Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-3344-son)
20.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Soʻnggi yillarda respublikada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini koʻpaytirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Qish-bahor davrida ichki isteʼmol bozorini barqaror toʻldirish uchun yangi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga gʻamlash maqsadida ularni xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash infratuzilmasining, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu yoʻnalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishning yetarli emasligi mavsumlar oraligʻidagi davrda narxlarni barqarorlashtirish va aholi ehtiyojini qondirish uchun ularni zarur hajmlarda oʻz vaqtida va toʻliq gʻamlash imkonini bermayapti.
Respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari hamda mavsumiy meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil boʻyi va uzluksiz taʼminlash, meva-sabzavot mahsulotlarini qish-bahor davri uchun tayyorlash va gʻamlash boʻyicha davlat buyurtmasini toʻliq hajmda bajarish, ichki isteʼmol bozorida mazkur mahsulotlar narxlarining keskin oʻzgarishlarini toʻxtatib turish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkiliy tuzilmasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarini;
xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan norma va standartlarga muvofiq isteʼmol tovarlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining keng koʻlamli zamonaviy laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazilishini taʼminlaydigan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, yuqori texnologiyali sinash kompleksini;
masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli qurilish-transport tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga, uyushmaning yangilangan tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda quyidagi qoʻshimcha vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari yuklansin, ularda quyidagilar nazarda tutilsin:
davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq hajmlarda meva-sabzavot mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishini tashkil etish hamda aholini va boshqa isteʼmolchilarni arzon narxlardagi yangi meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz taʼminlash maqsadida ularni rejali tarzda sotish;
ixtisoslashtirilgan yangi omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha zamonaviy, yuqori texnologiyali, energiyadan samarali foydalanadigan uskunalarni faol joriy etish yoʻli bilan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ichki isteʼmol bozori konyunkturasini muntazam oʻrganish, obyektiv sabablarga koʻra mahalliy sharoitlarda yetishtirilmaydigan yoki respublikada yetishmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlarini import boʻyicha oʻz vaqtida chetdan keltirishni tashkil etish yuzasidan takliflarni kelishish uchun tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
dehqon oziq-ovqat bozorlarida chakana savdo tarmoqlarini kengaytirish, barcha tuman markazlarida, aholidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha punktlar tashkil etish hisobiga ularga meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita yetishtiruvchilardan toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilishni yoʻlga qoʻyish;
aholini, shu jumladan uzoqdagi va borish kiyin boʻlgan joylardagi aholini, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash;
respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan qabullarni oʻtkazishda umumiy ovqatlanish korxonalariga koʻmaklashish va tashkiliy-metodik yordam koʻrsatish;
meva-sabzavot mahsulotlari uchun muvofiqlik sertifikatlari olishda, umumiy eʼtirof etilgan xalqaro normalar va standartlar talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda eksport qiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatish;
yangi ixtisoslashtirilgan omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni loyihalashtirishni va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etish, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar uchun qurilish-transport xizmatlari koʻrsatish.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha hududiy filiallari va tashkilotlari roʻyxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining yangilangan ijro etuvchi apparati boshqaruvi xodimlarining cheklangan soni 53 nafardan iborat tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-iyungacha:
ichki isteʼmol bozori konyunkturasini oʻrganish asosida ichki isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligini saqlash uchun meva-sabzavot mahsulotlarini gʻamlash prognoz hajmlarini va ularning assortiment tarkibi aniqlanishini;
meva-sabzavot mahsulotlarining aniq yetishtiruvchilari bilan bogʻlagan holda tayyorlov tashkilotlarining joylashuvi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari viloyatlar, tumanlar va fermer xoʻjaliklari kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga doir qarorlar qabul qilishda davlat buyurtmasiga binoan meva-sabzavot mahsulotlari gʻamlash parametrlarini hisobga olsinlar.
5. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi bir oy muddatda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha muassislarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining ijro etuvchi apparatini va “Oziqovqattaʼminot”ning hududiy filiallarini puxta tanlov asosida yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislari bilan toʻldirishni;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda — yangidan tashkil etilayotgan “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarini joylashtirishni;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan korxonalarga ular tomonidan dehqon bozorlari hududlarida “Xizmat-beminnat” chakana savdo pavilyonlari tashkil etishda tashkiliy yordam koʻrsatishni;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan aholidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Quyidagilar “Xizmat-beminnat” shuʼba korxonalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bevosita ularning yetishtiruvchilaridan xarid qilishni va ularni maqbul narxlarda dehqon bozorlarida sotishni tashkil etish;
dehqon bozorlarini “dala-doʻkon” qoidasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan toʻldirish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlarga aholiga arzon narxlar bilan turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yil davomida sotishni tashkil etish uchun yengil konstruksiyalardan foydalangan holda “Xizmat-beminnat” ixtisoslashtirilgan savdo pavilyonlari qurishga dehqon bozorlari va yirik aholi uy-joy massivlari hududlarida bepul savdo joylari berishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” AJ, “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi, “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi” AJ va boshqa sugʻurta tashkilotlari:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar boʻyicha qaytarmaslik tavakkalchiliklariga ajratiladigan kreditlar summasining 80 foizigacha miqdorda yillik 1 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka boʻyicha sugʻurta qoplovi berilishini;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar boʻyicha qaytarmaslik tavakkalchiligi sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta tashkilotlarining sheriklik guruhi tuzilishini taʼminlab borsin.
9. 2017-yilning 1-noyabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan:
tayyorlov ishlari bilan shugʻullanadigan tashkilotlar faoliyati savdo faoliyatiga tenglashtiriladi va ularga savdo korxonalari uchun belgilangan soliq solish tartibi tatbiq etiladi. Bunda savdo faoliyatining tegishli turlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliq solinadigan savdo aylanmasi faoliyatining mazkur turi boʻyicha yagona soliq toʻlovi obyekti hisoblanadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha tovar aylanmasi yagona soliq toʻlovidan 5 yil muddatga ozod etilsin.
Belgilansinki, ushbu imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — kelgusida ulardan yangi ixtisoslashtirilgan omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralari qurish va mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, meva-sabzavot tovarlarini qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlashda foydalanish uchun “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining maxsus hisob raqamiga yoʻnaltiriladi;
50 foizi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tasarrufida qoldiriladi hamda ulardan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, gʻamlash va saqlashni moliyalashtirish, shuningdek, tijorat banklarining jalb etilgan kreditlarini toʻlash uchun foydalaniladi.
10. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlarga toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzlari yuzaga kelishiga barham berish maqsadida, yangi, quritilgan va qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport kontraktlari asosida, oldindan haq toʻlamasdan, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan chet elda ochilgan savdo uylariga yetkazib berish va sotishga ruxsat etilsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki:
paxta terimchilarining ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini chakana savdo korxonalari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitob qilish boʻyicha sotish chakana tovar aylanmasiga tenglashtiriladi;
aholiga va ijtimoiy soha muassasalariga belgilab qoʻyilgan narxlar boʻyicha davlat resurslaridan ajratiladigan oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini (un, oʻsimlik yogʻi va shu kabilarni) sotish “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-sonli qarori 4-bandi, shuningdek, qarorning 1 — 3-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-oktabr,
