mablagʻlariga ehtiyoj mln. soʻm kartoshka piyoz sabzi guruch Qoraqalpogʻiston Respublikasi 359 774 503 89 105 77 2 153 Andijon viloyati 530 1 769 951 394 305 119 4 317 Buxoro viloyati 378 1 193 740 236 160 57 2 539 Jizzax viloyati 214 646 409 116 82 39 1 682 Qashqadaryo viloyati 411 1 438 875 276 188 99 3 810 Navoiy viloyati 142 489 234 155 59 41 1 410 Namangan viloyati 529 2 097 1 271 389 324 113 5 519 Samarqand viloyati 618 1 985 1 182 303 376 124 5 586 Surxonda�yo viloyati 335 1 347 682 317 222 126 3 847 Sirdaryo viloyati 188 586 365 115 74 32 1 521 Toshkent viloyati 480 1 880 1 148 359 300 73 5 420 Fargʻona viloyati 737 3 247 1 826 602 633 186 8 703 Xorazm viloyati 299 1 074 672 189 138 75 2 654 Toshkent sh. 503 1 948 1 293 282 254 119 7 452 Jami: 5 723 20 473 12 151 3 822 3 220 1 280 56 613
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 3a-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va budjet mablagʻlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarining
PROGNOZ HAJMLARI
Hududlar Muassasalar soni Gʻamlash hajmi tonna shu jumladan mahsulot turlari boʻyicha: Budjet mablagʻlariga ehtiyoj mln. soʻm kartoshka piyoz sabzi guruch Qoraqalpogʻiston Respublikasi 315 517 359 60 68 30 1 542 Andijon viloyati 490 1 531 794 369 269 99 3 743 Buxoro viloyati 365 1 033 662 193 130 48 2 209 Jizzax viloyati 178 484 299 96 64 25 1 237 Qashqadaryo viloyati 347 1 004 648 188 123 45 2 676 Navoiy viloyati 123 378 168 140 42 28 1 062 Namangan viloyati 489 1 694 1 044 332 238 80 4 473 Samarqand viloyati 572 1 580 924 260 305 91 4 397 Surxondaryo viloyati 303 980 444 293 162 81 2 708 Sirdaryo viloyati 160 503 323 95 63 22 1 308 Toshkent viloyati 428 1 502 899 315 249 39 4 240 Fargʻona viloyati 672 2 645 1 450 534 525 136 7 038 Xorazm viloyati 272 851 544 159 106 42 2 118 Toshkent shahri 459 1 608 1 096 223 211 78 6 139 Jami 5 173 16 310 9 654 3 257 2 555 844 44 890
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 3b-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va budjet mablagʻlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarining
PROGNOZ HAJMLARI
Hududlar Muassasalar soni Gʻamlash hajmi tonna shu jumladan mahsulot turlari boʻyicha: Budjet mablagʻlariga ehtiyoj mln. soʻm kartoshka piyoz sabzi guruch Qoraqalpogʻiston Respublikasi 44 257 144 29 37 47 611 Andijon viloyati 40 238 157 25 36 20 575 Buxoro viloyati 13 160 78 43 30 9 330 Jizzax viloyati 36 162 110 20 18 14 445 Qashqadaryo viloyati 64 434 227 88 65 54 1 133 Navoiy viloyati 19 111 66 15 17 13 349 Namangan viloyati 40 403 227 57 86 33 1 046 Samarqand viloyati 46 405 258 43 71 33 1 189 Surxondaryo viloyati 32 367 238 24 60 45 1 139 Sirdaryo viloyati 28 83 42 20 11 10 212 Toshkent viloyati 52 378 249 44 51 34 1 180 Fargʻona viloyati 65 602 376 68 108 50 1 665 Xorazm viloyati 27 223 128 30 32 33 535 Toshkent shahri 44 340 197 59 43 41 1 314 Jami 550 4 163 2 497 565 665 436 11 723
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 4-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash
MUDDATLARI
