Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan hamkorlik toʻgʻrisida (821-son)
12.10.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Taʼlim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targʻib qilish, mamlakatimizning islom taraqqiyotidagi buyuk rolini keng yoritish, respublikaning qadimgi tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) doirasida Oʻzbekistonning maʼnaviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) Nizomiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (keyingi oʻrinlarda AYSESKO deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi;
Toshkent islom universiteti rektori AYSESKO Ijroiya qoʻmitasida Oʻzbekiston vakili etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil va kelgusi yillar uchun respublikaning xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy toʻlovlari roʻyxatini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining AYSESKOga yillik aʼzolik badalini toʻlash uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Norboyeva va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-oktabr,
821-son
