2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (321-son)
09.07.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda umumiy oʻrta taʼlim tizimini tubdan yaxshilash, eng yuksak, zamonaviy talablarga javob beradigan oʻquv-moddiy bazasini va taʼlim standartlarini shakllantirish, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda jihozlanishidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarni oʻqitish uchun teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F-1910-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
umumtaʼlim maktablari binolarini va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tubdan yangilash va kapital rekonstruksiya qilish;
maktablarni zamonaviy oʻquv va oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv-uslubiy materiallar bilan jihozlash;
taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
umumtaʼlim maktablarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, ular mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish;
umumtaʼlim maktablari sport bazasini mustahkamlash va ularda sportni rivojlantirish.
2. Quyidagilar:
buzib tashlanadigan avariya holatidagi maktablar oʻrniga yangi maktablar qurish, maktablarni, shu jumladan borish qiyin boʻlgan mintaqalardagi maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash parametrlari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
umumtaʼlim maktablarining sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, ushbu qarorning 2-bandida tasdiqlangan parametrlardan kelib chiqqan holda 2005—2009-yillarda umumtaʼlim maktablarini tiklashning aniq hududiy dasturlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Shu bilan birga, kapital rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash davrida tiklanayotgan maktablar oʻquvchilarini yaqinda joylashgan maktablarga va boshqa umumtaʼlim muassasalariga, oʻquv jarayoniga zarar yetkazmagan holda vaqtinchalik oʻtkazishning aniq jadvali va joylashuvi ishlab chiqilsin.
5. Quyidagilar:
buzib tashlanadigan maktab binolari oʻrniga yangilarini qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha cheklangan normativ xarajatlarni va namunaviy loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzqishloqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati hamda “Oʻzmeʼmorqurilishloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh institutlar etib belgilanganligi;
koʻrsatib oʻtilgan loyihalash institutlari tomonidan yangi qurilish uchun 6 namunaviy loyiha, kapital rekonstruksiya qilish uchun 51 namunaviy loyiha, kapital taʼmirlash uchun xarajatlarning cheklangan normativlari koʻrsatilgan loyiha yechimlarining 10 ta albomi, joriy taʼmirlash uchun xarajatlarning cheklangan normativlari koʻrsatilgan loyiha yechimlarining 5 ta albomi, shuningdek umumtaʼlim maktablari ayrim uzellari va konstruksiyalarini mustahkamlashning 220 loyiha yechimi koʻrsatilgan namunaviy albom ishlab chiqilganligi;
umumtaʼlim maktablarini yangidan qurish yuzasidan namunaviy loyihalarni ishlab chiqishda oʻquvchi oʻrinlarining cheklangan soni shahar joylarda 945 oʻrin, qishloq joylarda — 630 oʻrin va togʻli hamda uzoq mintaqalarda — 160 oʻringacha etib belgilanganligi;
maktablarni tiklash ishlarini amalga oshirishda namunaviy loyihalarga hamda tasdiqlangan qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya qilinishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga yuklanishi;
tasdiqlangan namunaviy loyihalar va loyiha yechimlarini aniq sharoitlarga bogʻlashda ulardan chetga chiqishga faqat bosh loyihalash institutlari bilan kelishilgandan va Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangandan keyin yoʻl qoʻyilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
yangi qurilgan va kapital rekonstruksiya qilingan umumtaʼlim maktablari obyektlarini qabul qilish tasdiqlangan sifat standartlariga va namunaviy loyihalarga qatʼiy rioya qilgan holda 4-ilovaga muvofiq tarkibdagi Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan organlar xulosasi boʻyicha aniqlangan standartlar va namunaviy loyihalardan chetga chiqish hollari mavjud boʻlganda sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj va taʼmirlash ishlari qiymati miqdoridagi ish hajmlari qurilish qiymatidan chiqariladi yoki kamchiliklar aybdor tomonning mablagʻlari hisobiga bartaraf etiladi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatlariga Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining vakillari 5-ilovaga muvofiq biriktirib qoʻyilsin, ularga olib borilayotgan ishlarning tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiqligi taʼminlanishi uchun javobgarlik yuklansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda, buzib tashlanadigan maktablar oʻrniga quriladigan yangi obyektlarni maktablarni kapital rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini foydalanishga tayyor holda bajarish shartlarida hamda faqat tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha pudrat tanlov savdolarining oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlasin;
maktablarni qurish, kapital rekonstruksiya qilish va taʼmirlash yuzasidan buyurtmachilar va pudratchilar oʻrtasida pudrat shartnomalari tuzilishi va shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi natijalari, loyihalashtirish va qurilish ishlarining sifati toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
9. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda:
umumtaʼlim maktablari huzuridagi sport inshootlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan amaldagi normativ hujjatlarni ikki oy muddatda qayta koʻrib chiqsin;
umumtaʼlim maktablari huzuridagi zamonaviy va ixcham jismoniy tarbiya-sport kompleksining bir qator namunaviy loyihalarini 2004-yil oxirigacha ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
tasdiqlangan koʻrsatkichlarga muvofiq, namunaviy loyihalar asosida har bir qishloq maktabida jismoniy tarbiya-sport kompleksi barpo etilishini taʼminlasin.
10. Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev)ga 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borish yuklansin.
Maxsus komissiya har yili kalendar yil va yarim yillik yakunlari boʻyicha Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining bajarilishi natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi majlislarida axborot bersin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-iyul,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qaroriga 1-ILOVA
2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qaroriga 2-ILOVA
2004 — 2009-yillarda buzib tashlanadigan umumtaʼlim maktablari oʻrniga yangi maktablar qurish, ularni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlashning
asosiy parametrlari
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qaroriga 2a-ILOVA
2004-yilda budjet mablagʻlari hisobiga yangi umumtaʼlim maktablarini qurish, kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlashning
aniq roʻyxati
Izoh: 2004-yilda kapital taʼmirlash uchun nazarda tutilgan 13 634 mln soʻmdan 11 801 mln soʻmi budjet hisobidan va 1 833 mln soʻmi — tegishli budjetlarning boshqa xarajatlari boʻyicha mablagʻlarni kutilayotgan tejash hisobiga qoplanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qaroriga 3-ILOVA
2005 — 2009-yillarda umumtaʼlim maktablarining sport inshootlarini
qurish va rekonstruksiya qilish
Izoh. Sport inshootlarini qurish va ularni rekonstruksiya qilish teng ulushlarda budjet mablagʻlari va Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qaroriga 4-ILOVA
Yangi qurilgan, kapital rekonstruksiya qilingan umumtaʼlim maktablari obyektlarini qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi
TARKIBI
(ilovaning 9 va 10-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 36-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatlariga birkitilgan Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda loyihalash institutlari vakillari qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilishga jalb etiladilar va unda faol qatnashadilar.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qaroriga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatlariga birkitilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi vakillari
roʻyxati
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 320-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda)
