“Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3336-son)
17.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika temir yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish, Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasi uchastkasini elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga yoʻlovchilar va yuk tashishlar samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
2017-yilning 21-aprel kuni Osiyo taraqqiyot banki direktorlar Kengashi (OTB) “Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish” (keyingi oʻrinlarda — loyiha deb yuritiladi) loyihasini amalga oshirish uchun OTBning besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, uzish muddati 25 yil boʻlgan, 80,0 mln. AQSH dollari miqdorida oddiy kapital resurslaridan Oʻzbekiston Respublikasiga qarz berishni maʼqulladi;
loyihani amalga oshirish davri etib besh yil belgilandi (2017 — 2021-yillar);
OTBning qarzi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi asosida taqdim etiladi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekvivalenti 122,03 mln. AQSH dollari miqdorida, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish koʻrinishida 38,72 mln. AQSH dollari, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ekvivalenti 72,09 mln. AQSH dollari hamda “Oʻzbekenergo” AJning ekvivalenti 11,22 mln. AQSH dollari miqdoridagi shaxsiy mablagʻlari hisoblanadi.
2. Belgilansinki:
qarzdan maqsadli va samarali foydalanish va loyihani amalga oshirish yuzasidan ijro etuvchi organ etib “Oʻzbekenergo” AJ hisoblanadi;
OTBning qarzini uzish, shuningdek, foizlarni toʻlash, OTBning qarzi boʻyicha komissiyalar va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
loyiha doirasida tashqi elektrlashtirish obyektlarini loyihalashtirish va qurish “Oʻzbekenergo” AJning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ loyiha doirasida OTB qarzi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning shaxsiy mablagʻlari hisobidan xarid qilgan tashqi elektr taʼminlash materiallari va uskunalarini begʻaraz asosda “Oʻzbekenergo” AJga mulk sifatida taqdim etadi.
3. “Oʻzbekenergo” AJ raisiga OTB va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻrtasidagi loyiha bitimiga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga zarur hisobotlarni oʻz vaqtida tuzish va taqdim etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Loyihani amalga oshirish doirasida:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ — Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish boʻyicha bosh buyurtmachi;
“Oʻzbekenergo” AJ — tashki elektr taʼminoti obyektlarini qurish boʻyicha bosh buyurtmachi;
“Boshtransloyiha” AJ va “Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekenergo” AJning tarkibiy boʻlinmalari — bosh pudrat tashkilotlari etib belgilansin.
5. Quyidagilar:
“Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq;
OTB qarzini uzish va uning foizlari hamda komissiyalarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimini, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi birinchi oʻrinbosariga OTB bilan loyiha bitimini imzolash vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibdagi yuridik xulosani bersin.
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekenergo” AJga loyihani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida:
2018-yilning 1-apreligacha Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish va tashqi elektr taʼminoti obyektlarini qurish bilan birgalikda, loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning oʻzida ishlab chiqishni amalga oshirish;
tender savdolarini oʻtkazmasdan turib, ishlab-chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dillerlari (distrebyutorlari) bilan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida, yuklashdan avvalgi inspeksiyani oʻtkazgan holda, uskuna va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar yetkazib berishga shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan uskunalar, texnika, texnologiyalar, butlovchilar va materiallar qismida import shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
10. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ loyihani amalga oshirish doirasida, mansubligiga qarab, oʻz mablagʻlari hisobidan qurilish hududiga tushgan mavjud muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirishni va ulashni, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini hisobga olgan holda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalari ulanilishini taʼminlasin.
11. Loyihani amalga oshirish doirasida 2022-yilning 1-yanvarigacha:
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik hujjatlar, asbob-uskunalar — bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
buyurtmachiga bosh loyiha va pudrat tashkilotlari, subpudratchilar va yetkazib beruvchilar tomonidan (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari) sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) — qoʻshilgan qiymat soligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga toʻlaniladigan majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan ishlardan (koʻrsatilgan xizmatlardan) olingan daromadlar — yuridik shaxslar daromadi soligʻidan;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekenergo” AJ tashkilotlari oʻrtasida begʻaraz asosda topshiriladigan va qabul qilinadigan mulk — daromad soligʻidan ozod etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ ish hujjatlari parametrlarini hisobga olgan holda bosh buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan asosli hisob-kitoblarga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hajmlarda: sement va metalprokatni — boshqariladigan narxlarda, yoqilgʻi-moylash materiallarini — kelishilgan narxlarda ajratilishini hamda yetkazib berilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini, konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga, koʻp martalik vizalarni choʻzdirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan tegishli davlat-arxitektura nazoratini oʻrnatsin.
