Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish xamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (849-son)
18.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni tayyorlashni ragʻbatlantirish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va samarali ishlatish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni taʼminlash, shuningdek zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini faol joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ aksiyadorlarining korxona nomini “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga (keyingi oʻrinlarda “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ deb ataladi) oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ ning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
ikkinchi — ishlab chiqarishni yangi turdagi mahsulotlar tayyorlashni oʻzlashtirish boʻyicha modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, rangli metallarni qayta ishlaydigan zamonaviy, energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek xomashyo bazasini kengaytirish;
uchinchi — ishlab chiqarishning barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarning eksport hajmlarini, jumladan yangi bozorlarni oʻzlashtirish hisobidan oshirish, tashqi bozorlardagi pozitsiyalarni mustahkamlash;
toʻrtinchi — mahsulot tannarxini, xususan, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va operatsiya xarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar hamda xizmatlar importi hajmlarini qisqartirish hisobidan pasaytirishga doir aniq maqsadli ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish;
beshinchi — ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonlariga innovatsiya ishlanmalarini joriy etish, ilm-fan va ishlab chiqarishning yanada yaqin aloqasini taʼminlash;
oltinchi — oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda ilmiy muassasalar bilan kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish orqali muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarining toʻliq hamda sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev) bilan birgalikda 2018 — 2020-yillarda “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJni rivojlantirish dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJga:
yuridik va jismoniy shaxslar bilan topshirilgan siniq parchalar uchun metall parchalari topshiruvchilar tomonidan rangli metall parchalari hamda chiqindilari topshirilishini ragʻbatlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxlar boʻyicha hisob-kitob qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun rangli metall parchalari hamda chiqindilarini sotishga ruxsat berilsin.
10. “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev), “Oʻzmetkombinat” AJ (A.X. Xursanov) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (D.D. Asamov) topshirilgan qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilarini tayyorlash, saqlash hamda ular uchun hisob-kitob qilish tartibini takomillashtirishga doir takliflarni 15 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov):
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (M.V. Toxiriy) bilan birgalikda ishlab chiqarish-texnik, maishiy va boshqa buyumlar parchalari hamda rangli metall chiqindilarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqilishining oldini olish boʻyicha doimiy ravishda tezkor tadbirlar oʻtkazsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (B.R. Parpiyev) bilan birgalikda:
tarkibida rangli metallar boʻlgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni qabul qiladigan noqonuniy punktlar faoliyat koʻrsatishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ularni toʻplash, tayyorlash, saqlash, foydalanish hamda topshirish boʻyicha noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyish;
tashkilotlar, muassasalar, qurilish maydonlari va boshqa obyektlarda tarkibida rangli metallar boʻlgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni, shu jumladan qabristonlardagi rangli metallardan tayyorlangan yodgorliklar hamda panjaralarning oʻgʻirlanishi, ularga zarar yetkazilishi va noqonuniy muomalada boʻlishining oldini olish;
aholi oʻrtasida rangli metall parchalari va chiqindilarining muomalada boʻlish tartibi, shuningdek ularni oʻgʻirlash, noqonuniy tayyorlash va respublika tashqarisiga kontrabanda yoʻli bilan olib chiqib ketish uchun javobgarlik choralari haqida profilaktika ishlari boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirsin.
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilarini tayyorlash, sotib olish, foydalanish hamda sotish tartibi buzilishining oldini olish va bunga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida muntazam yoritilishini taʼminlasinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-oktabr,
849-son