PQ-3344-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining
TASHKILIY TUZILMASI
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Isteʼmol tovarlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sinov kompleksi “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallari 14 Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha tashkilotlar 56 Aholidan meva-sabzavotlari xarid qilish punktlari 157 Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qurilish-transport tashkiloti “Xizmat-beminnat” UKning dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 228
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha hududiy filiallari va tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r Tashkilotlar nomi Soni Joylashgan manzili Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Uyushmaning Qoraqalpogʻiston hududiy filiali 1 Nukus sh. 2. MCHJ “Nukus universal bazasi” 4 Nukus sh. 3. “Barakat-Toʻrtkoʻl” MCHJ Toʻrtkoʻl tumani 4. “Shimbayulgurjisavdoinvest” MCHJ Chimboy tumani 5. “Turon-Hamid” MCHJ Xoʻjayli sh. 6. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 14 tumanlar 7. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 16 shahar va tumanlar Andijon viloyati 8. Uyushmaning Andijon hududiy filiali 1 Andijon sh. 9. “Andijon goʻsht-sut savdo” MCHJ 6 Andijon sh. 10. “Savdo sotiq” MCHJ Andijon sh. 11. “Toʻrtkoʻl” MCHJ Izboskan tumani 12. “Andijon yuksalish savdo” MCHJ Andijon sh. 13. “Andijon oziq-ovqat zaxira” MCHJ Andijon sh. 14. “Ibrohimjon sarhadlari” MCHJ Baliqchi tumani. 15. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 14 viloyat tumanlari 16. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 18 shahar va tumanlar Buxoro viloyati 17. Uyushmaning Buxoro hududiy filiali 1 Buxoro sh. 18. “Buxoro goʻsht-sut savdo” AJ 2 Buxoro sh. 19. “Romitan savdo” MCHJ Romitan tumani 20. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 11 viloyat tumanlari 21. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 19 shahar va tumanlar Jizzax viloyati 22. Uyushmaning Jizzax hududiy filiali 1 Jizzax sh. 23. “Turkiston matlubot invest” MCHJ 3 Zomin tumani 24. “Elga sadoqat” MCHJ Doʻstlik tumani 25. “Mannon ota” MCHJ Jizzax sh. 26. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 12 viloyat tumanlari 27. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 12 shahar va tumanlar Qashqadaryo viloyati 28. Uyushmaning Qashqadaryo hududiy filiali 1 Qarshi sh. 29. “Qashqadaryoulgurjisavdoinvest” MCHJ 4 Qarshi sh. 30. “Qashqadaryotijoratsavdo” MCHJ Qarshi sh. 31. “Shahrisabz oziq-ovqat mollari” MCHJ Shahrisabz tumani 32. “Kitob meva-sabzavot zaxira” MCHJ Kitob tumani 33. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 13 viloyat tumanlari 34. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 17 shahar va tumanlar Navoiy viloyati 35. Uyushmaning Navoiy hududiy filiali 1 Navoiy sh. 36. “Navoiy oziq-ovqat invest” MCHJ 1 Navoiy sh. 37. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 8 viloyat tumanlari 38. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 14 shahar va tumanlar Namangan viloyati 40. Uyushmaning Namangan hududiy filiali 1 Namangan sh. 41. “Namangan oziq-ovqat agro eksport” MCHJ 5 Namangan sh. 42. “Namanganulgurjisavdoinvest” MCHJ Yangiqoʻrgʻon tumani 43. “Vodiysahovatiagroinvestulgurjisavdo” MCHJ Namangan sh. 44. “Yuksalish ulgurji savdo eksport” MCHJ Namangan sh. 45. “Namangan universal savdo invest” MCHJ Toʻraqoʻrgʻonskiy tumani 46. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 11 viloyat tumanlari 47. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 14 shahar va tumanlar Samarqand viloyati 48. Uyushmaning Samarqand hududiy filiali 1 Samarqand sh. 49. “Shirin Omad Servis” MCHJ 1 Samarqand sh. 50. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 14 viloyat tumanlari 51. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 20 shahar va tumanlar Sirdaryo viloyati 52. Uyushmaning Sirdaryo hududiy filiali 1 Guliston sh. 53. “Guliston Bunyodkor servis” MCHJ 4 Guliston sh. 54. “Bunyodkor goʻsht-sut savdo invest” MCHJ Guliston sh. 55. “Sayxun baraka savdo” MCHJ Guliston sh. 56. “Sifatli biznes ulgurji savdo” MCHJ Guliston sh. 57. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 8 viloyat tumanlari 58. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 10 shahar va tumanlar Surxondaryo viloyati 59. Uyushmaning Surxondaryo hududiy filiali 1 Termiz sh. 60. “Surxondaryooziq-ovqat mollari” AJ 2 Termiz sh. 61. “Termiz sanoat mollari” MCHJ Termiz sh. 62. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 13 viloyat tumanlari 63. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 21 shahar va tumanlar Toshkent viloyati 64. Uyushmaning Toshkent hududiy filiali 1 65. “Markaz Savdo Invest” MCHJ 5 Toshkent shahri 66. “Chirchiqgoʻsht-sut savdo” MCHJ Boʻstonliq tumani 67. “Bekobod goʻsht-sut savdo” MCHJ Bekobod sh. 68. “Yangiyul oziq-ovqat savdo” MCHJ Yangiyoʻl sh. 69. “Olmaliqoziq-ovqat zaxira” MCHJ Olmaliq sh. 70. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 14 viloyat tumanlari 71. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 15 shahar va tumanlar Fargʻona viloyati 72. Uyushmaning Fargʻona hududiy filiali 1 Fargʻona sh. 73. “Fargʻona goʻsht-sut savdo” AJ 8 Margʻilon sh. 74. “Qoʻqon-Baqqollik” MCHJ Qoʻqon sh. 75. “Fargʻonaulgurjisavdoinvest” MCHJ Margʻilon sh. 76. “Vodiy oziq-ovqat zaxira” MCHJ Fargʻona sh. 77. “Chimyon baraka savdo servis” MCHJ Fargʻona tumani 78. “Rishton oziq-ovqat savdo” MCHJ Rishton tumani 79. “Qoʻqon oziq-ovqat invest” MCHJ Qoʻqon sh. 80. “Intertreyd invest Yaypan” MCHJ Oʻzbekiston tumani 81. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 15 viloyat tumanlari 82. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 23 shahar va tumanlar Xorazm viloyati 83. Uyushmaning Xorazm hududiy filiali 1 Urganch 84. “Xorazm oziq-ovqat mollari” MCHJ 5 Urganch tumani 85. “Hazorasp Turon” MCHJ Hazorasp tumani 86. “Yangi Qoʻshkoʻpir” MCHJ Qoʻshkoʻpir tumani 87. “Yangiariq zaxira” MCHJ Yangiariq tumani 88. “Xiva chinor savdo” MCHJ Xiva tumani 89. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari 10 viloyat tumanlari 90. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 17 shahar va tumanlar Toshkent shahri 91. Uyushmaning Toshkent hududiy filiali 1 Toshkent shahri 92. “RTPF Tijorat” MCHJ 6 Toshkent shahri 94. “Neogeyt treyd” MCHJ Toshkent shahri 95. “PSM GROUP” AJ Toshkent shahri 96. “Gold Atlas Global” MCHJ Toshkent shahri 97. “Oziq-ovqat zaxira invest” MCHJ Toshkent shahri 98. “Atlas global” MCHJ Toshkent shahri 99. Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari 12 Toshkent shahri
Izoh.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallari — 14 ta.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining savdo-tayyorlov tashkilotlari — 56 ta. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari — 157 ta.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari — “Xizmat-beminnat” UK — 228 ta.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Boshqaruv raisi Yordamchi Rais oʻrinbosari Rais oʻrinbosari Rais oʻrinbosari Qishloq xoʻjaligi mahsulotiga talab va takliflarni prognozlashtirish boshqarmasi 5 Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash boshqarmasi 6 Investitsiyalarni jalb etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning moddiy texnik bazasini rivojlantirish boshqarmasi 7 Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi 5 Bosh yuriskonsult 1 Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi 4 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun gʻamlash boshqarmasi 7 Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish boʻlimi 3 Ijro intizomini nazorat qilish mutaxassisi 1 Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi 3 Maxsus qism 1 Kadrlar bilan ishlash va arxiv ishini yuritish boʻyicha mutaxassis 1 Ishlar boshqarmasi 4
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 53 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
“Oziqovqattaʼminot” hududiy filiali Filial rahbari Bosh buxgalter Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash va saqlash boʻlimi Aholini asosiy isteʼmol mahsulotlari bilan taʼminlash boʻlimi Moddiy-texnik bazani rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻlimi Kadrlar, arxiv ishini yuritish va ijro intizomini nazorat qilish boʻyicha mutaxassis Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻyicha mutaxassis Rasmiy qabul marosimlariga xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha mutaxassis
Izoh.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy filiallarining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 192 nafar, shu jumladan:
Toshkent shahrida — 16 nafar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida — 14 nafardan;
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida — 13 nafardan.