Mahsulot turlari Tayyorlash va gʻamlash muddatlari Kartoshka 21 — 31 oktyabrgacha 31 772 tonna (15 foiz) 01 — 10-noyabrgacha 42 363 tonna (20 foiz) 11 — 20-noyabrgacha 74 139 tonna (35 foiz) 21 — 30-noyabrgacha 63 544 tonna (30 foiz) 21 oktyabrdan 30-noyabrgacha 211 818 tonna (100 foiz) Piyoz 01 — 10-oktabrgacha 47 813 tonna (35 foiz) 11 — 20-oktabrgacha 40 983 tonna (30 foiz) 21 — 31-oktabrgacha 27 322 tonna (20 foiz) 01 — 10-noyabrgacha 20 397 tonna (15 foiz) 01 oktyabrdan 10-noyabrgacha 136 515 tonna (100 foiz) Sabzi 01 — 10-noyabrgacha 21 801 tonna (25 foiz) 11 — 20-noyabrgacha 30 571 tonna (35 foiz) 21 — 31-noyabrgacha 34 882 tonna (40 foiz) 01-noyabrdan 31-noyabrgacha 87 254 tonna (100 foiz) Guruch 21 — 31-oktabrgacha 6 043 tonna (10 foiz) 01 — 10-noyabrgacha 15 108 tonna (25 foiz) 11 — 20-noyabrgacha 18 129 tonna (30 foiz) 21 — 30-noyabrgacha 21 152 tonna (35 foiz) 21-oktabrdan 30-noyabrgacha 60 432 tonna (100 foiz)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 5-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun gʻamlash ishlariga jalb etilgan tayyorlov korxonalarining omborxona va sovutish sigʻimlari bilan taʼminlanganligi
PARAMETRLARI
Hududlar Sigʻimlar soni Sigʻimlarning umumiy hajmi, tonna shu jumladan: Gʻamlash hajmi tonna Sigʻimlar bilan taʼminlanganlik (+,-) tonna omborxonalar Sovutish kameralari Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 147 42 755 27 485 15 270 31 018 11 737 Andijon viloyati 1 134 132 734 30 324 102 410 26 182 106 552 Buxoro viloyati 433 61 453 39 963 21 490 21 351 40 102 Jizzax viloyati 295 25 392 12 952 12 440 12 955 12 437 Qashqadaryo viloyati 665 105 881 59 781 46 100 38 335 67 546 Navoiy viloyati 137 24 153 10 996 13 157 6 374 17 779 Namangan viloyati 589 48 069 17 944 30 125 40 825 7 244 Samarqand viloyati 186 143 590 37 500 106 090 30 227 113 363 Surxondaryo viloyati 81 41 079 8 309 32 770 24 433 16 646 Sirdaryo viloyati 25 11 981 8 031 3 950 11 748 233 Toshkent viloyati 226 112 129 36 063 76 066 43 529 68 600 Fargʻona viloyati 1 006 105 000 32 400 72 600 45 153 59 847 Xorazm viloyati 59 31 950 8 200 23 750 24 299 7 651 Toshkent shahri 21 805 21 805 114 448 -92 643 Jami 5 983 907 971 329 948 578 023 470 877 437 094
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 5a-ILOVA
Boshqa viloyatlar hududlaridagi ishlamayotgan sigʻimlarni jalb etish hisobiga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash uchun saqlash quvvatlari taqchilligini mintaqalarda taʼminlash
PARAMETRLARI
T/r Tumanlar va shahar Sigʻimlar taqchilligi, tonna Etishmayotgan saqlash sigʻimlari oʻrnini toʻldirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Qonlikoʻl tumani 287 Nukus shahridagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 10 556 tonna 2. Taxiatosh tumani 177 3. Shumanay tumani 265 4. Moʻynoq tumani 129 Qoʻngʻirot tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 2 036 tonna Jami: 858 Andijon viloyati 1. Xonobod shahri 104 Qoʻrgʻontepa tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 2 566 tonna Jami: 104 Buxoro viloyati 1. Kogon shahri 697 Buxoro shahridagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 2 661 tonna Jami: 697 Qashqadaryo viloyati 1. Qarshi shahri 1 184 Qarshi tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 2710 tonna 2. Kasbi tumani 690 3. Gʻuzor tumani 771 Yakkabogʻ tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 5 403 tonna 4. Dehqonobod tumani 426 5. Mirishkor tumani 447 Koson tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 