Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish sohasidagi loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlari boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-iyuldagi PQ-3145-son qarori) (851-son)
19.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish sohasidagi loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlari boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-iyuldagi PQ-3145-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-oktabr,
851-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 851-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qarori 2-bandining birinchi xatboshidagi “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Loyihalash tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (qatnashchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi hamda “ToshuyjoyLITI” AJ, “Issiqlikelektrloyiha” AJ va “Energotarmoqloyiha” AJdagi muassislar ulushlarini ularga sotadigan vazirliklar va idoralar roʻyxatining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ 5. “OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi Davlat geologiya qoʻmitasi ”.