16. Namangan va Andijon viloyatlari hokimliklari belgilangan tartibda:
Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish boʻyicha ishlarni olib borish uchun yer uchastkalari ajratilishini;
Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish boʻyicha ishlarni olib borish hududida yashayotgan fuqarolarni loyihada nazarda tutilgan muddatlarda koʻchirishni;
mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga, qurilish ishlari olib boriladigan uchastkalarni olib qoʻyilishi bilan bogʻliq kompensatsiyalar (fermer xoʻjaliklari tomonidan koʻrilgan zararlar, kesilgan daraxtlar va fuqarolarni koʻchirish) berilishini taʼminlasin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va “Oʻzbekenergo”AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-oktabr,
PQ-3336-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PQ-3336-son qaroriga 1-ILOVA
“Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari texnik-iqtisodiy asosi
T/r Koʻrsatkichlarning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari OTB qarzi Davlat ulushi 1. Loyihaning cheklangan qiymati ming AQSH dollari ekv. 202 030,7 72 090,2 11 215,5 80 000,0 38 724,9 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami shu jumladan: ming AQSH dollari ekv. 160 137,6 68 922,1 11 215,5 80 000,0 0,0 mashina va uskunalar ming AQSH dollari ekv. 71 897,1 14 090,9 156,0 57 650,3 0,0 EMVda ming AQSH dollari 57 650,3 0,0 0,0 57 650,3 0,0 milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 14 246,9 14 090,9 156.0 0,0 0,0 qurilish-montaj ishlari ming AQSH dollari ekv. 64 617,1 44 028,1 9 607,3 10 981,8 0,0 EMVda ming AQSH dollari 19 735,7 8 754,0 0,0 10981,8 0,0 milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 44 881,3 35 274,1 9 607,3 0,0 0,0 investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar ming AQSH dollari 3 594,8 3 109,8 484,9 0,0 0,0 EMVda ming AQSH dollari 2 794,8 2 397,8 396,9 0,0 0,0 Milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 800,0 712,0 88,0 0,0 0,0 birlamchi aylanma kapitali ming AQSH dollari ekv. 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 EMVda ming AQSH dollari 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 Milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 boshqa xarajatlar ming AQSH dollari ekv. 20 028,7 7 6933 967,4 11 368,0 0,0 EMVda ming AQSH dollari 11 484,1 108,7 7,4 11 368,0 0,0 milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 8 544,6 7 584,6 960,0 0,0 0,0 3. Mavjud asosiy fondlarning qiymati ming AQSH dollari ekv. 3 168,1 3 168,1 0,0 0,0 0,0 4. QQS, bojxona toʻlovlariboʻyicha imtiyozlar vatushumlar bilan ajratmalar jumladan: ming AQSH dollari 38 724,9 0,0 0,0 0,0 38 724,9 mashina va uskunalar ming AQSH dollari 18 839,3 0,0 0,0 0,0 18 839,3 qurilish-montaj ishlari ming AQSH dollari 15 112,6 0,0 0,0 0,0 15 112,6 boshqa xarajatlar ming AQSH dollari 4 773,0 0,0 0,0 0,0 4 773,0 5. Korxona quvvati, shu jumladan: liniyaning uzunligi km 145,1 yuk aylanmasi (netto) yiliga mln tn-km 962,6 yoʻlovchilar aylanmasi yiliga mln y-km 32 613,4 6. Bandlarning taxminiy soni kishi 135 7. Loyihaning oʻzini-oʻzi oqlashi taxminiy muddati yil 25,5 8. Investitsiya davrining davomiyligi oy 48 9. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati ming AQSH dollari ekv. 160 137,6 10. Qarzni soʻndirish muddati OTB — 25 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PQ-3336-son qaroriga 2-ILOVA