1 827 tonna 6. Muborak tumani 536 7. Chiroqchi tumani 70 8. Nishon tumani 179 Jami: 4 303 Navoiy viloyati 1. Konimex tumani 49,5 Navbahor ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash tumanidagi 3 147 tonna 2. Tomdi tumani 7,5 Jami: 57 Namangan viloyati 1. Namangan shahri 13 853 Namangan tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 7 323 tonna, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 5 427 tonna va Chust tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 5 794 tonna 2. Toʻraqoʻrgʻon tumani 531 Namangan tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 7 323 tonna 3. Uchqoʻrgʻon �umani 745 Chortoq tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 839 tonna Jami: 15 129 Samarqand viloyati 1. Kattaqoʻrgʻon shahri 163 Samarqand shahridagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 12 319 tonna 2. Ishtixon tumani 532 Oqdaryo tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 2 003 tonna 3. Kattaqoʻrgʻon tumani 360 Pastdargʻom tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 4 041 tonna 4. Narpay tumani 174 Samarqand tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 36 972 tonna 5. Nurobod tumani 576 Jami: 1 805 Surxondaryo viloyati 1. Termiz shahri 631 Termiz tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 12 332 tonna 2. Angor tumani 991 3. Boysun tumani 70 4. Qiziriq tumani 1 015 5. Muzrabod tumani 711 6. Sherobod tumani 1 034 7. Qumqoʻrgʻon tumani 473 Jarqoʻrgʻon tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 554 tonna Jami: 4 925 Sirdaryo viloyati 1. Yangiyer shahri 510 Sardoba tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 609 tonna 2. Shirin shahri 409 3. Xovos tumani 490 Guliston shahridagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 1 814 tonna 4. Sirdaryo tumani 178 5. Sayxunobod tumani 180 6. Oqoltin tumani 474 7. Boyovut tumani 802 Guliston shahridagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 1 814 tonna va Guliston tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 197 tonna Jami: 3 045 Toshkent viloyati 1. Angren shahri 1 981 Zangiota tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 21 098 tonna 2. Ohangaron shahri 1 119 3. Chirchiq shahri 976 Qibray tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 10 080 tonna 4. Yangiyoʻl shahri 1 807 Yangiyoʻl tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 14 741 tonna 5. Bekobod tumani 1 449 Bekobod shahridagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 1 203 tonna 6. Boʻka tumani 803 Zangiota tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 21 098 tonna 7. Toshkent tumani 2 254 8. Oqqoʻrgʻon tumani 258 9. Ohangaron tumani 1 000 10. Oʻrtachirchiq tumani 799 11. Chinoz tumani 2 100 Quyichirchiq tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 4 744 tonna Jami: 14 565 Xorazm viloyati: 1. Hazorasp tumani 310 Bogʻot tumanidagi ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash 547 tonna Jami: 310 Toshkent shahri boʻyicha: Jami: 92 643 Samarqand viloyatidagi (11 3363 tn), Andijon viloyatidagi (10 6552 tn) va Toshkent viloyatidagi (68 600 tn) ortiqcha sigʻimlar hisobiga taʼminlash Respublika boʻyicha: 138 441
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6-ILOVA
2018-yil qish-bahor fasliga gʻamlab qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozorda sotishning
TARMOQ JADVALI
tonna Hududlar Mahsulot hajmi shu jumladan 2018-yil oylar boʻyicha: yanvar fevral mart aprel may Qoraqalpogʻiston Respublikasi 31 017 3 101 4 721 7 754 9 304 6 137 Andijon viloyati 28 827 2 883 4 324 7 207 8 648 5 765 Buxoro viloyati 21 350 2 135 3 203 5 338 6 405 4 269 Jizzax viloyati 12 855 1 294 1 944 3 238 3 886 2 493 Qashqadaryo viloyati 38 334 3 833 5 750 9 584 11 500 7 667 Navoiy viloyati 8 418 842 1 263 2 104 2 525 1 684 Namangan viloyati 40 826 4 083 6 124 10 206 12 247 8 166 Samarqand viloyati 30 229 3 023 4 534 7 556 9 068 6 048 Surxondaryo viloyati 24 485 2 444 3 665 6 108 7 331 4 937 S�rdaryo viloyati 11 747 1 174 1 762 2 937 3 524 2 350 Toshkent viloyati 43 529 4 352 6 530 10 882 13 058 8 707 Fargʻona viloyati 45 153 4 515 6 774 11 288 13 515 9 061 Xorazm viloyati 24 298 2 430 3 644 6 074 7 289 4 861 Toshkent shahri 114 478 11 448 17 171 28 620 34 344 22 895 Jami 475 546 47 557 71 409 118 896 142 644 95 040
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6a-ILOVA
2018-yil qish-bahor faslida kartoshkani ichki bozorda sotishning
TARMOQ JADVALI
tonna Hududlar Mahsulot hajmi shu jumladan 2018-yil oylar boʻyicha: yanvar fevral mart aprel may Qoraqalpogʻiston Respublikasi 8 398 840 1 260 2 100 2 519 1 679 Andijon viloyati 15 811 1 581 2 372 3 953 4 743 3 162 Buxoro viloyati 9 487 949 1 423 2 372 2 846 1 897 Jizzax viloyati 5 324 532 799 1 331 1 597 1 065 Qashqadaryo viloyati 15 431 1 543 2 315 3 858 4 629 3 086 Navoiy viloyati 3 278 328 492 819 983 656 Namangan viloyati 18 197 1 820 2 730 4 549 5 459 3 639 Samarqand viloyati 13 418 1 342 2013 3 354 4 025 2 684 Surxondaryo viloyati 9 780 978 1 467 2 445 2 934 1 956 Sirdaryo viloyati 4 594 459 689 1 149 1 378 919 Toshkent viloyati 19 485 1 948 2 923 4 871 5 845 3 898 Fargʻona viloyati 18 524 1 852 2 779 4 631 5 527 3 735 Xorazm viloyati 6 421 642 963 1 605 1 926 1 285 Toshkent shahri 51 519 5 152 7 728 12 880 15 456 10 303 Jami 199 667 19 966 29 953 49 917 59 867 39 964
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6b-ILOVA
2018-yil qish-bahor faslida piyozni ichki bozorda sotishning
TARMOQ JADVALI
tonna Hududlar Mahsulot hajmi shu jumladan 2018-yil oylar boʻyicha: yanvar fevral mart aprel may Qoraqalpogʻiston Respublikasi 7 412 741 1 112 1 853 2 223 1 483 Andijon viloyati 4 558 456 684 1 140 1 368 910 Buxoro viloyati 6 503 650 976 1 626 1 951 1 300 Jizzax viloyati 3 273 337 506 843 1 012 575 Qashqadaryo viloyati 12 054 1 205 1 808 3 013 3 616 2412 Navoiy viloyati 2 380 238 357 595 714 476 Namangan viloyati 12 445 1 244 1 867 3 111 3 733 2 490 Samarqand viloyati 9 584 958 1 437 2 396 2 875 1 918 Surxondaryo viloyati 7 586 759 1 138 1 896 2 276 1 517 Sirdaryo viloyati 3 652 365 548 913 1 095 731 Toshkent viloyati 11 992 1 199 1 799 2 998 3 598 2 398 Fargʻona viloyati 11 498 1 150 1 725 2 874 3 449 2 300 Xorazm viloyati 5 230 523 784 1 308 1 569 1 046 Toshkent shahri 34 526 3 453 5 179 8 631 10 358 6 905 Jami 132 693 13 278 19 920 33 197 39 837 26 461
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6v-ILOVA
2018-yil qish-bahor faslida sabzini ichki bozorda sotishning
TARMOQ JADVALI