Loyihani amalga oshirish uchun OTB qarzini uzish va uning foizlari hamda komissiyalarini toʻlash jadvali
Qarz summasi 80,0 mln AQSH dollari Soʻndirish muddati 25 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 6-oy. yil iga LIBOR+0,5 foiz Majburiyat uchun komissiya Qarzning oʻzlashtirilmay qolgan summasidan yil iga 0,15 foiz (AQSH dollari) Toʻlov muddati Asosiy qarzni toʻlash summasi Foizlarni toʻlash summasi** Majburiyat uchun komissiyalarni toʻlash summasi Toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa 2017-yil 15-avgust 18 196 18 195,83 2018-yil 15-fevral 1 558,33 59 100 60 658,33 2018-yil 15-avgust 10 200,00 53 475 63 675,00 2019-yil 15-fevral 73 950,00 47 850 121 800,00 2019-yil 15-avgust 137 700,00 32 850 170 550,00 2020-yil 15-fevral 307 700,00 19 350 327 050,00 2020-yil 15-avgust 460 700,00 10 350 471 050,00 2021-yil 15-fevral 562 700,00 1 350 564 050,00 2021-yil 15-avgust 664 700,00 600 665 300,00 2022-yil 15-fevral 673 200,00 673 200,00 2022-yil 15-avgust 2 000 000,00 680 000,00 2 680 000,00 2023-yil 15-fevral 2 000 000,00 663 000,00 2 663 000,00 2023-yil 15-avgust 2 000 000,00 646 000,00 2 646 000,00 2024-yil 15-fevral 2 000 000,00 629 000,00 2 629 000,00 2024-yil 15-avgust 2 000 000,00 612 000,00 2 612 000,00 2025-yil 15-fevral 2 000 000,00 595 000,00 2 595 000,00 2025-yil 15-avgust 2 000 000,00 578 000,00 2 578 000,00 2026-yil 15-fevral 2 000 000,00 561 000,00 2 561 000,00 2026-yil 15-avgust 2 000 000,00 544 000,00 2 544 000,00 2027-yil 15-fevral 2 000 000,00 527 000,00 2 527 000,00 2027-yil 15-avgust 2 000 000,00 510 000,00 2 510 000,00 2028-yil 15-fevral 2 000 000,00 493 000,00 2 493 000,00 2028-yil 15-avgust 2 000 000,00 476 000,00 2 476 000,00 2029-yil 15-fevral 2 000 000,00 459 000,00 2 459 000,00 2029-yil 15-avgust 2 000 000,00 442 000,00 2 442 000,00 2030-yil 15-fevral 2 000 000,00 425 000,00 2 425 000,00 2030-yil 15-avgust 2 000 000,00 408 000,00 2 408 000,00 2031-yil 15-fevral 2 000 000,00 391 000,00 2 391 000,00 2031-yil 15-avgust 2 000 000,00 374 000,00 2 374 000,00 2032-yil 15-fevral 2 000 000,00 357 000,00 2 357 000,00 2032-yil 15-avgust 2 000 000,00 340 000,00 2 340 000,00 2033-yil 15-fevral 2 000 000,00 323 000,00 2 323 000,00 2033-yil 15-avgust 2 000 000,00 306 000,00 2 306 000,00 2034-yil 15-fevral 2 000 000,00 289 000,00 2 289 000,00 2034-yil 15-avgust 2 000 000,00 272 000,00 2 272 000,00 2035-yil 15-fevral 2 000 000,00 255 000,00 2 255 000,00 2035-yil 15-avgust 2 000 000,00 238 000,00 2 238 000,00 2036-yil 15-fevral 2 000 000,00 221 000,00 2 221 000,00 2036-yil 15-avgust 2 000 000,00 204 000,00 2 204 000,00 2037-yil 15-fevral 2 000 000,00 187 000,00 2 187 000,00 2037-yil 15-avgust 2 000 000,00 170 000,00 2 170 000,00 2038-yil 15-fevral 2 000 000,00 153 000,00 2 153 000.00 2038-yil 15-avgust 2 000 000,00 136 000,00 2 136 000,00 2039-yil 15-fevral 2 000 000,00 119 000,00 2 119 000,00 2039-yil 15-avgust 2 000 000,00 102 000,00 2 102 000,00 2040-yil 15-fevral 2 000 000,00 85 000,00 2 085 000,00 2040-yil 15-avgust 2 000 000,00 68 000,00 2 068 000,00 2041-yil 15-fevral 2 000 000,00 51 000,00 2 051 000,00 2041-yil 15-avgust 2 000 000,00 34 000,00 2 034 000,00 2042-yil 15-fevral 2 000 000,00 17 000,00 2 017 000,00 Jami: 80 000 000,0 16 167 708,33 242 520,83 97 074 929,17
* Toʻlovlar summasi qarz mablagʻlari aniq oʻzlashtirilgandan keyin aniqlanadi.
** Foiz stavkasi hisob-kitobga koʻra 1,7 foizga teng miqdorda qabul qilingan.