tonna Hududlar Mahsulot hajmi shu jumladan 2018-yil oylar boʻyicha: yanvar fevral mart aprel may Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5 045 504 757 1 261 1 513 1 010 Andijon viloyati 5 770 577 865 1 442 1 731 1 155 Buxoro viloyati 3 558 356 534 890 1 067 711 Jizzax viloyati 2 114 211 317 528 634 424 Qashqadaryo viloyati 6 083 608 912 1 521 1 825 1 217 Navoiy viloyati 1 448 145 217 362 434 290 Namangan viloyati 6 756 676 1 013 1 689 2 027 1 351 Samarqand viloyati 4 798 480 720 1 199 1 439 960 Surxondaryo viloyati 4 190 414 621 1 035 1 242 878 Sirdaryo viloyati 1 782 178 267 445 535 357 Toshkent viloyati 7 464 746 1 120 1 866 2 239 1 493 Fargʻona viloyati 10 367 1 037 1 555 2 592 3 110 2 073 Xorazm viloyati 5 709 571 856 1 427 1 713 1 142 Toshkent shahri 18 950 1 895 2 842 4 738 5 685 3 790 Jami 84 034 8 398 12 596 20 995 25 194 16 851
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6g-ILOVA
2018-yil qish-bahor faslida guruchni ichki bozorda sotishning
TARMOQ JADVALI
tonna Hududlar Mahsulot hajmi shu jumladan 2018-yil oylar boʻyicha: yanvar fevral mart aprel may Qoraqalpogʻiston Respublikasi 10 162 1 016 1 592 2 540 3 049 1 965 Andijon viloyati 2 688 269 403 672 806 538 Buxoro viloyati 1 802 180 270 450 541 361 Jizzax viloyati 2 144 214 322 536 643 429 Qashqadaryo viloyati 4 766 477 715 1 192 1 430 952 Navoiy viloyati 1 312 131 197 328 394 262 Namangan viloyati 3 428 343 514 857 1 028 686 Samarqand viloyati 2 429 243 364 607 729 486 Surxondaryo viloyati 2 929 293 439 732 879 586 Sirdaryo viloyati 1 719 172 258 430 516 343 Toshkent viloyati 4 588 459 688 1 147 1 376 918 Fargʻona viloyati 4 764 476 715 1 191 1 429 953 Xorazm viloyati 6 938 694 1 041 1 734 2 081 1 388 Toshkent shahri 9 483 948 1 422 2 371 2 845 1 897 Jami 59 152 5 915 8 940 14 787 17 746 11 764
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 7-ILOVA
2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozor va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlar uchun gʻamlash, shuningdek, sotish uchun yetkazib berish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha
Respublika ishchi guruhi
1. Z.T. Mirzayev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari 2. B.R. Parpiyev — Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi, Respublika ishchi guruhining oʻrinbosari 3. B.A. Xodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, Respublika ishchi guruhi raisining oʻrinbosari 4. R.A. Gʻulomov — Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi 5. M.M. Mirzayev — iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari 6. U.I. Inoyatov — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri 7. A.K. Shodmonov — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri 8. A.J. Vaxabov — qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari 9. A.A. Abdullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining raisi 10. T.A. Ishmetov — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari 11. Z.O. Fayziyev — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi 12. I.M. Qobilov — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari ATD bosh mutaxassisi, Respublika ishchi guruhi kotibi 13. lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 14. lavozimi boʻyicha — tijorat banklarining rahbarlari
